Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropa ligasi turniri haqida barcha ma’lumotlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa ligasi / Final
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ertaga Stokgolmdagi «Frends Arena» stadionida YEL-2016|2017 finali bo‘lib o‘tadi. FIFA referisi Damir Skomina boshqarib boradigan uchrashuvda «MYU» va «Ayaks» klublari nafaqat kubok, balki CHLning bitta yo‘llanmasi taqdiriga oydinlik kiritadi. Yevropa Ligasi  (UEFA Europa League)ning 1971 yili tashkil etilgan UYEFA kubogi davomchisi va qit’ada nufuzi jihatidan CHLdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan turnir ekanligi barchaga ma’lum.

Umumiy ma’lumot va faktlar

1971|1972-2008|2009 yillar mavsumi oralig‘ida UYEFA kubogi nomi ostida tashkillashtirilgan turnirda avvallari (mavsum-1998-1999ga qadar) mamlakat kubogi sohibi bo‘lgan jamoalar ishtirok etmagan. Sababi, o‘sha vaqt Kubok egalari kubogi musobaqasi bor edi. Umuman olganda, UYEFA kubogi ham boshqa bir turnir - Yarmarkalar kubogi vorisi sanalardi. To‘g‘ri, Yevropa futbol uyushmasi Yarmarkalar kubogini rasman tan olmagan. Bunga isbot o‘laroq, «Lids» klubini keltirish mumkin. Zero, Yarmarkalar kubogida 2 marta zafar quchgan bu jamoa UYEFAning yevrokuboklarda g‘olib chiqqan klublar ro‘yxatiga kiritilgan emas.

*** UYEFA kubogining birinchi sohibi sifatida «Tottenxem» tilga olinadi. Londonliklar 1972 yili 2ta o‘yin natijasiga ko‘ra, Angliyaning yana bir vakili «Vulverxempton»ni 3:2 hisobida yengishgan.

*** Umumiy hisobda turnir bosh sovrini 26ta klubga nasib etgan. Shulardan 15tasi 2 yoki bundan ko‘p marta zafar quchgan. «Sevilya» bu borada rekordchi hisoblanadi - Ispaniya klubi 5 marta bosh sovrin sohibiga aylangan.

*** Davlatlar bo‘yicha hisob-kitobda Ispaniya yaqqol yetakchi - bu mamlakat jamoalari hisobida jami 10ta kubok bor.

*** 4ta klub UYEFA kubogi|ELda g‘alaba qozonish barobarida o‘z mamlakatida ham chempion bo‘lgan: «Gyoteborg» (1982 yil), «Galatasaroy» (2000 yil), «Portu» (2003 va 2011 yillar) hamda SSKA M. (2005 yil). 

*** «Tottenxem», «Borussiya» M., «Gyoteborg» (2 marta), «Ayaks», «Galatasaroy» va «Feyenoord» klublari kubokni birorta marta mag‘lubiyatga uchramagan holda qo‘lga kiritgan. «Espanyol» esa finalgacha mag‘lubiyatsiz odimlab, hal qiluvchi uchrashuvda imkoniyatni boy bergan.

*** «Gyoteborg» 1980-1987 yillar oralig‘ida UYEFA kubogi doirasidagi 25ta uchrashuvda biror marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan.

Mukofot jamg‘armasi

YEL guruh bosqichiga yo‘l olgan jamoa 640000 yevro oladi. Shuningdek, har bir uchrashuv uchun qo‘shimcha 60 ming yevro beriladi. Guruh raundidagi 1ta g‘alaba esa  140 ming, durang 70 ming yevroga baholangan. «Pley-off» bosqichlari uchun ham alohida mukofot puli ajratilgan: 1|16 final - 200 ming yevro; 1|8 final - 300 ming yevro; 1|4 final - 400 ming yevro; 1|2 final - 700 ming yevro. Finalchiga 2 million nasib etsa, g‘olib jamoa 3 million yevro oladi. Taqqoslash uchun keltirsak, CHL guruh bosqichiga yo‘l olgan jamoaga 3,9 million yevro tegadi. 

Homiylar

Tabiiyki, Yevropa klub futbolidagi ikkinchi darajali turnirni moliyalashtirishda ham homiylar katta rol o‘ynashadi. FedEx YELning asosiy homiysi sanaladi. Enterprise Rent-A-Car, Hankook Tire Amstel, UniCredit, Adidas va Konami esa ikkinchi darajali homiy maqomida.

UYEFA kubogi|ELda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

Juzeppe Bergomi (Italiya) - 96ta Frank Rost (Germaniya) - 89ta Valter Zenga (Italiya) - 69ta

4-5. Enso Shifo (Belgiya) - 66ta

4-5. Valid Badir (Isroil) - 66ta

Mladen Petrich (Xorvatiya) - 63ta Devid Neyri (SHotlandiya) - 62ta Aron Vinter (Gollandiya) - 60ta Juzeppe Barezi (Italiya) - 59ta Alessandro Altobelli (Italiya) - 58ta

UYEFA kubogi|ELda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

Xenrik Larsson (SHvesiya) - 40ta Radamel Falkao (Kolumbiya) - 30ta Yurgen Klinsmann (Germaniya) - 29ta Shota Arveladze (Gruziya) - 27ta Klas-YAn Xuntelar (Gollandiya) - 26ta Alessandro Altobelli (Italiya) - 25ta

7-8. Mladen Petrich (Xorvatiya) - 24ta

7-8.    Klaudio Pisarro (Peru) - 24ta

Yupp Xaynkes (Germaniya) - 23ta

10-12. Martin Chivers (Angliya) - 22ta

10-12. Diter Myuller (Germaniya) - 22ta

10-12. Karl-Xayns Rummenigge (Germaniya) - 22ta

UYEFA kubogi|ELda eng ko‘p g‘olib bo‘lgan jamoalar

«Sevilya»  - 5 marta (2006, 2007, 2014, 2015, 2016)       

«Liverpul» - 3 marta (1973, 1976, 2001)

«Yuventus» - 3 marta (1977, 1990, 1993)

«Inter» - 3 marta (1991, 1994, 1998)

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:28, 24.05.2017. O'qildi: 8021 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик