Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Arda Gyuler: "Xabi mendan darvozabon bo‘lishimni so‘rasa, borib qo‘lqop sotib olaman..."

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

«Real»ning turkiyalik umidli yarim himoyachisi Arda Gyulerning maqtovga sazovor ikki xislati bor: hayotda kamtarin, tabiatan samimiy va biroz tortinchoq bo‘lsa, maydonga tushganida haqiqiy jangchiga aylanadi. Bu ikki jihat uning Madrid klubida katta mavqega ega bo‘lishida muhim rol o‘ynamoqda. 20 yoshli futbolchi ayniqsa, joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida yanada fenomenal o‘yin namoyish etmoqda. Yaqinda u L~Equipe nashriga bergan intervyusida «Real»dagi bosim, Alonso bilan munosabati va kelajak rejalari haqida so‘z yuritdi.

— Kamtargina Turkiya futbolidan «Real»dek katta jamoaga o‘tish hammaga ham nasib qilavermaydi. Sizdan nafaqat vatandoshlaringiz, balki butun dunyodagi «Madrid» ishqibozlarining umidi katta. Bunday vaziyatda bosimga qanday dosh beryapsiz?

— Aslini olganda, menga shunday e’tibor niqoyatda kerak. Lekin atrofimdagi voqeliklarni hech qachon bosim sifatida ko‘rmaganman. Chunki bunday yondashuv o‘z ishimni qiyinlashtirishi mumkin. Albatta, mas’uliyat bor va kundan-kunga salohiyatimni yaxshilash, darajamni oshirib borishga harakat qilaman. Xullas, ambisiya hamda intilish yetarli. Asosiysi o‘z imkoniyatlarim darajasida o‘yin ko‘rsatish va o‘zligimga xos bo‘lmagan inson bo‘lishga urinmaslik.

— Joriy mavsum «Real»dagi ishlaringiz kutilganidan ham yaxshiroq davom etmoqda. Ayniqsa raqib jarima maydoni atrofidagi standart vaziyatlarni sizga ishonib topshirilayotganligi katta yutuq. Xo‘sh, qisqa davr ichida bunga qanday erishdingiz?

— Menimcha, bunday imkoniyatga odatiy mashg‘ulotlar yakunlangach, alohida tarzda jarima zarbalarini amalga oshirishni mashq qilish orqali ega bo‘ldim. Chunki bilardimki, bu borada o‘z ustimda qancha ko‘p shug‘ullansam, o‘yin vaqti raqib darvozasi yaqinidagi jarima zarbalarini ijro etish uchun sheriklarimdan to‘pni so‘rash shuncha osonroq bo‘ladi. Lekin uni talab qilish va boshqalarni hurmat qilish o‘rtasidagi muvozanatni topishni ham bilish kerak edi. Aytaylik, o‘tgan mavsum Luka Modrich standartlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, hech qanday qarshilik bildirmasdan unga imkoniyat berishga odatlangandik.

— Aytgancha, Modrich bilan munosabatlaringiz qay darajada iliqligi juda ko‘p bor tilga olingandi...

— Ha albatta, Modrich bilan kechgan birinchi suhbatimiz chog‘ida men uni «Luka Abi» deb atagandim. Chunki bolaligimizda bizga kattalarning ismlariga «Abi» (katta aka) so‘zini qo‘shib chaqirishni o‘rgatishgan. Turklarga xos madaniyatga ko‘ra, ularni shunchaki ismlari bilan chaqirib bo‘lmaydi. O‘z navbatida Modrich ham menga nisbatan juda iliq munosabatda bo‘ldi va jamoa o‘yiniga moslashib ketishimda qo‘lidan kelganicha yordam berdi.

— Faoliyatingizni ayni o‘tish bosqichida «Real»dek katta jamoa safida o‘z imkoniyatiga ega bo‘lish uchun kurashish ma’lum jismoniy muammolarni keltirib chiqargandir?

