«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Erik Garsiya milliy jamoaning Qatardagi JCH-2022dan chiqib ketganidan keyingi to‘rt yillik davrga yakun yasadi.
«2022 yil dekabr oyi, Qatardagi Jahon chempionatidan chiqib ketish. O‘shanda men oxirgi marta Ispaniya terma jamoasi libosini kiygandim.
O‘shandan beri menga ko‘plab qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keldi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham yaxshiroq bo‘lish, o‘yinga qaytish va klubim bilan birgalikda hamma narsa uchun kurashish uchun ortiqcha shov-shuvlarsiz qattiq mehnat qildim. Va mana, to‘rt yil o‘tib, faoliyatimdagi ikkinchi Jahon chempionatini boshdan kechirish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Men ushbu jamoa bilan borimni berib kurashish uchun har qachongidan ham tayyorman va motivasiyam yuqori. Meni qo‘llab-quvvatlagan va har kuni yaxshiroq bo‘lishimga yordam bergan barchadan minnatdorman!» — deyiladi Garsiyaning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.
JCH-2026da Ispaniya terma jamoasi «H» guruhida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan bahs olib boradi.