Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

16 yoshli futbolchiga 61 million yevro. «Real» adashmadimi?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Real» yana haddidan oshmoqda - bolalikning beg‘ubor jo‘shqinliklaridan forig‘ bo‘lmagani bois, vaqtini Play Station va varraklarga sarflaydigan 16 yoshli braziliyalik yigitcha eng shov-shuvli kelishuv qahramoniga aylandi. U tufayli qizg‘in bahs-munozaralarga berilib ketgan futbol jamoatchiligi mavsumning muhim voqealari - YECHL va YEL finallarini ham unutib qo‘yishgandek, go‘yo.

Kelishuv

Darhaqiqat, Braziliyaning «Flamengo» klubi Vinisius Junior uchun «qirollik klubidan» «yurib turgan» pulda 61 million yevro oladigan bo‘ldi. Mablag‘ning 45 millioni bevosita jamoa g‘aznasiga, 16 millioni esa Vinisiusning hisob raqamiga tushadi. Prezidentning futbolchi va agentlariga bo‘lgan o‘ziga xos tashakkuri sifatida. Yana kimlardir bonus sifatida rag‘batlantirilishini inobatga olsak, kelishuvning umumiy qiymati 70 milliondan oshadi. Vaholanki, 16 yoshli Junior hali biror marta professional darajada maydonga tushgan emas, o‘tgan haftada «Flamengo»ning asosiy tarkibi bilan ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Xullas, 16ga 61. Benzema Modrich va Krooslar transferidan qimmatroq!

O‘yini

Vinisiusning faoliyati kamtarin San-Gonsalu shaharchasida boshlandi. Bolakay asosiy vaqtini plyaj va mini-futbol maydonlarida o‘tkazib, «Flamengo» akademiyasidan juda barvaqt joy oldi. E’tiborli jihati shundaki, Junior doimo o‘zidan kattaroq bolalar guruhida saboq oldi.

Futbolchi ikki yildan beri yevropalik skautlarning diqqat markazida. O‘tgan yili u U-15 toifasida Sudamerikano (Amerika kubogining o‘smirlar o‘rtasidagi turniri) musobaqasida porlab, 6 uchrashuvda 6ta gol urdi va chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Bundan atigi ikki oy avval esa uning mahoratiga hamon shubha bilan qarayotgan mutaxassislarni butunlay o‘ziga og‘dirdi. U-17 o‘rtasidagi Janubiy Amerika kubogi turniri amalda Braziliyaning benefisiga aylandi. Junior esa turnirni 7 gol bilan yakunlab, eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi futbolchi sovrinlariga ega bo‘ldi.

O‘z jamoadoshlari orasida Vinisius jismoniy quvvati, zarbaning kuchi va aniqligi bilan yaqqol ajralib turadi. Barcha sohalarda u tengdoshlaridan shunchalik ilgarilab ketganki, maydonda ular Juniorga yaqinlasha olmaydilar, yaqinlashganlari esa xuddi stol qirg‘og‘iga urilgan bilyard shari kabi ortga uchib ketishadi. Albatta, har qanday shartli Neymarning o‘z kushandasi - Vellington Silvasi bo‘lganidek Vinisiusni jilovlay oladigan qo‘riqchi ham topiladi. qolaversa, Junior va unga o‘xshab barvaqt yetilgan futbolchilarning hammasi ham katta futboldan munosib joy olavermaydilar. Futboldagi noyob iqtidor ham Braziliya uchun yangilik emas. Masalan, uning yoshida Gabriel Jezus Juniordan ko‘ra rangbarangroq, shiddatli va samaraliroq to‘p surardi.

Tabiati

Vinisius - haqiqiy braziliyalik, plyaj va karnavallar o‘g‘loni. Anchayin sodda, biroz dangasaligi ham yo‘q emas. Ko‘pchilik tengdoshlari kabi shon-shuhratga o‘ch, maqtanishni xush ko‘radi. Ikki yil avval «Flamengo» 15 yoshli iqtidor sohibi bilan shartnoma imzolash jarayonida bir qator muammolarga duch keldi. Klub sohibining aytishicha, avvaliga Juniorga ham hamma qatori standart bitim taklif etishgan. Futbolchi rad etgan. Keyin unga o‘smirlar uchun o‘ta manfaatli shartnomani taklif etishgan. Lekin bu safar ham rad javobi olingan. Nihoyat, uchinchi urinishda aql bovar qilmas darajadagi bahoda kelishuvga erishilgan. Tabiiyki, har qanday noyob iqtidor sohibining ortida manfaatparast ota yoki agent turadi. Vinisius ortida esa butun bir jamoa - Traffic kompaniyasi turibdi. Ha, bir paytlari «Barselona»ga Keyrrisonni tiqishtirgan o‘rtachi.

Darvoqe, Junior aslida «Barselona» safidan joy olishga yaqin turgandi, kataloniyaliklar yanvar oyida Vinisius va «Flamengo» vakillari bilan muzokaraga kirishishgan, Bartomeu transfer uchun 30 million yevro ajratgan, futbolchi esa «Barselona-B» safida maydonga tushish tadorigida edi. Ayni o‘sha paytlarda futbolchi Play Stationda faqat «Barsa»ni tanlar, Messini Ronaldudan kuchliroq, deb hisoblardi.

Biroq kutilmaganda «Real» paydo bo‘lib, vaziyatni butunlay o‘zgartirib ketdi. Bahoni 15 millionga oshirgan Peres «Flamengo» sohibining qalin do‘stiga aylandi. Keyin futbolchining ota-onasi va agentlarini 16 million bilan siylashni lozim topdi. Shu tariqa Ronaldu Messidan kuchliroq bo‘lib qoldi. Nima uchun Peres bunchalik saxovat ko‘rsatmoqda?

Janubiy Amerika chempionati (U-17) - Junior faoliyatidagi yagona, lekin o‘ta yorqin turnir. O‘sha musobaqada Karlos Amadeu o‘z shogirdini «qora ishlar»dan ozod etib, faqat gol urish vazifasini yukladi. Terma jamoa Vinisius uchun to‘p suradi, u esa natijani ta’minlaydi. «Real»da Krishtianu Ronaldu shu vazifani ado etmoqda. Demak, portugaliyalik hujumchi o‘rnini aynan Junior to‘ldira oladi. Peres esa aynan shunday vorisni izlab yurgandi. Bu yo‘lda mablag‘ini ayamay, maqsadga erishdi. Ha, pul bo‘lsa, changalda sho‘rva!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:18, 31.05.2017. O'qildi: 17776 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.