Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Men otamga “Bernabeu”da o‘ynayman deb va’da bergandim” - “Real”ning eng yaxshi tarbiyalanuvchisi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Alvaro Morata “Leganes” bilan o‘yinda xet-trik qayd etgan ikkinchi ispaniyalik o‘yinchi bo‘ldi. Bundan oldingi natijani Raul qayd etgandi. Morata bir mavsumda gol urish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. Shunday bo‘lsa-da, Morata o‘ynashdan ko‘ra zaxirada ko‘proq o‘tirmoqda.

Hujumchi “Atletiko”da faoliyatini boshlagan. O‘zining 24 yoshida “Real” va Ispaniya terma jamoasida haqli ravishda o‘ynamoqda. Benzemadan yaxshiroq o‘ynayotgan bo‘lsa-da, zaxira o‘rindig’ida qolmoqda. U “Real”da ikki marta paydo bo‘ldi. Birinchi marotaba zaxiradan chiqib, hal qiluvchi gollar kiritgan bo‘lsa-da, ishonch qozona olmadi. Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi dastlabki 13 ta o‘yinida 11 ta gol urgan.

Har bir imkoniyatdan unumli foydalansa-da, baribir, keyingi o‘yinda zaxira o‘rindig’ida qolmoqda. O‘yinchiga na Joze Mourinyu, na Karlo Anchelotti ishonishdi. Yozda “Real” rahbariyatiga “Yuventus”dan taklif keldi. Morata o‘ylab o‘tirmasdan rozilik bildirdi. Morataning gaplariga qaraganda, “Birinchidan, “Yuventus” boy tarixga ega va grand jamoa hisoblanadi. Ikkinchidan, juda ham kam maydonga chiqardim. Turinliklar meni tezroq sotib olishlarini kutib turardim. Biroq transfer amalga oshishi qiyin kechdi. Nima bo‘lganda ham men Turinga keldim va men shu yerda”.

Morata “keksa sinyoralar” safida tajribali Karlos Tevez bilan birga to‘p surdi. Uning, ayniqsa, “Real” darvozasiga Chempionlar ligasida urgan dubli evaziga finalga olib chiqqani, “Milan” bilan Italiya kubogi finalida hal qiluvchi gollari esda qoldi. Morata Kasilyasni xafa qilganidan so‘ng muxlislar o‘zlarini tuta olishmadi va Morataga hushtakbozlik qilishdi. Garchi Morata gol urganini nishonlamagan bo‘lsa-da. “Hushtakbozlikka kelsak, men bu munosabatga loyiq emasdim deb o‘ylayman. Menga oson emasdi”, deydi u bu haqda.

Ikki yil davomida ispaniyalik hujumchining tajribasi anchagina oshdi. Hujumchini darrov qaytarish kerak edi va “Real” qaytardi. Ayyor Peres Moratani sotishdan oldin shartnomasiga sotgan summasidan 10 mln ortiqroq summa yozib qo‘ygandi. Morata Turinda ancha yilga qoladiganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, “Real”ga ikkinchi marotaba qaytishdan bosh torta olmadi.

Ikkinchi qaytishida Morataning birinchi matbuot anjumanida aytgan gaplari: “Men ikki yil oldingi Morata emasman. Anchagina tajribaga ega bo‘ldim. Italiyada bir nechta kuboklar sohibi bo‘ldim, jamoa bilan Chempionlar ligasi finaligacha yetib bordim va ko‘p hal qiluvchi gollar urdim. Ana endi “Real”da o‘ynashimdan g’ururlansam ham bo‘ladi. Haqli ravishda bu jamoa libosini kiymoqdaman”.

Florentino Peres ham uning gaplarini ta’kidlab o‘tdi: “Bizning jamoada yana bir yosh goleador to‘p suradi. Eng asosiysi, Morata biz uchun begona emas. U bu yerda qanday ishlash kerakligini juda yaxshi biladi”.

Morataning tajriba orttirib kelgani bilinmayotgandek. Zidan hali ham uni zaxirada saqlamoqda. Morataga gol urishi uchun 88 daqiqa kerak bo‘lsa, Benzemaga 167 daqiqa kerak. Lekin shundoq ham Benzema asosiy tarkibda. Qishda Morata “Stemford Brij”ga o‘tishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Agar Zidan bosh murabbiy bo‘lib qolsa, Morata ketishi ayondir. “Hammasi jonimga tegdi: zaxiradan tushib gol urish, o‘yin vaqtim kamligi, mening kayfiyatim yomonligiga javob berish”.

Tushunarsiz holat ko‘p bo‘lsa-da, Morataning tomirlarida “qirollik klubi” qoni oqmoqda. “Yoshligimda men otamga va’da berganman “Real”da to‘p suraman deb. Bu ishonib bo‘lmas holat, jahon yulduzlari bilan birga to‘p surish va mashg’ulot o‘tkazish”, deydi Morata.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 17:56, 02.06.2017. O'qildi: 15113 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик