Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • 0:1
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 5 10
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qizilqum 5 6
12 Qo‘qon-1912 5 5
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kristian Noboa: «Zenit»ga o‘tganimdan baxtiyorman» (intervyu)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Rostov» hujumchisi Kristian Noboa faoliyatini «Zenit»da davom ettiradigan bo‘ldi. Tan olish lozim, bu transfer ko‘pchilik uchun kutilmagan voqeaga aylandi. Kelishuv amalga oshganidan so‘ng Championat.som sayti futbolchi bilan suhbatlashdi.

— Kristian, «Zenit»ga o‘tishingiz kutilmagan bo‘ldi.

— Bu transferdan xursandman. Shunday jamoadan taklif olish men uchun sharaf. «Zenit» tarkibida katta sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlayman va buning uchun qo‘limdan kelganini qilaman.

— Umuman olganda, qishdayoq «Zenit»ga o‘tishingiz haqida gap-so‘zlar tarqagandi. O‘shanda klub bilan muzokara olib borganmisiz?

— Yo‘q. Rostovdagi shartnomam shu yozda nihoyasiga yetdi va darhol «Zenit» bilan kelishib oldik. Endilikda Sankt-Peterburg jamoasi a’zosiman va bundan baxtiyorman.

— «Zenit»ning yangi ustozi Roberto Manchini bilan gaplashdingizmi?

— Ha, albatta. Axir bosh murabbiysiz muzokara o‘tkazishning iloji yo‘q-ku. Manchinining fikri muhim ahamiyat kasb etdi. Men uchun u bilan ishlash qiziqarli bo‘ladi va yangi jamoa qurilishida o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

— «Rostov»da Qurbon Berdiyev qo‘l ostida to‘p surgansiz. Bu haqda nima deya olasiz?

— Mavsum ajoyib tarzda o‘tdi - Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi. O‘tgan yili kumush medallarni qo‘lga kiritgandik. Men hamisha murabbi­yimga rahmat aytaman.

— Berdiyev ketsa «Rostov»da qolmasligingizni aytgandingiz. «Rubin»da u bilan birga ishlashingiz kutilgandi. «Zenit»ga o‘tish bo‘yicha Qurbon Bekiyevichdan maslahat oldingizmi?

— Mazkur mavzuda gaplashmadik. Berdiyev hozircha hech qaysi jamoani qo‘lga olmadi. Shu bois ham bu haqda so‘z ochishga hojat yo‘q. Rasman «Zenit» futbolchisiman. Muhimi shu.

— Aftidan, futboldagi ikkinchi yoshligingizni o‘tkazyapsiz.

— Mavsum haqiqatan ham super tarzda kechdi. Bundan yaxshisini kutmagandim. Ammo chempionatni oltinchi o‘rinda yakunlaganimiz - minus. Shunga qaramay, YECHL va YELda o‘ynadik. Jamoa bahorga kelib charchab qoldi. Butun mavsum davomida yuqori saviyali o‘yin ko‘rsata olmadik.

— Bu Chempionlar Ligasi faoliyatingizdagi eng yorqini bo‘ldimi?

— Ha, chindan unutilmas lahzalar. Bu darajadagi futbolchilarga qarshi o‘ynash bayramga tengdir. Ushbu turnirda yana ishtirok etganimdan xursandman. «Bavariya»ni Rostovda mag‘lub etdik. «Zenit» bilan ham shunday natijalarni qayd etmoqchiman, ya’ni kuchli klublarni mag‘lub etishni xohlayman.

— «Rostov» bilan do‘stona xayrlashdingizmi? Har holda klub qiyin vaziyatda edi.

— Bu jamoa men uchun ko‘p narsa berdi, ajoyib damlarni o‘tkazdim. Har bir futbolchiga shunday faoliyat yuritishini tilardim. Jamoada barcha ahil edi. Endi esa yangi chaqiruv vaqti keldi.

— Sankt-Peterburgga borishga tayyormisiz, chemodanlarni yig‘ishtirdingizmi?

— Ha, axir boshqa ilojim ham yo‘q-ku (kuladi). Umid qilamanki, o‘z o‘yin­larim bilan piterlik muxlislar qalbidan joy olaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:38, 14.06.2017. O'qildi: 3210 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик