Italiyada mavsumda mamlakat superkubogi bilan boshlandi. Dramatik kechgan o‘yinda "Lasio" "Yuventus"ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Rimliklar bahsning 32-daqiqasida penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi va Immobile uni samarali amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida ushbu futbolchining o‘zi hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.
Uchrashuv so‘ngida katta sahnaga Paulo Dibala chiqdi. O‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida u hisobdagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda argentinalik futbolchi penaltidan muvozanatni tikladi.
O‘yin qo‘shimcha bo‘limlarga ko‘chadigandek ko‘ringan vaziyatda "Lasio" g‘alabani ilib ketdi. Murjia tomonidan kiritilgan to‘p Rim shahri jamoasiga sovrinni taqdim etdi.
Italiya superkubogi
Yuventus – Lasio 2:3 (0:1)
13 avgust, 23.45, «Stadio Olimpiko»
Gollar: 0:1 – 32, penalti Immobile, 0:2 – 54 Immobile, 1:2 – 85 Dibala, 2:2 – 90+1, penalti Dibala, 2:3 – 90+3 Murjia.
Yuventus – Buffon, Aleks Sandro, Benatiya (De Shilyo, 56), Kyellini, Bardzali, Pyanich, Xedira, Kuadrado (Duglas Kosta, 57), Iguain, Manjukich (Bernardeski, 72), Dibala.
Lasio – Strakosha, de Vrey, Radu, Uolles, Basta (Marushich, 75), Lulich (Lukaku, 75), Leyva (Murjia, 80), Luis Alberto, Parolo, Milinkovich-Savich, Immobile.
Ogohlantirishlar: Buffon (31), Leyva (41), Mandjukich (52), Lulich (70), Pyanich (73), Parolo (84), Immobile (89).