Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 19.11.2025 16:00
      • Sho‘rtan
      • 1:1
      • Buxoro
      • 20.11.2025 16:00
      • Surxon
      • 0:0
      • OKMK
      • 20.11.2025 18:15
      •   Paxtakor
      • 1:0
      • Nasaf
      • 21.11.2025 16:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Navbahor
      • 21.11.2025 18:15
      • Andijon
      • -:-
      • Xorazm
      • 21.11.2025 18:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 29 45
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 29 32
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 29 27
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 29 16

O'tgan o'yinlar.

29-тур Sho‘rtan 1-1 Buxoro
29-тур Surxon 0-0 OKMK
29-тур Paxtakor - Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

20/11/25 Paxtakor - Nasaf
21/11/25 Mash’al - Navbahor
21/11/25 Andijon - Xorazm
21/11/25 Dinamo - Qo‘qon-1912
22/11/25 So‘g‘diyona - Bunyodkor
22/11/25 Neftchi - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.11.2025

      05:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго". Прямая трансляция.
      07:30 "Всё о главном". Андрей Мурнин.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      16:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Витория".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Фламенго".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Крузейро". Прямая трансляция.
      02:00 "Всё о главном". Дмитрий Гунько.
      02:30 Д/ф "Марадона. Лучший в истории".
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Сан-Паулу". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Команды.
      09:35 "География спорта". Выборг.
      10:05 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:40 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Ski GP1, Sky ladies GP1.
      12:10 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      14:30 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Алексея Немова "Легенды спорта. Наследие".
      16:00 "Формула-1. Гаснут огни".
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
      18:40 "Новый чемпион". Специальный репортаж.
      18:55 LIVE Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси. Прямая трансляция.
      21:45 "Непобедимый".
      22:15 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Олимпийский лук. Личное первенство.
      00:15 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира. Гран-при Италии. Runabout and freestyle.
      00:45 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки.
      02:55 Плавание. Кубок сильнейших спортсменов (25 м) в Беларуси.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Профессиональный бокс. "Лига Ставок. IBA. Pro 3". Артур Субханкулов против Ибрагима Баллы.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1955 - 1960 гг.".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:05 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Торпедо" (Нижний Новгород) - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:30 Евротур.
      02:25 Смешанные единоборства. UFC 322 в Нью-Йорке, США. Ислам Махачев против Джека Делла Маддалены, Валентина Шевченко против Чжан Вэйли.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Д/ф "Сёстры Уильямс".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.11.2025

      05:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      07:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      09:30 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. Раунд 1.
      14:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. HS 138. Смешанные команды.
      17:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Штутгарте, Германия.
      18:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Торонто, Канада.
      19:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      23:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 138.
      00:00 LIVE Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      04:00 Снукер. Riyadh Season Snooker Championship в Саудовской Аравии. 1/4 финала.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Angliya futbolining yangi avlodi muvaffaqiyat qozonadimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliya termasi o‘z tarixida ilk bor yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida muvaffaqiyatga erishdi. Jamoa yangi ming yillikda mazkur turnirda to‘rt bor ishtirok etib, 13ta uchrashuvning birortasida g‘alaba qozonmagandi.

Terma muvaffaqiyati ko‘pchilik uchun kutilmagandek tuyulishi mumkin, ammo inglizlarning yangi avlodini kuzatib borayotganlar uchun emas.

O‘tgan yili aynan shu mamlakat termasi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida Yevropa chempionati yarim finaligacha yetib borgandi.

Albatta, yosh iqtidor sohiblarining hammasi ham bosh jamoa tarkibidan o‘rin olmasligi aniq, biroq ular orasida 5 nafar iqtidorlilar borki, aynan ular kelgusi mavsumning o‘zida premyer-ligada barchaning e’tiborida bo‘lsalar, ajabmas.

Freddi Vudman («Nyukasl»)

Kuchli darvozabonga ega bo‘lmagan kamdan-kam jamoa jahon chempioni bo‘lishi mumkin. Freddi Vudman — buning yana bir yorqin misoli. Aynan uning xizmatlari evaziga ushbu yurt vakillari g‘olib bo‘lishdi. Turnir davomida Vudman ajoyib o‘yin ko‘rsatgan holda, birorta ham golga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ymadi.

«Nyukasl» darvozaboni meksikaliklar yo‘liga g‘ov bo‘ldi - aynan ular chorak final yo‘lida inglizlar darvozasi oldida bir nechta golga tortadigan vaziyatlarni yaratishgandi. Freddi asosiy qahramonligini finalda ko‘rsatdi - venesuelalik Adalberto Penyarandaning penaltidan tepgan to‘pini qaytardi.

Albatta, omad ham posbonga yo‘ldosh bo‘ldi, biroq bunga qadar Vudman jamoasini qutqarishga ulgurgandi. Ingliz muxlislari Vudman birinchi terma darvozasini Jo Xartdan yomon qo‘riqlamasdi, deb hazil qilishadi, ammo yosh posbonda hozircha premyer-liga doirasida o‘tkazilgan birorta ham bahs yo‘q. O‘tgan yili «Nyukasl» iqtidorli futbolchini «Kilmarnok»ga ijaraga berdi va Freddi Shotlandiyada jami14ta uchrashuv o‘tkazdi.

Endi esa Vudman elitaga qayt­gan «qarg‘alar» tarkibida. Yosh posbonda Rafael Benites jamoasida o‘ynab ketish imkoni oz bo‘lsa-da bor. O‘tgan yili klubda asosiy posbon belgiyalik Mats Selsa bo‘lgandi, ammo bir nechta jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yib, o‘z o‘rnini 26 yoshli Karl Darlouga bo‘shatib berdi.

Umuman olganda, JCHdagi yorqin ishtirokdan so‘ng Vudmanga premyer-ligada o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berilishi aniq, «Nyukasl»dagi raqobat ham bunga sharoit yaratadi.

Fikayo Tomori («Chelsi»)

Oluvafikayomi Oluvadamilola — markaziy himoyachining to‘liq ismi. Angliyada esa uni oddiygina Fikayo deb chaqirishadi. Bu futbolchi prem­er-ligada yetakchiga aylanish uchun hamma narsa yetarli. Anchayin gavdali bo‘lishiga qaramay, ajoyib tezlikka ega, ikkinchi qavatda raqobatbardosh. Unga yetishmayotgan yagona narsa - intizom. JCHdagi uchrashuvlarning birida Tomori maydon markazidan darvozabonga to‘p uzatib, butun turnirning eng kulguli golini urdi.

Fikayo Kanadada tug‘ilgan, ota-onasi esa nigeriyalik. Bolaligi Ang­liyada o‘tdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, u uchta terma jamoadan birini tanlashi lozim edi. Tomori dastlab Kanada termasi uchun maydonga tushishga ahd qildi va hatto, Angliyaga qarshi o‘ynadi ham. Ishonish qiyin-u, Markus Reshford bilan uchrashuv Fikayoni bir umrga o‘zgartirdi.

O‘tgan mavsum «Yunayted»ning mashhur forvardi Angliya yoshlar termasi safida Kanadaga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, gavdali himoyachilarga qarshi hech narsa qila olmadi. «O‘sha bahs yodimda. Reshford endigina elitaga chiqqandi, kanadaliklar mendan Angliyadagi hayot to‘g‘risida so‘rashardi. Tumanli o‘lkada esa Yevro va JCHda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldim. Bu men uchun yaxshi imkoniyat edi, buning ustiga Angliyada o‘sgandim», — dedi Tomori.

Fikayo «Chelsi» yoshlari tarkibida barcha turnirlarda g‘olib bo‘ldi, mavsumning ikkinchi yarmini «Brayton»­da o‘tkazib, elitaga chiqqanliklarini nishonladi. Antonio Konte o‘z jamoasida yosh o‘yinchiga o‘rin ajratish ehtimoli yuqori, biroq premyer-ligadagi klubni kuchaytirishga Tomori hozircha ojiz.

Lyuis Kuk («Bornmut»)

Terma jamoa bilan 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida butun yo‘lni bosib o‘tgan jamoa sardori. O‘rta chiziqda to‘p surgan Kuk ko‘proq raqib hujumini yo‘qqa chiqarish uchun javobgar, lekin jamoasining aksariyat hujumlari ham aynan u orqali amalga oshirilgan. Vox-to-box yarim himoyachisiga ideal darajadagi misol. Barcha sardorlardan talab qilinganidek, Kuk ham hal qiluvchi pallalarda asosiy rolga chiqadi. Gvineya termasiga qarshi bahsda uzoqdan yo‘llagan zarbasi jamoasini oldinga olib chiqdi, meksikaliklarga qarshi kechgan og‘ir uchrashuvda esa Solankega o‘yin taqdirini hal qiluvchi uzatmani amalga oshirdi. Butun Angliya Kuk bilan faxrlanadi, ammo qadrli «Lids»i qayg‘uda. O‘tgan yili jamoa nima uchundir yarim himoyachini «Born­mut»ga arzimagan 7 mln. funtga sotib yubordi. Chempionat yakuniga borib jamoa yuragidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, «Bornmut»dagi birinchi mavsum jarohatlar bois barvaqt poyoniga yetdi. Dono murabbiy Eddi Xau rahbarligi ostida Kukdan prem­er-liganing eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri yetishib chiqishi aniq.

Dominik Kalvert-Lyuin («Everton»)

Angliya termasi safida yoshlar o‘rtasidagi JCHda oltin to‘p muallifiga aylangan futbolchi. Mazkur terma jamoa tarkibida «Everton» vakillaridan naq to‘rt futbolchi to‘p surdi. Barchasi ajoyib o‘ynagan bo‘lsada, g‘alaba to‘pini kiritgan o‘yinchining o‘rni boshqa. Kalvert-Lyuin o‘tgan mavsum «irislar» bilan imzolangan shartnomani yana besh yilga uzaytirdi. «Everton»dagilar yigitning hali ochilmagan qirralari borligini darrov payqashdi. Kalvert-Lyuin «irislar»ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlariga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shdi. Hisobida 11ta uchrashuvda bitta gol bor. U hujumda o‘ynash istagida, lekin buning uchun tajribasi kamroq. Klub va terma safida futbolchi so‘l qanot vingeri yoki hujumchi ortida to‘p suradi. Unchalik gavdali bo‘lmasa-da, boshi bilan yaxshi o‘ynaydi. JCHda u Argentina darvozasini ajoyib tarzda nishonga oldi, finalda esa kuchli himoyachidan o‘tib ketib, gol urdi.

Kalvert-Lyuin Ronald Kumanning ishonchini qozongan va shu bois, asosiy tarkibda mustahkamlanib olish imkoni yuqoriroq. Boz ustiga, «Everton»ning qanotlarida boshlang‘ich tarkibdagi o‘rin uchun raqobat kuchli emas.

Dominik Solanke («Liverpul»)

Turnirning bosh yulduzi. Solanke yoshligidan barcha yosh toifasidagi terma jamoa tarkibida yaxshilardan biri hisoblangan. U-17 yoshlilar o‘rtasidagi Yevro-2014da Angliya termasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Solanke terma jamoaning ajralmas qismiga aylandi. U 2014 yili Chempionlar Ligasida debyutini nishonladi, boshqa vaqtda esa yoshlar klubida to‘p kiritishda davom etdi. Solanke 2014|2015 yillar mavsumida 41ta gol urdi, «Chelsi» esa u bilan birga o‘smirlar o‘rtasidagi CHLda g‘olib bo‘ldi.

Keyingi yili Dominikni «Vitess»­ga ijaraga berib yuborishdi, u yerda ham Solanke asosiy hujumchi bo‘ldi, ammo eredeviziyada faqat 7ta gol urdi. Joriy mavsum futbolchi jahon chempionatidagina o‘zini ko‘rsata bildi. Konte «Chelsi» forvardiga Liga kubogida o‘ynash imkonini bermadi. Shunga qaramay, zaxira tarkibida ham Solanke juda kam maydonga tushirildi. Dominik — shubhasiz rejadagi forvard, ammo sof hujumchi emas. U nafaqat tezligi va driblinglari, balki ikkala oyoqda bir xil zarba bera olish qobiliyati bilan ham maqtana oladi. Joriy mavsum yakunlangach, Solanke «Liverpul» bilan shartnoma imzoladi. Yurgen Klopp yosh o‘yinchilarni tarbiyalashni biladi. Shunday ekan, amaliyot masalasida muammo bo‘lmaydi. «Liverpul» Chempionlar Ligasidan start oladi va Dominik birinchi mavsumning o‘zidayoq kerakli futbolchi va Roberto Firminoga munosib raqobatchiga aylanadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 09.07.2017. O'qildi: 4991 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.