Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Yuventus»-«Real»: Barchasi haqida batafsil!

Baho:
+-1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bugun Kardiffdagi «Milenium» stadionida Yevropa Chempionlar Ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniyaning «Real» va Italiyaning «Yuventus» klublari o‘zaro bahs olib borishadi. Madridliklar o‘tgan yili finalga chiqib, «Atletiko»ni mag‘lub etishgandi. «Yuve» esa 2015 yilgi finalda «Barselona»ga imkoniyatni boy bergan.

Joriy mavsum musobaqada 78ta jamoa ishtirok etdi. Umuman olganda, turnir 62-marta o‘tkazilmoqda. Chempionlar Ligasi deb atalgandan buyon 25 yil o‘tdi.

Ilk bora turnir 1955-1956 yillar mavsumida o‘tkazilgan. 1990-1991 yillar mavsumiga qadar musobaqa Chempionlar kubogi deb atalgan.  UYEFA rasmiy saytidagi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, 1991-1992 yillar mavsumida oxirgi marta Chempionlar Kubogi o‘tkazilgan. O‘shanda turnir formati o‘zgargan va «pley-off» tizimidan guruh tizimiga o‘tilgan. Aynan o‘shanda madhiya va eblema paydo bo‘lgan. Ayrim statistik saytlar aynan o‘sha mavsumdan boshlab turnirni Chempionlar Ligasi deb yuritishadi. 1992-1993 yillar mavsumidan boshlab musobaqa rasman hozirgi nomi bilan ataladi.

Turnirda 22ta klub zafar quchgan. Shundan 12tasi bir martadan ko‘p g‘alaba qozongan. Ispaniya jamoalari musobaqada 16 marta bosh sovrinni ko‘tarishgan. Sovrinlarni yutish borasida «Real» rekordchi hisoblanadi - 11 marta. Chempionlar Ligasi deb atalgan 1992 yildan buyon birorta klub turnirda qatorasiga ikki marta g‘olib bo‘lmagan. Umuman olganda, oxirgi marta «Milan» qatorasiga ikki marta zafar quchgan - 1989 va 1990 yillarda.

Yevropa Chempionlar kubogi 1955 yili Fransiyaning L~Equipe nashri jurnalisti Gabriel Ano tomonidan tashkil etilgan. Angliya matbuoti 1954 yili «Spartak» va «Gonved»ni mag‘lub etgan «Vulverxempton Uonderers»ni qit’aning eng kuchli klubi deb atagan. Aynan o‘shandan so‘ng Anoda mintaqada xalqaro turnir tashkil etish g‘oyasi tug‘ilgan. Jurnalist o‘z gazetasi orqali kuchli klubni aniqlash uchun uy- safar tizimida musobaqa o‘tkazish lozimligini aytgan. Bir kundan so‘ng u turnirning bo‘lajak loyihasini chop etgan. 1955 yilning yanvarida esa dastlabki Yevropa Chempionlar kubogiga start berilgan.

Shu tariqa Chempionlar Kubogi 1992 yilga qadar davom etdi. Oldinlari musobaqada faqat mamlakat chempionlari va turnirning amaldagi g‘olibi ishtirok etardi. 1997-1998 yillar mavsumidan boshlab, ayrim mamlakatlarning ikkinchi o‘rinni olgan jamoalari ham musobaqada qatnasha boshlashdi. Albatta, bunda federasiyaning UYEFA koeffisiyentlar jadvalidagi o‘rniga e’tibor qaratilgan. Ayni paytda esa koeffisiyentlar jadvalining yuqori o‘rinlaridagi mamlakatlarning to‘rttadan jamoalari YECHLda ishtirok etadi.

1960-2004 yillar davomida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan jamoa Libertadores kubogi egasiga qarshi Qit’alararo kubok uchrashuvida maydonga tushardi. Ayni paytga kelib YECHL g‘olibi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Mukofot jamg‘armasi

2015-2016 yillar mavsumidan boshlab UYEFA Chempionlar Ligasiga chiqqan har bir jamoa uchun 2 million yevrodan mukofot beriladi. Guruh bosqichida ishtirok etgan jamoalar esa 12 milliondan olishadi. Guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun 1,5 million, durang uchun esa 500 ming yevro beriladi. 1|8 finalga yo‘l olgan har bir jamoa 5,5, chorak finalga chiqqanlar esa 6 million yevrodan olishadi. Yarim finalchilarga 7 milliondan beriladi. Finalchiga 10,5 million tegsa, g‘olib 15 million yevro oladi.

Mukofot pullari quyidagicha beriladi:

Birinchi saralash raundi: 200 000 yevro

Ikkinchi saralash raundi: 300 000 yevro

Uchinchi saralash raundi: 400 000 yevro

Saralashning final bosqichida mag‘lub bo‘lgan jamoalar: 3 mln. yevro

Saralashning final bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar: 2 mln. yevro

Guruh bosqichidagi ishtirok uchun: 12 mln. yevro

Guruhdagi har bir g‘alaba uchun: 1,5 mln. yevro

Guruhdagi har bir durang uchun: 500 000 yevro

1|8 final: 5,5 mln. yevro

Chorak final: 6  mln. yevro

Yarim final: 7 mln. yevro

Finalchi: 10,5 mln. yevro

G‘olib: 15 mln. yevro

Homiylar

Liga tashkil etilganda, bir qaror chiqarilgan. Unga ko‘ra, turnir homiylarining soni sakkiztadan oshmaydi. Kelishuvga binoan bu kompaniyalar maydonda 4tadan reklama shitiga ega bo‘lishadi va o‘yinlarning tanaffus paytida reklama vaqtiga ega bo‘lishadi.

Ayni payt quyidagi kompaniyalar YECHLning homiylari hisoblanishadi:

Nissan

Heineken

MasterCard

Adidas

UniCredit

Gazprom

Pepsico

PlayStation

Sovrin

YECHLda g‘olib chiqqan jamoa kubokni o‘z muzeyida 10 oy saqlash huquqiga ega. Shundan so‘ng sovg‘a sifatida kubokning kichraytirilgan nusxasi beriladi. Musobaqada qatorasiga 3 marta yoki umumiy hisobda 5 marta g‘olib chiqqan jamoa kubokni butunlay o‘ziniki qilishi mumkin.

Birinchi Chempionlar kubogi L~Equipe gazetasi tomonidan ishlangan. «Real» dastlabki beshta turnirda g‘alaba qozongani bois kubokni doimiy o‘ziniki qilgan.

Keyingi kubok dizayn jihatidan birinchisidan farq qilgan. Uni bernlik zargar Yurg Shtadelmann yasagan. Kubokning bahosi 10 ming Shveysariya frankini tashkil qilgan. Bo‘yi 62 sm. og‘irligi: 7,5 kg. bo‘lgan. Keyingi kuboklarni tayyorlashda aynan shundan nusxa olingan.

Kubokni butunlay saqlash oltita klubga nasib qilgan. Ular quyidagilar:

«Real» - qatorasiga 5ta g‘alabadan so‘ng (1960)

«Ayaks» - qatorasiga 3ta g‘alabadan so‘ng (1973)

«Bavariya» - qatorasiga 3ta g‘alabadan so‘ng (1976)

«Milan» - 5ta g‘alabadan so‘ng (1994)

«Liverpul» - 5ta g‘alabadan so‘ng  (2005)

«Barselona» - 5ta g‘alabadan so‘ng (2015).

Turnir to‘purarlari:

Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) 103ta Lionel Messi (Argentina) 94ta Raul (Ispaniya) 71ta Ruud van Nistelroy (Gollandiya) 56ta Karim Benzema (Fransiya) 51ta Tyerri Anri (Fransiya) 50ta Alfredo Di Stefano (Ispaniya) 49ta Andrey Shevchenko (Ukraina) 48ta Zlatan Ibragimovich (SHvesiya) 48ta

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar:

Iker Kasilyas 172 Xavi 151 Raul 149 Rayan Giggz 145 Paolo Maldini 145 Krishtianu Ronaldu 138 Karles Puyol 128 Roberto Karlos 127 Klarens Zeedorf 125 Pol Skoulz 124

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:35, 03.06.2017. O'qildi: 10116 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.