Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidovdan: «Mening «Milan»im»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan yilgi Yevropa chempionatida dadam Vengriya terma jamoasiga muxlislik qildilar. Qizig‘i, hatto chempion bo‘ladi, degan umid-la kuzatdilar. Vengriya esa, guruhdan sensasion tarzda chiqqanini isbotlash niyatida pley-offning dastlabki bosqichidayoq qaqshatqich zarba qabul qilib yengilib qo‘ya qoldi. Dadamning holatlarini tushungandek bo‘ldim. Yoshliklaridagi Vengriyani qo‘msaganlari, o‘sha Vengriyani ko‘rgilari kelganini tushundim. Nostalji har holda…

O‘zim ham o‘rta yoshli avlodga mansub bo‘lsam-da, futbol borasida “qariyapman”. Chunki yaxshi ko‘rgan o‘yinchilarim, jamoalarim haqida zavqu shavqqa berilib gapirishni boshlasam, oxirgi paytda o‘g‘illarimdagi hayratni ko‘ryapman. Bu hikoyalar bilan ularga go‘yo Alpomish davrini yodga solyapman. Oddiy misol, yaqinda “Milan” haqida gapirib qoldim. Zo‘r jamoa bo‘lganini, tarkibida yulduzlar o‘ynaganini so‘zlashim bilan, eee, oldingi davrni aytmang-da, ada, deb qoldi kattasi. Men unga “Milan”ning yulduzli o‘tmishiga u qadar ko‘p bo‘lmaganini isbotlash niyatida yotubega murojaat qildim va Shevchenko, Indzagi hamda Kaka tomonidan kiritilgan gollarni qo‘yib berdim. Tomosha qilib o‘tirdi va “qarigan” Ronaldinyoni ko‘ribgina bu voqealar “miloddan avval bo‘lmagani”ni his qildi. Yo‘q, yo‘q, u yillarini bilib turardi, faqat tasvirdagi o‘yinchilar u qadar tanishmasligi uchun ham eski davrdagidek tasavvurga ega bo‘lib qolaverar ekan odam.

Xullas, men nima demoqchiman, o‘sha “Milan” tirilmoqda. Rosmana tirilmoqda (Atay bu fe’lni qo‘shtirnoqqa olmadim). Chunki jamoa chin ma’noda o‘lib bo‘lgan edi. Oxirgi paytlarda uning shonli o‘tmishi qaytib kelmasa ham kerak, degan qo‘rqinchli fikrga-da kelib qolgandik. Formasidagi bir rangga mansub kitobdan joy olmasin, ishqilib, deb ham turgandik. Xayriyat, qaydandir xitoyliklar yetib kelishdiyu, jamoani uyg‘otish uchun jadal ishlarga qo‘l ura ketishdi.

To‘g‘ri, aytishingiz mumkin, Bonuchchidan boshqa ko‘zga ko‘ringan yulduzni sotib olmadiku, deb. Hali tarkibi “Yuventus”ga raqobatchilik qila olmaydi, deyishingiz ham mumkin. Qo‘shilaman. Biroq, menga yoqayotgan jihat boshqa.  “Milan” klubining saviyasi, obro‘si yildan yilga pastlayotgan edi. Noldan ham pastga sho‘ng‘ib, oldiga minus qo‘yiladigan darajada kattalashib borayotgandi raqamlar. Avvalo, ana shu pastlash nuqtasi to‘xtadi. Nolga qarab qaytish boshlandi. Yuqoriga siljishdagi eng katta voqea Bonuchchi transferi bo‘lsa, keyingi navbatda portugaliyalik Andre Silvaning sotib olinishi. Ushbu iqtidor egasi haqida Ronalduning so‘zi kifoya: “Men endi terma jamoadan bemalol keta olaman, uni qabul qilib oladigan ishonchli yigit topildi”.

172 million yevrolik xaridlardan xabaringiz bo‘lsa kerak, a?! Bu pulga hatto hozirgi kunda ham o‘rtacha jamoa butkul yangilanib ketadi. Tashrif buyurayotgan o‘yinchilarning ko‘pini taniymiz ham. “Qizil qoralar”ning anchayin yangi tarkibini tasavvur qilib olavering.  Chalhanogli, Musakkyo, Kessie, Rodriges hamda avval A seriyadagi o‘yinlari orqali, keyin “Liverpul” va “Sanderlend”dagi faoliyati orqali anchayin tanish bo‘lib ulgurgan Fabio Borini… Shuningdek, jamoaning yorqin yulduzi, superklublarga ketish uchun jomadonini taxlab qo‘ygan Donnarummani klubda olib qolish ham katta transferdan qolishmaydigan voqea.

Xitoylik Li Yonxong bundan tashqari transferlarga yana 100 million yevro ajratgan, unga loyiq ikki futbolchi sotib olish mumkin. “Savdo kechasi” davom etar ekan, bu kechaning “qurbonlari” bo‘lishi kutilayotgan yigitlar ichida “Lasio” sardori Lukas Begli hamda florensiyaliklar harchandiki olib qolishga urinayotgan “Fiorentina” a’zosi Nikol Kalinich ham bor. Ushbu faktlar rossoneri muxlislarini faqat va faqat shodlantiradi.

Fabio Kapello sotib olinayotgan yigitlarni ko‘ra turib: “Bu xitoyliklarni futbolni tushunmaslikda ayblashimiz noo‘rin, chunki bir-biriga juda ham mos yigitlar xarid qilinmoqda”, dedi. Mashhur mutaxassis “Milan”ning hozirgi transfer siyosatini jamoa sho‘ng‘ishni boshlagan 2008 yillardagi siyosatidan ustun qo‘ygan: “O‘sha payti klubga qariya yulduzlar kelardi, ularda nomdan boshqa narsa qolmagan edi. “Milan” ham bu ishi bilan go‘yo o‘zining davri so‘nib borayotganini tushuntirardi…”

Muxlislarning stadionga qaytishi ham jiddiylashgan. Oxirgi marta Zlatan kelgan 2010 yildagina shunday entuziazm guvohi bo‘lgan edik. Hozirda ertalabki mashg‘ulotlarga 5 mingdan ziyod tomoshabin chipta olib tashrif buyurmoqda, qalay, bundesliga!)  Italiya matbuoti bu yilgi transferlarni Fotih Terim davrida jamoaga oqib kelgan yulduzlar pleyadasiga (Indzagi, Koshta, Pirlo, Moreno, Kontra, Laursen va Brokki) qiyos qilmoqda. To‘g‘ri, ularning hammasi ham o‘sha davrda jamoaga qovushib keta olmagan bo‘lishi mumkin, lekin sal keyinroq Yevropani zabt etgan Anchelottining oltin avlodi aynan shu o‘yinchilar hisobidan kashf etilgandi.

Darvoqe, “Milan” bilan bunaqa voqealar ko‘p bo‘lganini ham eslab o‘tish kerak. 80-yillar o‘rtasida A seriya bilan V seriya o‘rtasida sarson bo‘lib yurgan superklubga Berluskoni, Sakki, Barezi va Van Basten kelgan hamda buyog‘iga nimalar bo‘lganini bilasiz. Ko‘ryapmizki, gap faqat murabbiyda qolgan, Montella ikkinchi Sakki bo‘la olamidi? Hamma gap shunda.

Mayli, hozircha unga omad tilab turaylik-da, “Milan”ga skudetto uchun kurashni yuklamaylik. Yevropa ligasidagi sharafli yurishi bilan-da elitaga qaytib olish imkoniyat topsin.  Bu turnir o‘tmishi bilan bugungi o‘rtasida sarson qolgan “Manchester Yunayted”ga ham o‘zini ushlab qolishga yordam berib yubordi-ku, to‘g‘rimi?

Xulosa o‘rnidagi gapim shu:

… Dadamning Vengriyasi qayta olmaganiga yarasha mening “Milan”im qaytib kelsin!

… Sport mollari do‘konlariga yana Sheva, Kaka va Indzagi liboslari boshqa nomlar ostida qaytishini istayman.

… Eng muhimi, so‘nggi yillarda Yevropa Chempionlar Ligasida “Barsa” va “Real”ga munosib qarshilik qiladigan klub topilmayotgan bir paytda aynan “Milan” qaytib qolsa, zap ish bo‘lardi-di o‘ziyam

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 11:56, 21.07.2017. O'qildi: 8853 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик