Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Qizil iblislar”ning omadsiz transferlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joze Mourinyo yozda transfer rekordini yangilashini aytdi. “Manchester Yunayted” rahbariyati esa jamoani kuchaytirish uchun pulni tayyorlashmoqda. Biz esa jamoaning oxirgi 10 yil ichidagi eng omadsiz transferlarini ko‘rib chiqamiz.

Bebe
Mavsum: 2010/2011
Qayerdan: “Vitoriya Gimaraynsh”
Narxi: 9 mln yevro
“MYU”dagi faoliyati: 7 ta o‘yin, 2 ta gol
Bebening hayoti ertak kabi tarixga kirishi mumkin edi. Bir necha yil deganda uysiz bolakay Angliya chempionatini va Portugaliya terma jamoasini zabt etishi kerak edi.
Hech kim tanimaydigan futbolchiga Fergyuson o‘z yordamchisiga ishongan holda 9 mln yevro berishga rozi bo‘ldi. “Eshtrel” jamoasi bosh murabbiyi Jorje Pakshayo Bebening texnikasi va tezligini maqtab, uning o‘yin uslubini eskicha ko‘cha o‘yiniga o‘xshatdi. Hatto Ser Aleks birinchi mashg‘ulotdan so‘ng Bebeda talant borligini aytib o‘tgan. “U texnikasi juda yuqori va tezkor o‘yinchi. Ikki oyog‘i bilan bir xil o‘ynay olish qobiliyati bor. Bu juda kam uchraydigan holat”, – degandi Fergyuson.
Bebening Manchesterdagi faoliyati boshqa klubdagi faoliyatiga o‘xshab omadsiz kechdi. Hozir o‘yinchi 26 yoshda va Ispaniyaning kamtarona “Eybar” jamoasida to‘p surmoqda

Ouen Hargrivs
Mavsum: 2007/2008
Qayerdan: “Bavariya”
Narxi: 25 mln yevro
“MYU”dagi faoliyati: 39 ta o‘yin, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma
Kanadaning Kalgari shahrida tug‘ilgan Ouen xokkey sport turini tanlashi mumkin edi. Axir xokkey Kanadada 1-raqamli sport turi hisoblanadi. Ammo Hargrivs futbolni tanladi. Yosh o‘yinchining birinchi omadli o‘yinlaridan so‘ng “Bavariya” skautlari darrov payqab qolishadi va o‘yinchini sotib olishadi.
Ouen 16 yoshida o‘ziga mutlaqo begona bo‘lgan shaharga tushib qoladi. Mana shu begona shaharda 7 yil harakat qilib, jamoa bilan birga Germaniya chempioni va Chempionlar ligasi sohibiga aylanadi. Angliya terma jamoasiga chaqiriladi. Keyinchalik terma jamoa safida 40 ta o‘yinda maydoga chiqadi.
Nemislar safida 200 ta o‘yinda maydonga tushgandan so‘ng, Ouen o‘z vataniga qaytishga ahd qiladi. “Qizil iblislar” yarim himoyachi uchun 25 mln yevroni ayashmaydi. Biroq manchesterliklar adashishdi.
Birinchi mavsumdayoq futbolchini tizza jarohati bezovta qila boshladi. Shunday bo‘lsa-da, u 30 ta o‘yinda maydonga tushib, Chempionlar ligasini yutishda hissa qo‘shdi. Bu uning faoliyatidagi oxirgi o‘tkazgan yaxshi mavsumi bo‘ldi. Shundan keyin 2 mavsum ichida atigi 3 marotaba maydonga tushdi.
Faoliyatini tiklash uchun Hargrivs Manchesterning boshqa klubiga o‘tadi. U yerda ham 1 marta ko‘proq maydonga tushadi, xolos.

Nik Pauell
Mavsum: 2012/2013
Qayerdan: “Kryu Aleksandra”
Narxi: 7,5 mln yevro
“MYU”dagi faoliyati: 9 ta o‘yin, 1 ta gol
Nik Pauel — iste’dodli va qaltis xarakterga ega o‘yinchi. Birinchi xislati uning Liga 2 dan Premer ligagacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishiga yordam bergan bo‘lsa, ikkinchi xislati mana shu mehnatlarini chipakka chiqargan.
“Manchester Yunayted”ga o‘tgan paytida van Persi va Kagava kabi o‘yinchilar to‘p surishardi. Mana shu tarkib bilan “MYU” APLni qo‘lga kiritdi. Nikning debyut o‘yini yomon kechmadi. Debyut o‘yinidayoq gol urdi va mana shu gol “Qizil iblislar” safidagi yagona goli bo‘lib qoldi.

Anxel Di Mariya
Mavsum: 2014/2015
Qayerdan: “Real Madrid”
Narxi: 75 mln yevro
“MYU”dagi faoliyati: 32 ta o‘yin, 4 ta gol va 12 ta golli uzatma
“Real” (aniqrog‘i, prezidenti Florentino Peres) hamisha har mavsum katta transfer amalga oshirib turishi kerak. Di Mariyaga raqobatchi sifatida Beyl, Xames va Isko kabi o‘yinchilarni yig‘adi. Natijada “Qizil iblislar” taklif qilgan pulga rad javobini bera olishmaydi.
Di Mariya “Real”da Ronaldu bilan birga ajoyib tandem uyushtirgan bo‘lsa, “MYU”da aynan Ronaldu o‘rinbosari sifatida qabul qilib olishdi va 7 raqamni berishdi. Ammo hammasi omadsiz kechdi. Bunda uning aybi yo‘q. Chunki van Gal falsafasini ko‘pchilik futbolchilar tushunishmadi.

Memfis Depay
Mavsum: 2015/2016
Qayerdan: “PSV”
Narxi: 34 mln yevro
“MYU”dagi faoliyati: 56 ta o‘yin, 7 ta gol va 7 ta golli uzatma
Depay bir mavsum ichida Gollandiyaning eng yaxshi o‘yinchisi nomidan zahira o‘yinchisi nomiga tushib ketdi. Oxir-oqibat na van Galga, na Mourinyoga kerak bo‘lib qoldi. Har doimgidek texnika va driblinglari bois uni “yangi Ronaldu” deya atashib, 7 raqamni berishdi. Ammo faoliyati omadsiz kechdi.
Depay va nihoyat “qizil iblislar”ni tark etgan holda “Lion” jamoasiga yo‘l oldi. Hali 22 yoshda. Uning faoliyati endi boshlanmoqda. Hamma narsa o‘ziga bog‘liq.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 12:03, 08.06.2017. O'qildi: 9672 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.