Bugun 11 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
  • «A» Seriya
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • 2:3
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
  • APL
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» transferlari haqida nimalarni bilmoq kerak?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» hattoki xitoyliklar bilan ham kelisha olgani yo‘q.

Kimlar keldi?

Hujumkor yarimhimoyachi Jerar Deulofeu masalasida — «qaytdi» iborasini ishlatish to‘g‘riroq bo‘lardi. «Barsa»dan «Everton»ga ketgach, u yerda ishlari ko‘ngildagidek emasdi. «Milan»ga ijaraga berilishi muvaffaqiyatliroq bo‘ldi va Deulofeu hattoki Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi. «Barsa» uni qaytarishga qaror qilib, 12 million yevro qiymatidagi «qayta sotib olish» opsiyasini ishga tushirdi.

Klubga shuningdek, «Fluminense»ning markaziy himoyachisi Marlon qo‘shiladi. O‘tgan mavsumni u «Barselona B»da ijarada o‘tkazgan va birinchi jamoada «Seltik»ka qarshi chempionlar ligasi uchrashuvida debyut qilgan edi. Uning transferi 5 million yevroga baholanmoqda.

Mavsumlar oralig‘ida «Barselona»ning bosh yutug‘i — Lionel Messi bilan shartnomaning uzaytirilishi bo‘ldi va endi bitim 2021 yilgacha amalda bo‘ladi. Klub ilgariroq Luis Suares va Neymar bilan ham shartnomalarini uzaytirgan edi.

Kimlar ketdi?

Jeremi Matyo bir necha o‘yinni sifatli o‘tkazishi mumkin, lekin uzoq masofada «Barselona» darajasiga mos emasligi oydinlashdi. Bundan tashqari, oktyabrda fransuz himoyachisi 34 yoshni to‘ldiradi. Shu sababli «Barsa» Matyo bilan shartnomani cho‘zishni rad etdi va u «Sporting»ga tekinga o‘tdi. Qizig‘i shundaki, portugallar klubi yangi o‘yinchisining tovon pulini 60.000.000 yevro etib belgilagani haqida xabar tarqatdi. Bitta nol ortiqchamasmikan?

Kristian Telyoni «Spartak» va «Zenit» qo‘lga kiritishga urinib ko‘rishdi, biroq futbolchi Rossiyaga kelishni istamadi va «Betis»ni tanladi — uning agenti ham bu gap-so‘zlarni tasdiqladi. «Barselona» o‘z tarbiyalanuvchisi transferidan 4 mln. yevro ishlab oldi.

Kimlar keladi?

Ayni damda joriy mavsumlar oralig‘ining bosh mashmashalari Marko Verratti bilan bog‘liq bo‘lib turibdi. Futbolchi va uning agenti futbolchi uchun yaxshigina haq to‘lashga tayyor turgan «Barselona» bilan kelishuv amalga oshishini juda istashmoqda. Muammo shundaki, «PSJ» nafaqat futbolchini sotishni istamayapti, hattoki muzokaralarga ham kirishmayapti.

Bu futbolchi rahbariyat va murabbiylar shtabiga juda yoqadi, — deydi «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu. — Biroq uning «PSJ» bilan tuzilgan shartnomasida xarid uchun tovon puli belgilanmagani muammo yaratmoqda. Biz klub sanksiyasisiz kerakli summani taklif qilib, Parijga kelib, Verratti bilan muzokaralar olib bora olmaymiz. «PSJ»ning pozisiyasi esa quyidagicha: «Biz uni sotmoqchi emasmiz va muzokaralarga ham kirishishni istamaymiz. Kelinglar, gaplashamiz, faqat Verratti haqida emas».

«PSJ»ning qaysarligiga qaramasdan kataloniyaliklar transferdan voz kechmoqchi emas va narigi tomon fikrini o‘zgartirishidan umid qilishmoqda. O‘z navbatida, Verrattining agenti Donato Di Kampli klubga OAV orqali bosim uyushtirishga harakat qilmoqda:

«Verratti — «PSJ» amirining tutquni. Bu cheksiz moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan qatarlik amirning ishi. Uning uchun Verrattini «Barselona»ga 100 mln. yevroga sotmaslik izzat-nafs masalasi. «PSJ» prezidenti Nosir ibn G‘anim al-Xulayfiy menga futbolchining shartnomasi 2021 yilgacha ekanligini aytgan. U shuningdek, mabodo Verratti sotilgudek bo‘lsa, Qatardagilar hech qachon uni kechirmasligini aytgan. «PSJ» titullar yuta boshlaydigan jamoa qurishga intilishmoqda. Lekin ular bu haqida har yili gapirishadi. Biz barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni istaydigan o‘yinchilar «PSJ»ga o‘tishmaydi».

Agentining bu so‘zlari tarqalganidan bir necha soat o‘tgach, Verratti agenti uchun rahbariyat, jamoa va muxlislardan kechirim so‘rashga majbur bo‘lgan.

Maydon markazini mustahkamlash borasidagi B rejasiga ko‘ra Braziliya terma jamoasi va Xitoyning «Guangchjou Evergrand» yarimhimoyachisi Paulinyo sotib olinishi mo‘ljallanmoqda. Muzokaralar o‘tkazilayotgani haqidagi faktni futbolchining o‘zi ham tasdiqlagan:

«Menga «Barselona»ning qiziqayotgani yoqayapti. Aksariyat futbolchilar hali sodir bo‘lmagan narsa haqida gapirishni istashmaydi, lekin «Barsa»ning qiziqishlari rostligini bemalol tasdiqlay olaman. Men rasmiy taklif borligini bilaman. 20 mln yevro taklif qilishayotganini eshitdim. Hozircha kelishuvga erishilgani yo‘q, lekin agentim muzokaralarning ikkinchi bosqichi boshlanganini xabar qildi».

Shuningdek, kataloniyaliklarning «Atletiko» yarimhimoyachisi Saulga qiziqishi haqida xabarlar bor, biroq bu transfer Verrattinikidan ham ehtimoli pastroq.

O‘ng qanot himoyachisining muammoli pozisiyasiga kelsak, «Arsenal»da ajoyib mavsum o‘tkazgan Kataloniya kanterasi tarbiyalanuvchisi Ektor Bellerinning qaytarilishi haqida gap-so‘zlar ko‘paymoqda. Futbolchi mish-mishlarni bitta gap bilan izohlab qo‘yaqoldi:

«O‘qiyotgan hamma narsalaringizga ham ishonavermanglar».

Muqobil variant sifatida «Benfika»ning 23 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Nelson Samedu ko‘rilmoqda, — deb xabar beradi Mundo Deportivo. Bu nashrning ta’kidlashicha, futbolchining bo‘yniga 50 mln. yevrolik narx yorlig‘ini ilib qo‘yishgan.

Kimlar ketadi?

Kataloniyada hech kim klubni Arda Turon tark etishidan shubhalanmayapti, garchi bu haqda murabbiylar ham, rahbariyat ham hanuzgacha churq etmagan bo‘lsa-da. Marca ma’lumotlariga ko‘ra, yana Rafinya va Tomas Fermalen ham jamoani tark etishi mumkin.

Mavsumoldi turnirlaridan so‘ng yangi bosh murabbiy Ernesto Valverde tarkibni g‘alvirdan o‘tkaza boshlagach, ro‘yxat yanada kengayishi ham mumkin. Valverde jamoa bilan ishlab ko‘rmagani uchun ham «Barselona» hozircha transfer bozorida ko‘zga tashlanmayapti. 

Shuningdek, e’tiborga olish muhimki, molliyaviy feyr-pley tufayli ayrim o‘yinchilarni sotmasdan turib «Barselona» jiddiy transfer kampaniyasi bilash shug‘ullana olmaydi. Bu futbolchilar Aleish Vidal, Lyuka Din, Denis Suares, Serxi Roberto yoki Pako Alkaser bo‘lishi ehtimoli katta. Ular necha kishi va aynan kimlar bo‘lishi «Barselona» iyul oyining oxirlarida «Yuventus», «Manchester Yunayted» va «Real Madrid»ga qarshi maydonga tushuvchi Xalqaro chempionlar kubogidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Manba: kun.uz
Kiritildi: 00:16, 12.07.2017. O'qildi: 11678 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик