Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liganing axvoli: bunaqa chempionatni yana qachon tomosha qilgansiz?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston chempionati bu yil har qachongidan yaxshiroq, sifatliroq va shiddatliroq o‘tmoqda. Yo‘q desangiz, istagancha dalil keltirish mumkin. To‘g‘ri, biz – mustaqillikning ilk yillarida futbol tomosha qilmagan avlod katta yoshli muxlislar singari «Paxtakor», «Neftchi», «So‘g‘diyona» va «Temiryo‘lchi» o‘rtasida kechgan shiddatli bahslarga guvoh bo‘lmaganmiz. Ammo o‘shanda ham autsayderlar chempionlikka da’vogarlardan bu qadar ko‘p ochko olmagan bo‘lsalar kerak.

Oliy ligada «jon» saqlashi kutilgan «Sho‘rtan»ning 11-turga kelib 11tagina ochkosidan 9tasini favoritlarga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritgani yana qachon kuzatilgan? Yoki «Qo‘qon-1912» nafaqat g‘oliblikka da’vo qilgan, balki amaldagi chempiondan ochko tortib olgan vaqtlar ilgari ham bo‘lganmi? Bir vaqtlari «Paxtakor» va «Bunyodkor» o‘rtasida kechadigan o‘yin chempionatning eng asosiy bahsi bo‘lar edi. Ammo hozir u shunchaki o‘rtamiyonalar bellashuviga aylanib qolgan.

Biroq o‘sha o‘rtamiyonalar o‘rtasida kechgan uchrashuv shiddatini ham ko‘rdingizmi? Bunaqa chempionatni yana qachon tomosha qilgansiz?

ISHQIBOZ MUAMMOSI

Ammo futbolimizda baribir, muammolar yetarli, ularning eng kattasi esa – muxlislarni stadionga chorlash. Oxirgi yillarda bu ishni deyarli uddalay olmayapmiz. To‘g‘ri, viloyatlarda ahvol yaxshiroq, ammo tomoshabinlar faqat ijobiy natija qayd etayotgan jamoalar o‘yiniga borishmoqda. Masalan, «Navbahor» yutib turibdi, demak stadion gavjum. «Qo‘qon-1912» to‘p suradigan arenaga-ku, odam sig‘dirib bo‘lmayapti.

Bir vaqtlari «Paxtakor» sobiq ittifoq chempionatida qatnashganda ishqibozlar yon-atrofdagi daraxtlar va imoratlar tomiga ham chiqib olishgan ekan. O‘sha manzarani ko‘rishni istaganlar endi Qo‘qonga borishsin. Shunga o‘xshash holat Samarqandda ham kuzatilmoqda. «Dinamo» mavsum boshida sensasion natijalar qayd etganda muxlislar stadionga sig‘ishmagandi.

Ammo qolganlar-chi? Hamma joyda ham ahvol shundaymi? Masalan, Farg‘onada bir vaqtlari yoshu qari futbol dardi bilan yashardi. Har bir uchrashuv keng muhokama qilinar, o‘yinchilarni esa tanimagan odam yo‘q edi. Bir farg‘onalik do‘stimiz aytib bergandi, biror futbolchi bozorga chiqsa, sotuvchilar undan pul olishmagan ekan. Juda bo‘lmaganda, aytilganidan ancha arzonga berishgan. Taksichilar-ku manziliga olib borib, pul olishni aslo istashmagan. Chunki keyinchalik ham «falon futbolchi mening mashinamga chiqqan», deb yillar davomida maqtanib yurishgan ekan. Endi ayting-chi, «Neftchi»ning hozirgi futbolchilari ham shunday martabaga egami? Umuman, ularni ko‘cha-ko‘yda kimdir taniydimi?

Albatta, dovrug‘i butun Osiyoga yoyilgan jamoaning hozirgi ahvolini ko‘rib ko‘ngil g‘ash bo‘ladi. 10-turda Farg‘onadagi stadionga 758 nafar tomoshabin tashrif buyuribdi. 758! Nahotki, viloyatda futbolga qiziqish shunchalik pasayib ketgan? Yo‘q, shunchaki, muxlislar bunday o‘yinni tomosha qilishni istashmaydi, xolos.

POYTAXTDA

Aslida, bu muammo futbolimizda anchadan buyon bor. Ko‘pchilik ishqiboz yig‘ish bo‘yicha poytaxt klublarini tanqid qiladi. Ammo bir qator viloyatlarda ham ahvol yaxshi emas. Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘lmoqda? Ilgari stadionlar holati kulish tugul yig‘laydigan holatda edi. Hozir deyarli har bir viloyatda zamonaviy stadionlar qad rostlagan. «Kelishilgan o‘yin, kelishilgan o‘yin», deya bong urdik. Ko‘z tegmasin, bu borada ham ahvol yaxshilanib bormoqda. Ammo nima uchun shunda ham muxlislar hamon arenalarga kelishni istashmayapti? Muammo nimada?

Mana, o‘tgan hafta Toshkent derbisi bo‘lib o‘tdi. «O‘yin shiddati va atmosferasi yoqmadi», degan kishini bemalol futbolni tushunmaslikda ayblayvering. Bunaqa o‘yinlar oliy liga tugul, OCHLda ham ko‘p topilmaydi. Ammo afsuski, shunday to‘qnashuv ham yetarlicha tomoshabin yig‘a olmadi. Stadionga yig‘ilganlarning kamligi dilni g‘ash qiladi. U yoq, bu yoqda o‘tirishibdi, haminqadar. Vaholanki, «Bunyodkor» va «Paxtakor» o‘rtasida kechadigan uchrashuv bir vaqtlari butun mamlakatdagi ishqibozlarni ikki guruhga ajratardi. Kimdir «qaldirg‘ochlar»ga muxlislik qilsa, boshqalari «sherlar» tarafida bo‘lardilar. Hozir esa…

Aslida, bu safargi derbi ham yomon bo‘lgani yo‘q. Maydonda keskin kurash kechdi, futbolchilar bor kuchini berib o‘ynadi. U yog‘ini so‘rasangiz, hakamlik ham ko‘ngildagidek. Bir futbol bo‘lsa, shunchalik-da. Ammo baribir, muxlis kelmadi. Sabab nimada?

E’TIROZ

Yaqinda yetakchi klublardan birida faoliyat yurituvchi mutaxassislardan biri ijtimoiy tarmoqda e’tiroz bildirdi: 

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 15:26, 11.07.2017. O'qildi: 10291 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик