Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Chelsi - Nottingem Forest

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga. «Dinamo» - «Qizilqum»: ustunlik kimda?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oliy Liganing 12-turidan o‘rin olgan e’tiborli uchrashuvlardan biri Samarqandda o‘tadi. Shu kuni «Dinamo» jamoasi qo‘shni Navoiy viloyatining bosh jamoasi «Qizilqum»ni qabul qiladi.

JORIY MAVSUMDA KIMDA QANDAY NATIJA?

Ushbu mavsumni har ikki jamoa ham kutilmaganda ikki xil boshladi. Yilni omadli boshlagan «Dinamo» 11-turdan keyin 4 g‘alaba, 3 durang, 4 mag‘lubiyat bilan 15 ochko jamg‘arib, 7-pog‘onadan o‘rin olgan bo‘lsa, «Qizilqum» nisbatan nomdor tarkibga ega bo‘lsada, 2 g‘alaba, 5 durang, 4 mag‘lubiyat bilan 13-o‘rinni band etib turibdi.

«Dinamo»ning Oliy Ligadagi so‘nggi besh turdagi natijasi:

Bunyodkor – Dinamo – 1:1

Dinamo – So‘g‘diyona – 2:2

Olmaliq – Dinamo - 2:0

Dinamo - Nasaf - 1:1

Obod - Dinamo - 3:1.

«Qizilqum»ning Oliy Ligadagi so‘nggi besh turdagi natijasi:

Olmaliq – Qizilqum – 0:0

Qizilqum – Nasaf - 1:1

Obod – Qizilqum – 1:1

Lokomotiv – Qizilqum – 2:0

Qizilqum – Neftchi - 2:2

BUGUN KIMLAR O‘YNAY OLISHMAYDI?

«Dinamo» jamoasi himoyachisi Jasur Azimov ushbu turdagi «Qizilqum»ga qarshi o‘yinda «Dinamo»ga yordam bera olmaydi.

Gap shundaki, Jasur Azimov so‘nggi ikki turda «Nasaf» va «Obod» bilan o‘tgan 10 va 11-turlarda bosh hakam tomonidan ogohlantirishlar olgan edi. Bu uning joriy yilgi chempionatdagi 4-sariq kartochkasi bo‘ldi. Shu bois, 12-turda Jasur Azimov diskvalifikasiya tufayli maydonga tusha olmaydi.

Bunday futbolchi navoiyliklar safida ham bor. Jamoa yarimhimoyachisiFayzulla Qambarov ham «Neftchi»ga qarshi bahsda mavsumdagi 4-sariq kartochkasini olib, bugungi bahsni o‘tkazib yuborishga majbur.

O‘ZARO O‘YINLAR: 32-TO‘QNASHUV

Bu ikki klub Oliy ligada 31 bora to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinlardan 13 tasida navoiyliklar g‘olib bo‘lishgan. 8 o‘yin durang hisobida yakunlangan. “Dinamo” shu kunga qadar Oliy Ligada “Qizilqum”ni 10 marta mag‘lubiyatga uchrata olgan.

“Dinamo” o‘yinlarda 43 ta gol urgan va 42 ta o‘tkazib yuborgan. Ochko ishlash borasida “Qizilqum” o‘zaro o‘yinlarda 48 ochko olgan, «Dinamo» esa 39 ochko. “Qizilqum”ning Oliy ligada “Dinamo” ustidan erishgan eng yirik g‘alabasi 3:1 ni tashkil qiladi. “Dinamo”ning esa navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:1 ga teng.

“Dinamo” Samarqandda bu raqibni 9 marta taslim qilgan. Faqat 5 ta bahsda durang qayd etilgan. “Qizilqum” safardan 2 marta g‘alaba bilan qaytgan.

Samarqandda o‘tgan so‘nggi 7 uchrashuv:

17.05.2015 «Dinamo» - «Qizilqum» 2:2

12.09.2014 «Dinamo» - «Qizilqum» 2:1

04.08.2013 «Dinamo» - «Qizilqum» 1:0

27.09.2012 «Dinamo» - «Qizilqum» 3:0

21.08.2011 «Dinamo» - «Qizilqum» 1:1

01.05.2010 «Dinamo» - «Qizilqum» 0:0

25.06.2009 «Dinamo» - «Qizilqum» 3:0

ESKI TANISHLAR…

«Dinamo» - «Qizilqum» uchrashuvi oldidan tarkibga nazar tashlarkanmiz, bir qator eski tanishlarni ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, bugungi kunda Ilhom Yunusov, Erkin Boydullayev singari samarqandlik futbolchilar «Qizilqum» yetakchilari sifatida to‘p surishayotgan bo‘lsa, Navoiy jamoasi yarimhimoyachi Otabek Zokirov ham 2015 yilgi mavsumni «Dinamo» safida o‘tkazgan edi.

«Dinamo» himoyachisi Aleksey Nikolayev esa faoliyatini aynan «Qizilqum»da boshlagan. O‘shanda Zarafshon shahri sharafini himoya qilgan klub bugungi kunda o‘z o‘yinlarini Navoiy shahrida o‘tkazmoqda.

O‘YINNI KIM BOSHQARADI?

Uchrashuvni boshqarib borish Viktor Serazetdinov boshchiligidagi toshkentlik hakamlar brigadasiga topshirilgan.

Oliy Liga. 12-tur. 26 may (juma)

«Dinamo» (Samarqand) – «Qizilqum» (Navoiy)

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Sapenko (Toshkent vil.), N. Qosimov (Qarshi)

Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).

O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:21, 26.05.2017. O'qildi: 3010 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик