Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Layoqatli Lindelyof yoxud «MYU» 35 million yevroni kim uchun sarfladi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi paytlar Viktor Lindelyofning «MYU»ga transferi yuzasidan tanqidiy fikr bildirayotganlar safi kengaymoqda. Bunga shved himoyachisining to‘pni olib qo‘yish va egallab olish ko‘rsatkichlari pastligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Keling, shu mavzuni tahlil qilib, vaziyatga aniqlik kiritishga urinib ko‘ramiz.

Lindelyofning avvalgi jamoasi - «Benfika» Portugaliya ligasining o‘tgan mavsumida to‘pni egallab turish bo‘yicha 60 foizlik ko‘rsatkich qayd etdi - bu juda yaxshi. Ayni uslubga tayanadigan klub himoyasi vakillariga mudofaada uncha ko‘p yumush topilmaydi, chunki raqiblar hujumga kam o‘tishadi. Demakki, futbolchining himoyaviy harakatlari bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarishda, albatta, to‘pni egallab turish foizini ham inobatga olish darkor. Tushunarliki, mudofaa markazi murakkablik bo‘yicha darvozabon pozisiyasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor. Birinchidan, statistika markaziy himoyachi saviyasiga aniq baho berolmaydi. Ikkinchidan, ushbu chiziq vakilining yangi uslub (misol uchun, pressingga tayanmaydigan klubdan muntazam shu harakatga urg‘u beradigan jamoaga o‘tganida)ga moslashishi bo‘yicha aniq to‘xtamga kelish qiyin. Odatda top-jamoalarda 2 yoki 3 nafar markaziy himoyachi yuqori ko‘rsatkich qayd etmaydi. Ya’ni ular ko‘pincha bir-birlari o‘rinlarini to‘ldirishadi. Deylik, Rossiya termasi ustozi Stanislav Cherchesovning fikricha, mudofaa markazidagi futbolchilarning alohida emas, balki juftlikda qanday to‘p surishlarini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. To‘pni olib qo‘yish va egallab olish ko‘rsatkichlari o‘yinchining saviyasiga to‘g‘ri baho berish uchun yetarli emasligini tushuntirish uchun kuchli klublarda to‘p suruvchi top-darajadagi himoyachilar - Leonardo Bonuchchi va Tobi Alderveyreld statistikasini Lindelyofniki bilan solishtirib ko‘ramiz:

Lindelyof - 0,8 marta olib qo‘yish (o‘rtacha ko‘rsatkich); 2,34 marta egallab olish; aniqlik darajasi: 53 foiz

Bonuchchi - 1,34 marta olib qo‘yish; 2,81 marta egallab olish; aniqlik darajasi: 52 foiz

Alderveyreld - 1,83 marta olib qo‘yish; 1,15 marta egallab olish; aniqlik darajasi: 57 foiz

Ko‘rinib turibdi, uchala himoyachi ham to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriroq natija qayd etgan. Mazkur holatda bu trioning statistikasi o‘tgan mavsum Yevropaning top-chempionatlarida to‘p surgan boshqa markaziy himoyachilarning so‘nggi 5 yildagi natijalari bilan solishtirilgan. Endi savol: kim o‘z jamoasi himoyasida Bonuchchi va Alderveyreldni ko‘rishni istamaydi? Ularning himoyalanishdagi «yomon» ko‘rsatkichlari kimni cho‘chitadi?

Bundan tashqari, Lindelyofda qisqa uzatma masalasi ham joyida. Shved yigiti aslida Xosep Gvardiola uslubiga to‘liq mos tushardi, ammo «Siti» bu futbolchiga uncha qiziqmadi. Yana Viktorning pozisiya tanlash bo‘yicha muammolari borligi ta’kidlanmoqda. Ammo Joze Mourinyo himoyaviy harakatlar bo‘yicha mohir mutaxassis. Shunday ekan, Lindelyof portugaliyalik qo‘l ostida yuqori darajada o‘yin namoyish etishi mumkin. To‘g‘ri, hozirdan uning «MYU»ga muammosiz moslashishi haqida baralla gapirish qiyin, lekin buning ehtimoli yuqori. Boz ustiga, Manchesterda Viktorni ajo-yib sherik kutib turibdi - Erik Bayi. Bu yigit ancha tajovuzkor harakatlanadi, yakkama-yakka kurashlar va raqibni ta’qib etishni xush ko‘radi. U 90 daqiqa mobaynida o‘rtacha hisobda 3,01 marta to‘pni olib qo‘yish, 2,63 marta egallab olishni uddalab, 67 foizlik aniqlikka erishdi. Ammo Erikning to‘pni egallab turish ko‘rsatkichi nisbatan pastroq. Lindelyof esa ayni shu  jihatda xotirjam. Albatta, kimdir sovuqqonlik skandinaviyalik futbolchilarga xos ekanligini ta’kidlashi mumkin, biroq mazkur holatda hammasi faktlar bilan tasdiqlangan. Xullas, sherigi o‘rnini yopishga hamisha tayyor turadigan Lindelyof tajovuzkor Bayiga ajoyib hamkor bo‘lish salohiyatiga ega.

Viktorning sifatli «pas» oshirish harakatlari esa «MYU»ga hujum boshlash jarayonida asqotadi. Garchi Mou uzatmalar aniqligi bo‘yicha himoyachilardan o‘rta chiziq vakillari kabi yuqori natija ko‘rsatishni talab qilmasada, baribir, dastlabki urinish muhim sanaladi, albatta. Asosiysi, Lindelyof bu masalada muammolardan xoli. Uning yana bir kamchiligi sifatida «ikkinchi qavat»dagi kurash ko‘rsatilishi mumkin. Qog‘oz bo‘yicha Erik va Viktorning bo‘yi teng - 187 sm. Ammo havodagi kurashlarda ustunlikka erishish faqat bo‘yga bog‘liq emas. Lindelyof so‘nggi mavsum 1ta o‘yinda 2,04ta holatda yuqoridan kelayotgan to‘pni egallashda faollik ko‘rsatib, 61 foizlik natija qayd etdi. Bayida esa bu ko‘rsatkich 1,51ta, ya’ni 56 foiz. Ushbu statistika «Yunayted»dagilarni aslo cho‘chitmaydi, zero, o‘tgan mavsum jamoa markaziy himoyasida to‘p surgan Deyli Blind havodagi kurashlar bobida atigi 40 foizlik ko‘rsatkichga erishdi. Ammo tan olish kerak, kutilayotgan juftlikning eng ojiz nuqtasi «ikkinchi qavat» bo‘lib qolaveradi, baribir. Shunday ekan, Mourinyo yig‘inning dastlabki kunlaridanoq shu masala ustida bosh qotirishi lozim. Umuman olganda, mazkur transferni ortiqcha maqtash ham noo‘rin - Lindelyofning yangi jamoaga moslashishi kafolatlanmagan. Ammo uning Bayi bilan tashkil etadigan tandemi APLda eng yaxshilaridan biri bo‘lishiga ishonch katta.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:47, 15.07.2017. O'qildi: 6866 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик