Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Bavariya»ni ranjitgan iste’dod yoxud «Milan»ning yangi yulduzi haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Yangilangan «Milan»ning Xalqaro chempionlar kubogida «Bavariya»ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bombardir.ru mazkur bahsda «rossoneri»ning ikkita goliga mualliflik qilgan iqtidorli futbolchi Patrik Kutrone haqida maqola tayyorladi.

Aftidan, milanliklar safini to‘ldirayotgan yangi o‘yinchilar jiddiy raqobatga tayyor turishlari kerakka o‘xshaydi.

Patrik Kutrone yanvarda 19 yoshni qarshiladi. «Milan» maktabida 2006 yildan o‘qishni boshlagan hujumchi hamon mazkur jamoaga sodiq. Kutrone - yangi Filippo Inzagi bo‘lishi mumkin. U Italiyaning turli yosh toifalaridagi termalariga chaqirilgan, o‘tgan mavsum oxirlarida esa «rossoneri»ning asosiy tarkibida debyutini nishonladi. «Bolonya»ga qarshi kechgan g‘alabali o‘yinda besh daqiqa to‘p surgan Patrik faqatgina sariq kartochka olgani bilan yodda qoldi. Shunga qaramay, yangilanayotgan «Milan»da undan hali ko‘p foydalanishmoqchi.

- Kutrone, hattoki, bolaligida ham hamisha ko‘proq gol urishni istardi. Unda shunga moyillik bor, - degandi «Milan» yoshlar sektori rahbari Mauro Byankessi yosh iqtidorga ta’rif berarkan. Yosh hujumchi «rossoneri» primaverasida bir o‘yinda o‘rtacha ikkita goldan ortiqroq ko‘rsatkich qayd etdi. Kutrone doimo bo‘sh hududlar axtaradi, asosiy e’tibori to‘pni raqib jarima maydonchasida egallab olishga qaratiladi.

Morata - Kutronening kumiri. «Alvaro - men yoqtirgan forvardlar toifasidan. Uning ajoyib texnikasi bor, to‘pni himoyachilardan yopishni ajoyib tarzda uddalaydi. Qolaversa, jarima maydonchasidagi harakatlari ham yoqadi», - deydi Patrik. Hozircha Kutrone u qadar mashhur emas, ammo «Bavariya»ga qarshi kechgan bahsda top klublar darvozasini ishg‘ol qilishi mumkinligini isbotladi. Dastlabki gol urilgan vaziyatda jarima zarbasidan uzatilgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib bordi, keyingi holatda esa «Milan»ning tezkor qarshi hujumini samarali yakunladi. Uchrashuvdan so‘ng Kutrone Robert Levandovski bilan libos almashdi. Polshalik yulduz uning sazasini o‘ldirmadi.

«Milan»da iqtidorli yoshlar bisyor. Janluiji Donnarumma - jahondagi kelajagi porloq darvozabonlardan biri. Himoyada Davide Kalabriya bor, hujumda esa aynan Kutronega umid bog‘lashmoqda. «Verona» ushbu forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, ammo Patrikning o‘zi orzusini amalga oshirish niyatida.

- «Bavariya»ga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Birinchi golni urganimda to‘p darvoza to‘ridan joy egallaganiga ishonmagandim. Ikkinchi vaziyat esa qoyilmaqom kombinasiya mahsuli. Umid qilamanki, «Milan»da qolaman, butun fikru xayolim keyingi o‘yinlarda, - dedi Kutrone.

Oldinda uni Karlos Bakka va Andre Silva bilan sog‘lom raqobat kutib turibdi. Shuningdek, «Milan» va «Fiorentina» Kalinich bo‘yicha kelishuvga erishishgani aytilmoqda. Bu forvardlarning hammasi anchadan buyon yuqori darajali o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Kutrone ulardan nimadir o‘rganib, o‘sishda davom etishga tayyor. Patrikning «Milan» bilan shartnomasi 2018 yil yozida nihoyasiga yetadi. Demak, bitim yakunlangunga qadar Kutronedan «Milan»ga foyda keltirishi mumkinligini isbotlash talab etiladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:04, 07.08.2017. O'qildi: 11888 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик