Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Quyidan yana yuqoriga odimlayotgan Falkao

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Radamel Falkao jahon futboli topiga Ispaniyada kirgandi, keyin esa APLning eng yomon o‘yinchisiga aylandi. Hozir bo‘lsa, yana klass darajasidagi o‘yinlarini ko‘rsatyapti. Quyida kolumbiyalik futbolchi karyerasidagi eng yorqin lahzalar va dramalarga o‘rin beramiz.

Argentinadan Yevropaga

«Falkaoni shug‘ullantirish ajoyib ish edi. Ammo Iguain bilan ular doim ham kelisha olishmasdi».

Daniel Passarella, «River Pleyt» murabbiyi.

Zamonaviy Yevropa futboli Janubiy amerikalik iqtidor egalarini doimo nazoratida tutadi, shu bois bunday o‘yinchilar o‘z konfederasiyalarida uzoq ushlanib qolishmaydi. Ularga yevropalik agentlar va yirik kompaniyalar ega chiqib olishadi-da, Portugaliya yoki Ispaniyaga yuborishadi, juda bo‘lmasa, soxta firmalar orqali ijaraga berib yuborishga intilishadi. 13 yoshida Kolumbiya chempionatida 1 yil debyutini o‘tkazgan Falkao ham Janubiy Amerikada 10 yil to‘p surgach, karyerasida bir muddat uzilish yuzaga keldi - universitetdagi o‘qishini nihoyasiga yetkazdi va darhol Argentinaning o‘sha paytdagi eng yaxshi klubi - «River Pleyt» tarkibida paydo bo‘ldi. 2007 yilga kelib u jamoaning to‘laqonli yetakchisiga aylangandi. 21 yoshli kolumbiyalik «River»ni Janubiy Amerika kubogi chorak finaliga olib chiqdi,  hal qiluvchi bahsda «Boke Xuniors» darvozasini aniq nishonga oldi va jamoaning eng yaxshi bombardiriga aylandi. Bir yidan so‘ng, «River Pleyt» chempionatda g‘olib bo‘ldi va Falkaoga egalik qilish uchun ov boshlandi. «Milan», «MYU», «Barselona» - «River» transfer oynasining eng ashaddiylari hujumiga dosh beroldi. Balkim, buni noto‘g‘ri qilgandir. Chempionlikdan so‘ng uch oy o‘tgach, jamoa turnir jadvalining oxirgi o‘rniga tushib ketdi va mavsum tugashini ichki og‘riq bilan kuta boshladi. Faokao esa baribir, Yevropa futbolini rivojlantirish uchun yo‘l oldi.

«Atletiko»dan «Monako»ga

«Men qo‘lga kiritgan sovrinlarim bilan yodda qolishni istayman. «Atletiko» bilan Yevropa Ligasi va superkubokni qo‘lga kiritdim. Endi esa Chempionlar Ligasi va dunyo kubogi qolyapti. Bu haqda orzu qilyapman».

Radamel Falkao.

2011 yili Falkao hozir Pol Pog-bani mag‘rurlantirayotgan maqomga ega bo‘ldi. Messi va Krishtianuday mashhur emasdi-yu, ammo erishayotgan natijalari bilan ularga tobora yaqinlashib borar va dunyoda eng yaxshi deb tanilishi kutilayotgandi. «Atletiko» Falkao uchun 40 million yevro to‘ladi. Simeone o‘shanda endigina bosh murabbiy sifatida ish boshlagan va o‘ziga xos jamoa tuzish harakatida izlanayotgandi. Falkao klubdagi ijodkor va yaratuvchilardan biri edi. Ispaniyadagi birinchi mavsumi mobaynida kolumbiyalik 36ta to‘p kiritdi va ularning 12tasi Yevropa Ligasida edi. Simeone jamoasi chempionatdagi g‘alaba to‘g‘risida o‘ylamasdi ham, biroq barcha ispan klublari kabi, yevrokuboklarga o‘ta jiddiy yondoshardi. Bilbaoning «Atletiko»siga qarshi final uchrashuvida Falkao o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi va darajasi jihatidan 2-o‘rinda bo‘lgan Yevropa kubogini nomiga rasmiylashtirdi. Qatorasiga 2-bor, axir «Atletiko»ga o‘tguniga qadar kolumbiyalik YELda «Portu» bilan g‘olib bo‘lgandi-da. 2013 yili Falkao «Atletiko»dan «Monako»ga 55 million yevro evaziga o‘tib ketdi. O‘shanda xitoyliklar yulduzlar uchun borlarini sochishmas, shuning uchun Falkao shaxsiga nisbatan salbiy fikrlar yangragandi: «Uning pulga bo‘lgan mehri cheksiz, futbolga bo‘lgan xoinligi beqiyos».

Ammo muammo bunda emasdi. 2014 yilning 22 yanvarida, Fransiya kubogida to‘p surayotganida, Falkao «Monako uchun birinchi to‘pini kiritdi» - va karyerasidagi bosh jarohatni oldi.

Asosiy tarkibdan zaxiraga

«Falkao ko‘k kiyim kiygan farishta misol dalani kezardi».

Barni Roney, The Guardian muxbiri.

Umuman olganda, 2014 yil chindan ham kolumbiyalik karyerasidagi eng yomon davr bo‘ldi. U eng muhim musobaqani o‘tkazib yubordi, jamoasi esa chorak finalgacha yetib bordi. Xames Rodriges 6ta to‘p kiritdi va 80 mln. evaziga «Real»ga yo‘l oldi. Ammo bu ham hali hammasi emasdi. Transfer oynasining so‘nggi kunida Falkao «Manchester Yunayted»ga ijaraga o‘tib ketdi. Oldinda - kuchli liga, yangi imkiniyatlar, dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Asosiy maqsad - termadagi muvaffaqiyatlarsiz ham dunyodagi eng yaxshi bo‘lish mumkinligi  isbotlash.

Oqibatda, to‘la inqiroz. «Qizil iblislar» tarkibidagi 30 uchrashuv davomida Falkao 4 to‘p kiritdi, xolos. Van Gaal davrida muammo faqat hujumda emasdi, biroq murabbiy o‘zini oqlash uchun bahona topa oldi. Hamma Nissheni o‘qiyotgan va vangaal falsafasi mag‘zini chaqayotgan paytda, gollandiyalik o‘yindan o‘yinga unda yaxshi hujumchilar yo‘qligini va asosiy muammo faqat shundaligini takrorlashdan charchamadi. Barcha salbiy fikrlar esa faqat Falkao va Van Persiga qaratilgandi. Mazkur «yovvoyi» mavsum nihoyasiga yetganidan so‘ng, Falkaoning «Monako»ga qaytishi kutilgandi. Biroq, u APLda qoldi - «Chelsi» bilan ijara shartnomasini imzoladi. O‘ta jasur qaror. Ammo «Chelsi»da hammasi bundanam battar bo‘ldi. Mavsumda faqatgina birgina gol va davomiy jarohatlar - bular haqida hatto Gus Xiddink ham pichingga to‘la hazillar qilardi. Falkao futbolchi bo‘lmay qolgandi. Bir qarasang, Valeriy Karpin uni Armavirga taklif qilmasligini aytsa, bir qarasang ijtimoiy tarmoqlarda uning FIFAdagi qoniqarsiz ko‘rsatkichlari solishtirilardi. Falkao dunyo futbolining ishonchi oqlamagan o‘yinchilaridan biriga aylangandi. Alam qilganidan kolumbiyalik sal bo‘lmasa Piterning «Zenit»iga yo‘l olay ham degandi. Ammo Vitaliy Mutko - uning legionerlarga limiti futbolchini bu qadamdan saqlab qoldi.

Kuldan olovga

«Falkao - a’lo darajadagi professional va yaxshi yigit. U avvalgi darajasiga qaytganidan xursandman».

Xosep Gvardiola.

2016 yilning 2 noyabrida Falkao so‘nggi olti yilda ilk marta Chempionlar Ligasida to‘p kiritdi. Fevralga kelib, «Man. Siti»ga qarshi 1/8 finalda dublga erishdi, keyin «Borussiya» musobaqadan chiqarib yuborildi. 15 mayga kelib Falkao Fransiya birinchiligi doirasida o‘zining 21-golini urgandi. Oradan yana 3 kun o‘tgach, «Monako» 2000 yildan so‘ng ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Falkao Fransiyaga katta maosh, qimmatli kazinolar uchun kelgani haqidagi gap-so‘zlar tezda bosildi. Qishki transfer oynasida kolumbiyalikka «Tyanszin Syuanszyan» katta qiziqish bildirdi. Xitoy superligasining yangi vakili Fabio Kannavaroni murabbiy etib tayinladi, Aksel Vitsel va Aleshandro Patoni xarid qildi, ammo Falkao xizmatidan voz kechdi, shekilli. Eng qizig‘i, sabab o‘sha-o‘sha - xuddi «Zenit»dagiday, legionerlarga qo‘yilgan limit. Shunday ekan, «Sher» Fransiyada qoladi, hozircha.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 19.06.2017. O'qildi: 3510 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.