— Yo‘q, unchalik emas. Chunki avvaldanoq dunyodagi eng katta klubga ko‘chib o‘tayotganligimni bilardim va bunga har tomonlama tayyor edim. Aytish kerak, «Madrid»dagi birinchi mashg‘ulotimdan boshlab bu jamoa safida bemalol o‘ynab ketish uchun yetarli salohiyatim borligini ang­lagandim. Xullas, «Real»da muvaffaqiyat qozonishimga hech qachon shubha qilmaganman. Juni Kalafat («Madrid» skauti, seleksioner murabbiy) esa, bu boradagi rejalarni aniq tushuntirgandi: «Birinchi yil qiyin bo‘ladi, chunki faqatgina Turkiya futbolidan xabardor yigitcha uchun bundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas». U shuningdek, mening muvaffaqiyatlarim Modrich va Kroosdan keyingi davrga to‘g‘ri kelishini ochiq-oydin ta’kidlagandi. Ko‘rib turganingizdek, barchasi oldindan ko‘zlangan muayyan maqsad va reja ostida amalga oshdi. Bu davr ichida esa jamoadoshlarimdan juda ko‘p narsa o‘rgandim.

— Anchelotti sizni eng muhim o‘yinlarda maydonga tushirmagani Turkiyada juda katta shov-shuv keltirib chiqargandi...

— Don Karlo nafaqat «Real», balki jahon futboli tarixidagi eng tajribali murabbiylardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, uning qarorlari ortiqcha muhokama qilinmasligi kerak. Unutmang, u OAV bilan muloqotda hamisha meni vaqti kelib dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo‘lishimni aytib kelgan. Davide (Achelottining o‘g‘li va yordamchisi) esa har doim rivojlanishimda yordam berishga harakat qilgan. Bir so‘z bilan aytganda, men ulardan doimo minnatdorman.

— Ko‘rinib turibdiki, Alonso bilan munosabatlaringiz ancha yaxshi...

— Albatta, bosh murabbiyimiz bilan birinchi marta gaplashganimda u: «Bilaman, senda instinktiv o‘yin bor, maydonda haqiqiy jangchisan, senga ishonaman», degandi. O‘z navbatida men ham Alonsoning rejalariga to‘liq ishonaman: agar u keyingi o‘yinda darvozabon sifatida o‘ynashimni so‘rasa, darhol do‘konga borib qo‘lqop sotib olaman.

— Hozir ko‘pchilik Mbappe bilan hamkorligingizni O‘zil va Krishtianu dueti bilan taqqoslashmoqda...

— Ooo bu naqadar yoqimli taqqoslash. Tan olish kerak, ular chindan ham «Real»da katta yutuqlarga erishishdi. Lekin unutmaslik kerakki, buyuk g‘alabalar har doim jamoa sifatida qo‘lga kiritiladi, faqat ikki o‘yinchi emas. Demoqchimanki, barchamiz shunchaki mana shu oilaning bir qismimiz xolos. Kilian haqida gapiradigan bo‘lsam, biz u bilan maydonda bir-birimizni mukammal tushunamiz va vaziyatlarni hal qilishda ba’zan birgina qarab qo‘yishning o‘zi kifoya qiladi.

— Mbappening maqtovga sazovor o‘yin uslubi shundaki, u vaziyatga qarab raqib jarima maydoni atrofidan uzoqlashadi hamda yangitdan hujum tashkil qilish uchun maydon markazigacha yetib keladi...

— Menimcha, biz unga xohlagan joyida o‘ynash erkinligini berishimiz kerak. Chunki Kilianning iste’dodi maydonda o‘zi istagan ishni qilish huquqini beradi. Agar u markazga qadar yetib kelsa, buni shunchaki qilmaydi. Aksincha, o‘yin dinamikasi nimaga muhtojligini tushungan holda shunday qarorga keladi.

— Sizda allaqachon bitta YECHL kubogi bor. Ammo «shalpangquloq»ni yana bir bor yutish uchun ishtiyoq qay darajada?

— Ochig‘i, «Real» safidagi dastlabki mavsumim YECHLda g‘olib chiqqan bo‘lsakda, men bu sovrinni o‘zimniki, deb qabul qilmayman. Chunki o‘sha yilgi turnirda bir daqiqa ham o‘ynamagandim. Agar tanlov qilish imkoniyati berilsa men u chempionlikdan voz kechib, galdagi YECHLda muvaffaqiyat qozonishni tanlagan bo‘lardim. Joriy yilgi asosiy maqsadlarimdan biri ham shu aslida. To‘g‘risi, «Madrid»dagi g‘alabalarim orqali turkiyalik yosh futbolchilarga o‘rnak bo‘lishni, «Arda buni uddaladi, men ham qila olaman» deyishlarini ko‘rishni istayman.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:50, 14.11.2025. O'qildi: 765 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик