Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. David Luis: «Futbol meni qutqardi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyligiga Antonio Konte tayinlangach, uning eng aqlli qarorlaridan biri «PSJ»dan David Luisni qaytargani bo‘ldi. Braziliyalik qo‘ng‘irsoch «aristokratlar»ning aksariyat o‘yinlarida o‘zidan yorqin taassurot qoldirib, italiyalik mutaxassisning ishonchini oqladi. APL chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali himoyachi yaqinda Britaniyaning nufuzli Daily Mail nashriga intervyu berdi.

- Bolaligimdan mashhur bo‘lishni orzu qilardim, - deydi Luis. - Singlim bilan futbol o‘ynayotganimizda, mening mashhur o‘yinchi bo‘lishimni xohlardi. Unga dastxat berganimda, quvonchi ichiga sig‘masdi. Bir kuni beixtiyor singlimni xafa qilib qo‘yganimda, otam yoniga chaqirib, shunday degandi: «Eng avvalo, mehribonlik va rostgo‘ylikni o‘rgan. Shundagina yetuk futbolchi bo‘lishing mumkin». Aynan shu suhbat atrofdagilarga nisbatan munosabatimni mutlaqo o‘zgartirib yuborgan. Endi men mashhurman, mabodo muxlislar dast­xat olish yoki suratga tushishni xohlashsa, ularning ehtiyojini qondirishga to‘g‘ri keladi. O‘ylaymanki, har doim shunday qilish kerak. Chunki biz uchun oddiy tuyulgan bunday jihatlar kishilar qalbiga quvonch ulashishi tayin.

- Ota-onangiz - siz uchun o‘rnakmi?

- Albatta. Hayot tarzim keskin o‘zgarib ketdi. Ba’zida ota-onamga astoydil nazar solaman - ular hamon o‘sha-o‘sha, menga doimo to‘g‘ri maslahat beradigan kamtar odamlar. Otam har doim futbol bilan shug‘ullangan, uning orzusi «Atletiko Mineyro»da to‘p surish edi. Hattoki, birinchi jamoa tarkibiga kirgan, lekin klubda maosh katta bo‘lmagani tufayli parallel ravishda boshqa kasbda ham ishlashiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda u menga: «Futbol - sen uchun, men uchun emas», degandi.

- Futbolchilik faoliyatingiz qanday boshlangan?

- «San-Paulu» yoshlar jamoasida shug‘ullanardim. Baza biz yashaydigan hududdan uzoqroqda joylashgani bois ko‘pincha uyga kech qaytardim. O‘qishga umuman vaqt topilmasdi. Otam kechki payt ta’lim olishim uchun akademiya rahbaridan ruxsat olib bergandi. 20-25 yoshlilar bilan birga o‘qishni tasavvur qilib ko‘ring. Hattoki, bir ayolning yoshi 65da edi! Men esa endigina 12ga to‘lgandim. Yoshi kattalarning zararli illatlarga o‘ralashishlarini ko‘rdim, ular giyohvandlik va qurol saqlashga mukkasidan ketishardi. Ammo hech qachon o‘zim belgilagan chiziqni kesib o‘tmaganman. Futbol meni qutqargan.

- Oilangiz qiyinchilikda yashaganmi?

- Hamma qatori kun ko‘rardik. Lekin bir marta haqiqiy ochlikni his qilganman. 10 kun davomida kuniga 2 marta konservalangan fasol yeyish bilan cheklanganman. O‘shanda «Atletiko» safiga o‘tmoqchi edim, ammo ular taklif etgan sharoitlar oilamni qoniqtirmadi. O‘sha vaqt endigina 14 yoshga to‘lgandim. Boylik oilamizga begona edi. Bir kuni Santyagodagi bolalar tanloviga borishimizga to‘g‘ri keldi. Onamdan samolyotga chipta olishni so‘radim, aks holda, avtobusda 75 soat yurishga to‘g‘ri kelardi. Bormaslikning iloji yo‘q: chunki jamoamiz hozirgi «Chelsi» singari uch himoyachi bilan o‘ynardi.

- Xo‘sh, bordingizmi?

- Ha. Lekin musobaqa oldidan ikki asosiy himoyachimiz jarohatlangandi. Zaxirada bir nafar mudofaa vakili qolgandi. O‘shanda murabbiyga ko‘maklashishni ma’qul ko‘rdim. Vaholanki, avvallari bu chiziqda o‘ynamagandim, ammo jamoa manfaati yo‘lida hammasiga rozi edim. Oxir-oqibat meni musobaqaning kuchli himoyachisi, deb tan olishdi. Uyga ampluasini o‘zgartirgan futbolchi sifatida qaytdim. Tavakkal qilishim men va oilam uchun katta o‘zgarish bo‘ldi. Bir yildan so‘ng esa professionalga aylandim.

- Ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng «Chelsi»ga qaytdingiz. Jamoa Antonio Konte boshchiligida qanchalik o‘zgargan?

- Taktik intizomni o‘rgandik, tanlagan tizimimiz menga yoqadi. Mazkur holat aksariyat sheriklarimga yordam berdi. Endilikda futbol haqida ko‘proq ma’lumotga egaman. Konte mavsum davomida jamoani qayta tikladi. U barchasini to‘g‘ri amalga oshirdi. Tasavvur qiling, dastlabki o‘yinlardayoq Viktor Mozesni o‘ng qanotda o‘ynatganida, atrofdagilar bunga qanday munosabat bildirishardi? «Aqldan ozibsan, Italiyaga qayt!», - deyishmasdimi? Hozir esa hech kim bu haqda og‘iz ochmaydi. Chunki mavsumni ajo-yib tarzda o‘tkazdik.

- Konte qo‘l ostida o‘yin uslubingiz o‘zgardimi?

- Meni «Chelsi»ga qaytarganida, uni tanqid qilishdi. Lekin murabbiy nima xohlayotganini bilardim. Endilikda hujum boshlashdan ko‘ra, jamoadoshlarimga ko‘proq yordam berish kerakligini tushundim. Maydondagi hozirgi o‘rnim unchalik qulay emas, lekin hamma hujumchilar menga to‘qnash kelishga majburlar. Bu qiziq, albatta. To‘g‘ri, agar oldingi chiziqdagi ishlar yaxshi kechmasa, raqib jarima maydonchasiga yaqinlashaman. Avvallari to‘psiz o‘ynash zerikarli, yoqimsiz, deb o‘ylardim, ammo vaqt o‘tgach, hammasi boshqacha ekanini anglab yetdim. Ustiga-ustak, hujumga qo‘shilish yoki o‘yinga ta’sir o‘tkazish yo‘llarini baribir, topaman. Bu ancha ulg‘aygan, mutlaqo boshqa David Luisning gaplari.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:46, 25.05.2017. O'qildi: 3972 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик