Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

16ta davlat, 25ta shahar yoxud YECHL finali qaysi stadionlarda ko‘proq o‘tgan

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy yil Yevropa Chempionlar kubogi|CHL finaliga mezbonlik qilgan mamlakatlar soni 16taga yetdi - Uels, to‘g‘rirog‘i, Kardiffdagi «Millenium» stadioni ilk marta yevrofutbolning asosiy klub turniri hal qiluvchi bahsiga o‘z bag‘rini ochdi. Ma’lumot uchun aytish kerak, bu hisob bo‘yicha 62-final edi. Xo‘sh, shu kungacha «shalpangquloq» kubok taqdiri qaysi mamlakat va shaharlarda hal etilgan?

Italiya (9ta final)

Mezbon shaharlar (3ta): Rim, Milan, Bari

Mezbon stadionlar (3ta): «Olimpiko» (Rim),  «San-Siro» (Milan) - 4tadan  final; «San-Nikola» (Bari) - 1ta final

Qiziqarli fakt. Bari CHK|CHL finaliga mezbonlik qilgan shaharlar orasida alohida o‘rin tutadi. Ya’ni bu shaharning jamoasi ushbu turnirda biror marta ishtirok etmagan. Bari joriy yilgacha bu borada yagona mezbon edi.

Angliya (8ta final)

Mezbon shaharlar (2ta): London, Manchester

Mezbon stadionlar (2ta): «Uembli» (London) - 7ta final;  «Old Trafford» (Manchester) - 1ta final

Qiziqarli fakt.  Turnir finalini qabul qilish bo‘yicha mutlaq rekordchi sanalgan «Uembli» «Barselona» uchun omadli arenadir. Kataloniyaliklar o‘z hisoblaridagi 5ta «shalpangquloq»dan 2tasini Londondagi mo‘’jizaviy stadionda qo‘lga kiritishgan (1992 va 2011 yillar).

Germaniya (8ta final)

Mezbon shaharlar (4ta): Berlin, Myunxen, Shtutgart, Gelzenkirxen

Mezbon stadionlar (5ta): «Olimpiashtadion» (Myunxen) - 3ta final; «Nekarshtadium» (SHtutgart) - 2ta final; «Olimpiashtadion» (Berlin), «Arena Aufshalke» (Gelzenkirxen), «Alyans Arena» (Myunxen) - 1tadan final

Qiziqarli fakt. Berlin va Myunxendagi «Olimpia-shtadion»larda kechgan 4ta finaldan 3tasida italyan klublari mag‘lubiyatga uchragan: «Milan» hamda «Yuventus» (2 marta).

Ispaniya (7ta final)

Mezbon shaharlar (3ta): Madrid, Barselona, Sevilya

Mezbon stadionlar (3ta): «Santyago Bernabeu» (Madrid) - 4ta final; «Kamp Nou» (Barselona) - 2ta final; «Ramon Sanches Pisxuan» (Sevilya) - 1ta final

Qiziqarli fakt. 1999 yilgi o‘sha mashhur final Barselonada o‘tkazilgan. Maydonda «MYU» va «Bavariya», Aleks Fergyuson shogirdlarining so‘nggi daqiqalardagi jasoratlari - barchasi yodingizdadir...

Fransiya (5ta final)

Mezbon shahar: Parij

Mezbon stadionlar (2ta): «Park de Prens» - 3ta final, «Stad de Frans» - 2ta final

Qiziqarli fakt. Parij - «Real» uchun omad timsoli. «Qirollik klubi» Fransiya poytaxtida 2 marta turnir g‘olibi bo‘lgan, boz ustiga, turli arenalarda naq 44 yillik tavofut bilan.

Gollandiya (4ta final)

Mezbon shaharlar (2ta): Amsterdam, Rotterdam

Mezbon stadionlar (3ta):  «De Kuyp» - 2ta final, «Amsterdam Arena», «Olimpiya» - 1tadan final

Qiziqarli fakt. Amsterdam finalining har ikkisida «Real» ishtirok etgan. Madridliklar 1962 yili «Benfika»ga 3:5 hisobida yutqazgan bo‘lsalar, 1998 yili «Yuventus»ni Predrag Miyatovichning yagona goli evaziga yengishgan.

Belgiya (4ta final)

Mezbon shahar: Bryussel

Mezbon stadion:  «Eyzel» - 4ta final

Qiziqarli fakt. «Eyzel» hozirda qirol Boduen sharafiga uning nomi bilan ataladi.  «Yuventus» va «Liverpul» o‘rtasidagi o‘yinda mash’um fojia aynan shu arenada yuz bergan - tribunalarning o‘zida o‘nlab muxlislar hayotdan ko‘z yumishgandi. E’tiborlisi, «Eyzel» Chempionlar kubogi hal qiluvchi o‘yini uchun 4 marta tanlangan, ammo amalda 5ta finalni qabul qilgan. Gap shundaki, 1974 yili «Bavariya» va «Atletiko» to‘qnashuvida g‘olibni bitta o‘yin orqali aniqlash imkoni bo‘lmagach, takroriy jang Bryusselda o‘tkazilgan.

Avstriya (4ta final)

Mezbon shahar:  Vena

Mezbon stadion: «Prater» («Ernst Xappel») - 4ta final

Qiziqarli fakt. Chempionlar kubogi|CHempionlar Ligasi bosh sovrini uchun o‘yinni turli nomlar ostida qabul qilgan yagona stadion. Arena 3ta final vaqtida «Prater», deb atalgan bo‘lsa, 1992 yili buyuk Ernst Xappel nomini olgandi.

Shotlandiya (3ta final)

Mezbon shahar: Glazgo

Mezbon stadion:  «Xempden Park» - 3ta final

Qiziqarli fakt.  «Xempden Park» 2ta muhim rekordga guvoh bo‘lgan. Yevropa klub futbolidagi asosiy turnirning eng semahsul finali (10ta gol) aynan Glazgoda qayd etilgan, shuningdek, muxlislar tashrifi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich ham shu arenada kuzatilgan - 135 ming. Har ikki rekordning «Real» va «Ayntraxt» o‘rtasida kechgan 1960 yilgi finalda kuzatilganini qo‘shimcha qilish joiz.

Gresiya (3ta final)

Mezbon shahar:  Afina

Mezbon stadion: «Olimpiya» - 3ta final

Qiziqarli fakt.  Chempionlar kubo-gi|CHempionlar Ligasi finali naq 13 marta Olimpiada sharafiga atalgan arenalarda tashkillashtirilgan. Bu Rim, Myunxen, Berlin, Amsterdam, Istambul va Afinadagi arenalar «xizmati». Yana bir yildan so‘ng ushbu ro‘yxat Kiyevda joylashgan «Olimpiyskiy» hisobiga yanada uzayadi.

Portugaliya (2ta final)

Mezbon shahar: Lissabon

Mezbon stadionlar (2ta): «Milliy», «Eshtadiu da Luj» - 1tadan final

Qiziqarli fakt. Britaniya jamoalari ilk kubokni Lissabonda qo‘lga kiritishgan. Ya’ni  1967 yili finalga bag‘rini ochgan «Milliy» arenasi «Seltik»ka omad keltirgandi. Shotlandiyaliklar «Inter» (Milan)ni «sensasion» tarzda mag‘lub etishgach, Jok Steyn jamoasiga «Lissabon sherlari» laqabi «yopishgan» - albatta, tarixiy g‘alaba sharafiga.

Shveysariya (1ta final)

Mezbon shahar: Bern.

Mezbon stadion: «Vankdorf»

Qiziqarli fakt. «Bavariya» va «Atletiko» o‘rtasida kechgan takroriy o‘yinni hisobga olmaganda, eng kam muxlis guvohligidagi final aynan «Vankdorf»da kechgan. Xullas, 1961 yili «Benfika»ning «Barsa»dan 3:2 ko‘rinishida ustun kelishini stadionda atigi 33 ming muxlis bevosita tomosha qilgan.

Serbiya (1ta final)

Mezbon shahar: Belgrad

Mezbon stadion: «Srvena Zvezda»

Qiziqarli fakt. Belgraddagi stadionda «Ayaks» tarixiy natijaga erishgan. Gollandlar o‘shanda «Yuventus»ni minimal hisobda yengib, ketma-ket 3-marta Chempionlar kubogi sohibiga aylanishgandi.

Turkiya (1ta final)

Mezbon shahar: Istanbul

Mezbon stadion: «Olimpiya»

Qiziqarli fakt. Turk zaminida atigi 1ta final o‘tkazilgan, lekin qanaqa-ya! «Milan» va «Liverpul» o‘yini esingizga tushdi, albatta. Birinchi bo‘limdan so‘ng 3:0 - oldinda Karlo Anchelotti jamoasi, yakunda esa kubok Stiven Jerrard yetakchiligidagi «qizillar» «o‘lja»si.

Rossiya (1ta final)

Mezbon shahar: Moskva

Mezbon stadion:  «Lujniki»

Qiziqarli fakt.  Jon Terrining penaltilar seriyasidagi kichik fojiasi... Eh, tan olingan futbolchi kelib-kelib, shunday vaqtda sirg‘anib ketadimi? Yana bir fakt shuki, «MYU» safida o‘ynagan Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi birinchi «shalpangquloq»ni aynan Moskvada boshi uzra baland ko‘targandi.

Uels (1ta final)

Mezbon shahar: Kardiff

Mezbon stadion:  «Millenium»

Qiziqarli fakt. «Real» oxirgi 59 yil mobaynida ilk marta mavsumni Ispaniya chempionati va CHLdagi g‘alaba bilan yakunladi. Qolaversa, madridliklar Kardiffda zamonaviy turnir (1991|1992 yillar mavsumidan keyingi davr)da shakllangan  tendensiyani buzishdi. Ya’ni amaldagi g‘olibning keyingi mavsum kubokni topshirish odatiga chek qo‘yib, CHLda ketma-ket 2-marta g‘alaba nashidasini surishdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:28, 16.07.2017. O'qildi: 7144 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.