Bugun 28 dekabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • 2:1
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • 4:1
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • 2:1
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • 1:0
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • 1:2
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • 1:1
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • 0:2
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • -:-
      • Inter
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 17 27
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 17 26
10 Fulhem 18 26
11 Everton 18 25
12 Brayton 18 24
13 Nyukasl 18 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 18 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa

Navbatdagi o'yinlar.

28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bekor yurgan taniqli murabbiylar o‘ntaligi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Football.ua ishsiz murabbiylar haqidagi turkum maqolalarini davom ettiradi. Darhaqiqat, bugungi kunda Yevropada «bekorchi» mutaxassislar bisyor.

Ba’zilari grandlarni boshqarishga qodir bo‘lishsa, ayrimlari autsayderlarni qiyin vaziyatdan olib chiqish tajribasiga egalar.

Shuningdek, boshqa qit’alarni zabt etishga qarshi chiqmaydiganlari ham bor. Xo‘sh, bu ro‘yxatdan kimlar o‘rin olishgan?

1. Aytor KARANKA (Ispaniya)

Oxirgi jamoasi: «Midlsbro»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2017 yil 16 mart

Karanka Joze Mourinyoga uzoq vaqt yordamchilik qilgan. Shundan so‘ng o‘zining murabbiylik faoliyatini boshladi. Dastlabki urinish yomon chiqmadi. Ispaniyalik murabbiy «Midls­bro»ni Angliya premyer-ligasiga olib chiqdi. Jamoa bungacha deyarli 10 yil davomida chempionshipda qatnashayotgandi. Ammo jamoa elitada mazmunli futbol ko‘rsata olmay, birinchi yilning o‘zidayoq quyi divizionga qaytdi. «Boro» mavsum davomida o‘z o‘yinini topa olmaganidan so‘ng Karankaga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? Aftidan, Aytor Angliyada qolmoqchi. Ispaniyalik mutaxassisga «Lids» va «Sanderlend»dan taklif tushgandi. Ammo ularning birinchisi o‘ziga ustoz topib bo‘ldi. «Qora mushuklar» esa hali ham Karanka nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.

 

2. Paulu BENTU (Portugaliya)

Oxirgi jamoasi: «Olimpiakos»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2017 yil 6 mart

Bu mutaxassis Portugaliya terma jamoasidagi faoliyati orqali yaxshi tanish. Yevro-2012 musobaqasida juda yaxshi ishtirok etgan portugallar penaltilar seriyasida bo‘lajak chempion - Ispaniyaga imkoniyatni boy berishgandi. Ammo termaning keyingi faoliyati ko‘ngildagidek o‘tmadi. JCH-2018da guruh bosqichini uchinchi o‘rinda tugatishdi va muddatidan oldin musobaqani tark etishdi. Shundan so‘ng terma jamoadan ketgan Bentu 2016 yil «Kruzeyro» bosh murabbiyiga aylandi. E’tiborlisi, o‘sha yilning o‘zidayoq Braziliya klubini ham tark etib, «Olimpiakos»da ish boshladi. Ammo 2017 yili Bentuning bu jamoadagi faoliyati ham yakunlandi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? «Portu», «Benfika», «Sporting» — ikki tomonga ham qulay bo‘lgan ehtimoli yuqori variantlar.

 

3. Xuande RAMOS (Ispaniya)

Oxirgi jamoasi: «Malaga»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 27 dekabr

«Dnepr»ning sobiq ustozi «Malaga»da yomon ishlamagandi, biroq 2016 yilning qishida jamoani tark etdi. Rahbariyat va murabbiy o‘rtasidagi tushunmovchiliklar bunga sabab bo‘ldi. Natijalar esa yomon emasdi: Ramos bilan «Malaga» 11-o‘rinda borayotgandi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? «Malaga»ni tark etgan paytlari Ramos bilan Lissabonning «Sporting» klubi qiziqayotgandi. Mutaxassisning o‘zi xohlasa, balki yaqin kunlarda uni shu klub boshqaruvida ko‘rib qolarmiz?!

 

4. Bob BREDLI (AQSH)

Oxirgi jamoasi: «Suonsi»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 27 dekabr

Bredli — Yevropa futbolidagi Shimoliy amerikaliklardan biri. Murabbiy JARdagi mundialda AQSH terma jamoasi bilan ozmi-ko‘pmi muvaffaqiyatlarga erishgan. Bobning keyingi faoliyati turli mamlakatlarda kechdi: Misr, Norvegiya, Fransiya... Uning «Suonsi»dagi ko‘rinishi esa kutilmagan bo‘ldi. Hayron qoladigan joyi yo‘q, «turnalar» o‘tgan mavsum bir qator kutilmagan qarorlarni qabul qilishdi. Amerikalik murabbiyning kelishi esa shulardan biri edi. 2ta g‘alaba, 2ta durang, 7ta mag‘lubiyat - Bredlining «Suonsi»dagi natijasi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? Evropada Bredliga qiziqish past. Shuning uchun tajribali mutaxassisning o‘z yurtiga qaytib, MLS top-klublaridan birini boshqarishi kutilmoqda.

 

5. Alan PARDYU (Angliya)

Oxirgi jamoasi: «Kristal Pelas»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 22 dekabr

Alan Pardyuning «Nyukasl» va «Kristal Pelas»dagi faoliyati xuddi bir xil yozilgan ssenariy kabi kechdi. Murabbiy jamoaga kelgach, katta o‘zgarishlarni amalga oshirib, Yevropa ommasini hayratga solgandi. Ammo o‘yin bobida cho‘qqiga chiqqandan so‘ng qulash ko‘zga tashlandi va bu jarayon murabbiy iste’fosi bilan tugadi. Ammo ushbu mutaxassisning mahoratiga shubha qiladiganlar kam topiladi. Masalan, Pardyu «Pelas»ni boshqarayotgan paytlari hattoki, Angliya terma jamoasidan taklif olgandi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? Bunday murabbiy uzoq vaqt klubsiz qolmasligi aniq. Agar APLda topilmasa, chempionship favoritlari uni ish bilan ta’minlashga tayyorlar.

 

6. Franchesko GVIDOLIN (Italiya)

Oxirgi jamoasi: «Suonsi»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 3 oktyabr

Gvidolinning iste’foga chiqarilishi «Suonsi» va Angliya futboli muxlislarida bir qator savollarni keltirib chiqargandi. Italiyalik tajribali mutaxassis jamoani yomon boshqarmayotgandi. Ammo iste’fosidan oldin ketma-ket uchta - ikki marta «Siti»dan va bir marta «Liverpul»dan mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Lekin bu natija murabbiydan voz kechish uchun yetarli bahonami?

Qayerda ish boshlashi mumkin? Gvidolin faoliyatini davom ettirishi uchun «A» seriyadan bir nechta yaxshi takliflar bo‘lmoqda. De Burdan keyin «Inter» aynan Francheskoni jalb etishni rejalashtirgan, ammo muzokaralar yakuniga yetmay qolgandi.

 

7. Roberto Di MATTEO (Italiya)

Oxirgi jamoasi: «Aston Villa»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 3 oktyabr

Murabbiylar faoliyatidagi yana bir noxush misol. «Chelsi» bilan Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng Di Matteo deyarli top-mutaxassislar qatoriga qo‘shilgandi. Ammo jamoaning keyingi faoliyati bir xil kechmadi va italiyalik murabbiy tez orada iste’foga chiqdi. So‘ngra «Shalke», «Aston Villa»ni boshqargan Roberto baribir, muvaffaqiyatsizliklardan chiqib keta olmadi. Birmingemliklar boshqaruvida 12ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba qayd etgach, bu jamoadan ham ketishga majbur bo‘ldi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? Albatta, Di Matteoning obro‘si havas qiladigan darajada emas. Ammo murabbiy o‘zini yana bir marotaba qayerdadir sinab ko‘rish niyatida. Bu Osiyo jamoalaridan biri bo‘lishi mumkin.

 

8. Bruno LABBADIA (Germaniya)

Oxirgi jamoasi: «Gamburg»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 25 sentyabr

«Gamburg» so‘nggi yillarda o‘zining eng yomon davrini boshdan o‘tkazmoqda. Yildan-yilga qandaydir mo‘’jiza ularni elitada ushlab turibdi. Ushbu jamoa oxirgi marta 2015|2016 yillar mavsumida Labbadia qo‘l ostida yaxshiroq natijaga erishgandi. Ammo bu ham uzoq davom etmadi. Klub yangi mavsum boshidagi 5ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 1 ochko jamg‘ardi. Mazkur natijadan keyin bosh murabbiy iste’foga chiqarildi. So‘ngra «Gamburg» boshqacha yo‘lga o‘tdi - o‘zinig elitadagi o‘rnini so‘nggi turning oxirgi daqiqalarida saqlab qolmoqda.

Qayerda ish boshlashi mumkin? Labbadia — bundesliga uchun muhim shaxslardan biri sanaladi. Elitaning o‘rtamiyona klublari bu murabbiyni ish bilan ta’minlashga doimo tayyor turishadi.

 

9. Loran BLAN (Fransiya)

Oxirgi jamoasi: «PSJ»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 22 iyun

Ayni payt ishsiz yurgan murabbiylar orasida eng mashhuri. Blan «PSJ» boshqaruvida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi. U jamoani tark etganidan so‘ng esa chempionat boy berildi. Albatta, parijliklarning asosiy maqsadi - YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritish. Blanning iste’fosi sababi ham aynan shu bo‘lgandi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? «Galatasaroy», «Fiorentina», «Lill», «Inter», «Barselona»... O‘z vaqtida bu jamoalarning hammasi ushbu mutaxassisga taklif bilan chiqishgandi. Ba’zilari allaqachon yangi murabbiy topib ham bo‘lishdi. Kimlardir fransiyalik mutaxassis bilan kelisha olmayapti. Blanga chorlovlar yetarlicha, ammo uning ishga qaytishi o‘zi bilan bog‘liq holat.

 

10. Remi GARD (Fransiya)

Oxirgi jamoasi: «Aston Villa»

Iste’foga chiqqan vaqti: 2016 yil 29 mart

Remi Gardning ishsiz yurganiga bir yildan oshdi. «Lion»dagi faoliyatidan so‘ng fransiyalik mutaxassis Birmingemdan yaxshigina taklif olgandi. Ammo u yerdagi faoliyati to‘laligicha muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Omadsiz mavsumdan so‘ng uning ketishini birinchi navbatda muxlislar xohlashgandi. Chunki o‘sha yili «Aston Villa» haqiqatan juda beqaror jamoaga aylangandi.

Qayerda ish boshlashi mumkin? Remiga hozircha Fransiyaning «Loryan» klubidan taklif bor. Tez orada Gard Fransiyaning o‘rtamiyona klublaridan birini qabul qilib olsa, ajabmas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:16, 25.07.2017. O'qildi: 12809 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 7
6 Манчестер Сити Filip Foden 7
7 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
8 Тоттенхэм Risharlison 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.