Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 21 52
2 Real Madrid 21 51
3 Atletiko 21 44
4 Vilyarreal 20 41
5 Espanyol 21 34
6 Betis 21 32
7 Selta 21 32
8 Real Sosyedad 21 27
9 Osasuna 21 25
10 Jirona 21 25
11 Elche 21 24
12 Sevilya 21 24
13 Atletik Bilbao 21 24
14 Valensiya 21 23
15 Alaves 21 22
16 Rayo Valyekano 21 22
17 Xetafe 21 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 20 17
20 Real Ovyedo 21 13

O'tgan o'yinlar.

21-тур Levante 3-2 Elche
21-тур Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
21-тур Valensiya 3-2 Espanyol
21-тур Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
21-тур Vilyarreal 0-2 Real Madrid
21-тур Atletiko 3-0 Malyorka
21-тур Barselona 3-0 Real Ovyedo
21-тур Real Sosyedad 3-1 Selta
21-тур Alaves 2-1 Betis
21-тур Jirona 1-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Saul Nigesning «Real»dagi xo‘rlik davri va tarixi haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ko‘pchilik uchun mutlaqo kutilmagan holatda yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati-2017ni eng yaxshi to‘purar sifatida yakunlagan yarimhimoyachi yaqinda o‘zi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi.

Ya’ni yevrofutbolning eng istiqbolli iqtidorlari qatorida e’tirof etilayotgan yosh futbolchi grandlar qiziqishini bir chetga surib, amaldagi klubi - «Atletiko» bilan tuzgan shartnomasi muddatini birdaniga 5 yil (!)ga uzaytirib qo‘ya qoldi. U endi naq 9 yil «matraschilar» ixtiyorida bo‘ladi.

Chindan ham, kutilmagan to‘purar

Yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi voqeliklari Saulning transfer qiymatini fantastik darajaga olib chiqdi. Chunonchi, Ispaniya terma jamoasi ishtirokidagi 5ta uchrashuvning 3tasida hisobni aynan «hindular» yarim himoyachisi ochdi. Italiya termasiga qarshi kechgan yarim final bahsi esa Saulning «benefis»iga aylandi - «xet-trik».

Diqqat qiling, Ispaniya termasi final yo‘lida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va 3ta gol ham asosan himoyaviy harakatlarda katta hajmda ish bajarishga ixtisoslashgan xavbek nomiga yozildi.

Xullas, shu tariqa musobaqaning eng yaxshi to‘purariga atalgan sovrin ko‘pchilik tomonidan taxmin qilinganidek, qaysidir mashhurroq sof hujumchi emas, balki kamtarin Saul Nigesga nasib etdi. Aslini olganda, o‘ta kuchli raqiblarga qarshi etalon darajasida o‘yin namoyish etish Saul uchun yangilik emas.

Misol uchun, u italiyalik yoshlarga qarshi bahsda birinchi marta chaqnagani yo‘q. 2015|2016 yillar mavsumini eslasak, CHL yarim finali doirasida dahshatli «Bavariya» bilan bo‘lgan dastlabki o‘yin ham Saulning xos oqshomiga aylangan edi - u uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona golni 4 nafar raqibini chiroyli tarzda aldab o‘tgancha urgandi.

Qolaversa, yosh yigitcha himoyalanish bobida ham benazir harakatlanib, myunxenlik aslarga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. Undan avvalgi mavsumda esa «Real» darvozasini yoddan chiqmaydigan darajada ishg‘ol etib, «Madrid derbisi» «hindular»ning 4:0 ko‘rinishidagi betakror g‘alabasi bilan yakunlanishiga munosib ulush qo‘shgandi.

Tabiiyki, Saul ijrosidagi har bir samarali yurish «MYU» kabi grandlarni ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur etdi. Biroq madridlik «matraschilar» har qanday taklifni ortga surib kelishdi.

«Nima, mendan butun yoz davomida Saul haqida so‘ramoqchimisizlar? Xavotir olmang, u hech qayerga ketmaydi!»,-degandi «Atletiko» prezidenti Enrike Serezo «Barselona» va «MYU» takliflariga qiyo boqib ham qaramaganidan keyin. Mana, yarim himoyachi Polsha mezbonlik qilgan qit’a chempionatidan qaytgach, klub mutasaddilari uning amaldagi shartnomasini darhol naq 5 yilga uzaytirdilar.

Busiz ham futbolchi 2021 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv asosida «hindular»ga chambarchas bog‘langan edi. Xullas, endi u 2026 yilgacha madridliklar sharafini himoya qiladi. E’tibor qarating, shartnoma muddati nihoyasiga yetgan payt Saul 31 yoshu 8 oylik bo‘ladi - naq 9 yillik kelishuv...

«Real»dagi xo‘rlik davri

- Agar «Atletiko» menga umrbod shartnoma tuzishni taklif etsa ham, unga o‘ylamasdan imzo chekaman. Shunday taqdirda dunyodagi eng baxtiyor kishiga aylanardim,-degandi futbolchi bundan 1,5 yil avval. - Chunki jamoa meni hamma narsa bilan ta’minladi, o‘z uyimdek bo‘lib qoldi. Xullas, zimmamda «Atletiko» libosida jang qilishdan ko‘ra, muhimroq yumush yo‘q. Oyoqlarimda kuch-quvvat bor ekan, shu klub ravnaqi yo‘lida xizmat qilaman. «Real»dagi xo‘rliklardan keyin bu yerda ko‘rsatilgan ishonch haqqini ado etishim lozim, axir».

Hozir «Real»da qanday azoblanganimni eslasam, qo‘rqib ketaman...». Ha, Saul 12 yoshida «Elche»dan «Real»ga ko‘chib o‘tgach, Madriddagi futbolchilar uni xushlamaygina qarshi olganlar. Hattoki, «begona»ning ovqatiyu, kiyimlarini o‘g‘irlab ketishardi. Bu ham mayli, turli shumliklarni amalga oshirib, barcha aybni Saulga to‘nkab qo‘yishardi.

Ish shunga borib yetdiki, «Madrid» tizimidagi yosh futbolchilar Saul nomidan murabbiylarga haqorat maktubini yuborishadi. Oqibatda hech narsadan xabari yo‘q murabbiy uni mashg‘ulotlardan chetlatadi. Xullas, naq 2 yil davom etgan xo‘rliklardan keyin sho‘rlik yigitcha futbol ta’limini «Atletiko»da o‘zlashtirishga qaror qiladi. Ochig‘i, Saul «Qirollik klubi» tizimida shug‘ullangani bois, yangi jamoaga ham hadik bilan qadam qo‘ygandi. Biroq «hindular» uni samimiy qarshi olishadi. Shu tariqa yarim himoyachi chinakam oilasini topadi.

Saul Niges «Atletiko»dagi debyutini 17 yoshida nishonladi - YEL doirasida «Beshiktosh»ga qarshi kechgan o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi. Yana 3 kundan keyin esa yoshlar jamoasi tarkibida «Real» darvozasini 2 marta nishonga olib, «matraschilar» g‘alabasini ta’minladi - 2:1. Umuman, Saulda aynan «Real»ga qarshi bahslarda ikki-uch baravar kuchliroq g‘ayrat-shijoat bilan to‘p surish ishtiyoqi tabiiy ravishda shakllangan.

Misol uchun, 2015 yilning 7 fevralida «Visente Kalderon»da bo‘lib o‘tgan va o‘zi uchun dastlabki derbi sanalgan bahsdayoq muxlislarni fantastik gol va samarali uzatma bilan xushnud etgandi.

Aynan o‘sha uchrashuv «Atletiko»ning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga yetgan. Xuddi o‘sha «spektakl»-dan keyin «hindular» ofisi Saulga oid takliflarga to‘lib ketdi.

Grandlar tovon puli qancha bo‘lmasin, to‘lashga tayyor turgandi, ingliz jamoalari uchun esa futbolchining o‘zidan rozilik olish kifoya qilardi. Lekin Saul xuddi klub singari barcha takliflarni rad etib, Madridning «yo‘l-yo‘l» tarafida qoldi.

150 millionlik tovon puli

Saulga asosiy da’vogarlar orasida «Barselona» sezilarli ustunlikka ega edi. Ya’ni Kataloniya jamoasi futbolchini navbatsiz va bir muncha arzonroq bahoda xarid qilish huquqi bilan ajralib turardi. «Barsa» David Vilyani «Atletiko»ga sotish jarayonidagi kelishuv chog‘i shunday imtiyozga ega bo‘lgandi. Keyinchalik «Barsa» Saulni 30 mln. yevroga xarid qilish huquqidan mahrum bo‘ldi, oxir-oqibat, bahoni naq 80 «limon»gacha ko‘tarishdan boshqa chora topolmadi. Ammo befoyda.

E’tiborlisi, kataloniyaliklar hozir ham yarim himoyachi chizig‘ini Saul hisobiga kuchaytirish fikridan qaytishmagan. To‘g‘ri, bu borada ikkinchi variant ham yo‘q emas - italiyalik Marko Verratti. Umuman olganda, Saul Nigesning vakillari chindan ham, «Barselona» sport direktori Roberto Fernandes bilan uchrashishdi.

Biroq «hindular»-ning  joriy transferlar mavsumida yangi futbolchilarni xarid qilish huquqidan mahrum etilganliklari kelishuv amalga oshishiga jiddiy to‘sqinlik qilishiga shubha yo‘q:

Sauldek sadoqatli jangchi o‘z o‘rnini yangi futbolchi evaziga to‘ldirish imkoniyati bo‘lmagan vaziyatda «Atletiko»ni tashlab ketishi qiyin. Yangi shartnoma ostiga imzo chekish orqali esa futbolchi tovon puli miqdori 90 milliondan birdaniga 150 million yevroga ko‘tarilishiga rozi bo‘ldi. Bu «Atletiko» uchun rekord kelishuvdir.

Aytgancha, Kokening shartnomasida ham shunday raqamlar qayd etilgan. O‘zi Ispaniyada tovon puli miqdori doimo jiddiy tortishuvlarga sabab bo‘ladi - qonunchilikning nozik jihatlariga ko‘ra, ish beruvchi shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘lagan xaridorga futbolchini qarshiliksiz qo‘yib yuborishga majbur.

Hattoki, futbolchi bilan ajrashishni istamagan taqdirda ham! Demak, tovon pulining miqdori xuddi shartnoma muddati, mukofot puli va maosh kabi o‘ta muhim hisoblanadi. Albatta, yangi shartnomaga imzo chekilgach, Saulning maoshi ham sezilarli darajada oshirilgani aniq.

Qancha? Mutasaddilar tovon puli miqdorini e’lon qilishdi, lekin maosh xususida ma’lumot berishga shoshilayotganlari yo‘q. Faqat qo‘shimcha qilish mumkin, odatda maosh belgilashda aynan tovon puli miqdoriga qaraladi.

Kateter

Saul «Atletiko»ga nisbatan sadoqatini 2 mavsum davomida kateterdan foydalangan holda to‘p surishi orqali ham isbotladi. 2015 yilning boshida bo‘lib o‘tgan «Bayer»ga qarshi YECHL nimchorak final bahsida futbolchining buyragi qattiq shikastlangandi. Faqat jiddiy muammolar ortda qolganidan keyin Saul bu haqda ro‘y-rost ma’lumot berdi: «2 yil davomida kateterdan foydanishga majbur bo‘ldim.

Har bir uchrashuv va mashg‘ulotdan keyin qonga botib ketardim. Xayriyatki, men uchun eng og‘ir kunlar ortda qoldi. O‘sha oqshom faoliyatimdagi eng baxtsiz kun bo‘lib qoldi. Jarohat olganim uchun emas, balki otamning men uchun ko‘z yosh to‘kkani sabab... Ha, o‘z salomatligim, hayotimni garov qo‘ygan holda, maydonga tushardim. Jamoaga yordam berish ishtiyoqi shunday qilishga undardi». Mana, yarim himoyachi «Atletiko» uchun anchayin murakkab pallada shartnomasini uzoq muddatga uzaytirdi.

Zero, FIFA qo‘ygan taqiqdan tashqari, «hindular»ni yaqin kelajakda yanada jiddiyroq muammolar kutmoqda. Voqealar rivojidan kelib chiqsak, yangi mavsum Diyego Simeone uchun Madriddagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Har holda, argentinalik mutaxassis jamoa imkoniyatlaridan to‘liq foydalandi, hisob. «Matraschilar» uning ko‘magisiz  avvalgidek muvaffaqiyatli to‘p surishlari qiyin masala.

Tushunarliki, qatorasiga 2 marta CHL finaliga chiqish barobarida ichki musobaqalarda «Barsa» va «Real»dek grandlarga munosib qarshilik ko‘rsatish oson emas. Qisqasi, Ispaniyada «Atletiko»ning kelajagiga xavotir bilan qaramoqdalar.

Ko‘pchilikning fikricha, Simeone ketgach, «Atletiko» avvalgi o‘rtamiyonalik maqomiga qaytadi. Tabiiyki, jamoaning ko‘p sonli muxlislari bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ularning o‘z asoslari bor -  «Saul kabi fidoyi jangchilari bor ekan, «Atletiko» zafarli yurishlarini davom ettiradi!»

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 23.07.2017. O'qildi: 9342 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 21
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 11
4 Барселона Robert Levandovski 9
5 Осасуна Ante Budimir 9
6 Вильярреал Alberto Moleyro 8
7 Барселона Rafinya 8
8 Бетис Kucho Ernandes 8
9 Сельта Borxa Iglesias 8
10 Барселона Lamin Yamal 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.