Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ibrohimovichning jarohatdan tiklanish jarayoni qanday o‘tmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Jarohatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayrim futbolchilar og‘ir jarohatdan so‘ng butsalarini mixga ilishadi yoki omma e’tiboridan chetda qolishadi. Matbuotda ular haqidagi maqolalar kamayadi, o‘zlari ham nomlarini yodga solish uchun ortiqcha urinishmaydi.

Ammo bugungi qahramonimiz bunday mavhumlikdan yiroq. Zlatan Ibragimovich jiddiy shikastlanishdan keyin shunchaki, futbolni tashlab ketolmaydi. Bunga yetarlicha sabablar bor.

Joriy yilning 20 aprel kuni jarohat olgan Zlatan keyinchalik ham muxlislar nazaridan chetda qolmadi. Mazmunli hayot tarzi - birinchi sabab, ikkinchisi esa - undagi xudbinlik. Ibragimovich o‘zining takabburligi orqali OAVda ajoyib yangiliklar yaratishga moyil. Xo‘sh, «Anderlext» bilan o‘yinda oyog‘ini qayirib olgan futbolchi bugungi kunda nimalar bilan band?

Bu jarayon o‘ta tezkor tarzda davom etmoqda. Aslida, uning jarohati 35 yoshlilar uchun o‘ta jiddiy hisoblanadi, shu bois Zlatan o‘zgacha shifokor topishga erishdi. Pittsburg universitetining jarrohlik departamenti rahbari Freddi Fu ba’zan sportchilarning muammolari bilan shug‘ullanadi - agar vaziyat o‘ta og‘ir bo‘lsa. Hozirga qadar ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan tibbiyot xodimi sharafiga bayram ham o‘ylab topishgan: har yili 13 sentyabr Pittsburgda Freddi Fu kuni sifatida nishonlanadi.

1 mayda muvaffaqiyatli operasiya o‘tkazildi. Ertasiga Zlatan oyog‘ini suratga olib, «Instagram»ga joylashtirdi va ostiga «Qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat. Tez orada hammamiz birgalikda o‘yinimdan bahramand bo‘lamiz», - deb yozdi.

Tiklanishning dastlabki davrida u shikoforlarning muntazam kuzatuvi ostida bo‘lishi lozim edi. Bunga qadar Zlatan mashg‘ulot o‘tkazdi, basseynga qatnadi va jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatladi.

Yaqinda mashg‘ulotini videotasmaga muhrlab, uni «Sherlar odamlardan farqli ravishda boshqacha tiklanishadi», deb atadi. Xullas, qaytishga jiddiy kirishganini ko‘rsatdi. Darvoqe, uning agenti Mino Rayolaning ta’kidlashicha, Ibragimovichning tizzalaridagi kuchdan hayratlangan shifokorlar undan o‘yinchilik faoliyatini yakunlagach, tadqiqot o‘tkazish uchun yana klinikiga tashrif buyurishini so‘rashgan. Ha, bu Rayola. Ma’lumotni turlicha baholash mumkin.

«Ushbu o‘yinda o‘ziga yarasha missiyam bor edi: jamoani qo‘llab turdim». Jarohat tufayli qo‘ltiqtayoq tutgan futbolchilarning Mourinyo ko‘rsatmasiga binoan maydon chetida saf tortishgani hammaning yodida. Zlatan bu guruhning rahbari edi, uning libosi ham bosh-qalarnikidan ajralib turgandi: boshqa sheriklaridek kulrang kostyum kiymagandi. G‘alabadan so‘ng Zlatan xohlagancha vaqtichog‘lik qildi: jamoadoshlari, ishqibozlar va kubok bilan selfiga tushdi.

Ha, takliflar juda ko‘p. MLSning ikkita («Los-Anjeles Gelaksi va «Mayami») klubidan tashqari, Berlinning «Gerta», Istanbulning «Fenerbaxche» hamda Milan «rossoneri»si ham shvesiyalik hujumchini o‘z tarkibida ko‘rishga ishtiyoqmand. Italiya jamoasi sobiq rahbari Silvio Berluskoni Zlatanni yana «Milan» libosida ko‘rishdan quvonishini aytganda, bu gap Rayolaga yoqib tushdi va u funksioner manziliga iliq fikrlar bildirdi.

Umuman, Mino mijozining rejalari haqida ochiq-oydin gapirishdan qochmaydi. «Zlatan Manchesterda qolmoqchi», - dedi u shartnoma yakunlanishidan ikki hafta oldin. Ha, klub bilan kelishuv uzaytirilmadi. «Zlatan Angliyada qolmoqchi», - dedi Rayola iyun oyi boshlarida. «Zlatan AQSHga ketmaydi. U Yevropada qolib, yuqori darajali futbol namoyish etadi», - dedi yana bir haftadan keyin. Ispaniyaning Marca nashri shvedning tez orada AQSHga ko‘chib o‘tishi haqida yozdi. Futbolchining qarindoshi esa Bekxem jamoasi to‘rt yillik shart­noma va 25 mln. dollarlik maosh taklif qilganini aytarkan, Ibragimovichning shu zahoti rad javobini berganini ham qo‘shimcha qildi.

Har holda, Mino Rayolaning hozir nima bilan band ekani tayin. Hamma takliflarni jamlab, eng ma’qulini tanlaydi. Albatta, uning «Milan»dagi mojarolardan ortmayotganini ham unutmaslik darkor. Hozir agentning eng katta muammosi - Janluiji Donnarumma.

Darhaqiqat, Zlatan futbol o‘ynamasa ham hamisha omma e’tiborida. Ikki oylik tiklanish jarayonida uning «Instagram»dagi sahifasiga ikki milliondan ko‘proq muxlis a’zo bo‘ldi. Yaqinda Ibragimovich Stokgolmdagi «Frends» stadioni yonida uning sharafiga atab haykal barpo etilishi borasida fikr bildirdi: «Shvesiya ramzi deyarli tayyor». Aytgancha, haykal Yevropa Ligasi finali arafasida qad rostlashi kutilgandi. Yarim yil avval OAV ushbu jarayon mavsum oxirida yakunlanishini aytgandi. Ammo Zlatan vaqti-vaqti bilan haykalning yangi parchasini videotasmaga muhrlab, internetga joylashtirarkan, ushbu ijod namunasining bitkazilishi kimnidir qiziqtirarmidi?

Dastlab «MYU» bilan qishgacha shartnoma imzolashi haqida yozishdi. Shuningdek, «Atletiko» xususida yangilik paydo bo‘ldi, ammo madridliklar prezidenti Enrike Sereso bu xabar haqiqatdan yiroq ekanini ta’kidladi. Shunday pallada Zlatan futbolga qaytishni chin dildan xohlaganidan, hattoki, uxlayotganda ham butsasini yechmayapti.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:40, 15.07.2017. O'qildi: 5109 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик