Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 7 17
2 OKMK 7 16
3 Bunyodkor 7 15
4 Dinamo 6 12
5 Navbahor 7 11
6 Paxtakor 7 9
7 Andijon 7 9
8 Neftchi 6 9
9 Qo‘qon-1912 7 9
10 So‘g‘diyona 7 7
11 Xorazm 6 7
12 Surxon 7 7
13 Qizilqum 6 7
14 Mash’al 7 7
15 Buxoro 7 6
16 Sho‘rtan 7 1

O'tgan o'yinlar.

7-тур Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
7-тур Mash’al 0-0 Surxon
7-тур So‘g‘diyona 1-0 Andijon
7-тур Navbahor 3-0 Buxoro
7-тур Paxtakor 1-0 Sho‘rtan
7-тур Nasaf 4-0 Qizilqum
7-тур Bunyodkor 1-0 OKMK

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.04.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Хайденхайм 1846".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Аугсбург".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Хоффенхайм" - "Боруссия Дортмунд".
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Новости футбола.
      13:25 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Санкт-Паули".
      15:25 Новости футбола.
      15:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Эльферсберг".
      17:30 Новости футбола.
      17:35 Чемпионат Германии. "Бохум" - "Унион Берлин".
      19:35 Новости футбола.
      19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:50 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "РБ Лейпциг".
      22:55 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Майнц 05".
      01:00 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Аугсбург".
      03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Бохум" - "Унион Берлин".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.04.2025

      06:10 Самбо. Чемпионат Европы на Кипре.
      07:35 "Вызов принят".
      08:00 Спортивная акробатика. Чемпионат мира в Португалии.
      09:50 "География спорта". Волгоград.
      10:20 Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Мужчины. Многоборье.
      13:10 Синхронное плавание. Чемпионат России в Екатеринбурге. Дуэты. Произвольная программа.
      15:30 "Непобедимый".
      16:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 1 в Сямэне, Китай.
      18:20 "География спорта". Волгоград.
      18:50 Сноубординг. Чемпионат мира в Швейцарии. Хафпайп. Женщины.
      19:55 LIVE Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово. Прямая трансляция.
      22:00 "Вызов принят".
      22:30 Сноубординг. Чемпионат мира в Швейцарии. Сноуборд-кросс. Смешанные команды.
      23:45 Синхронное плавание. Чемпионат России в Екатеринбурге. Дуэты. Произвольная программа.
      01:55 "Непобедимый".
      02:25 Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Мужчины. Многоборье.
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.04.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Кубок России. Женщины. Финал шести в Санкт-Петербурге. "Уралочка-НТМК" (Свердловская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Век нашего спорта". Нина Познанская.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Вопреки всему".
      13:30 Профессиональный бокс. Дмитрий Чудинов против Криса Юбенка.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 "Непридуманные истории". Омская область.
      16:30 "Вид сверху".
      17:00 "Непобедимый".
      17:35 Новости.
      17:40 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Канзас-Сити, США. Иэн Мачадо Гэрри против Карлоса Пратеса.
      18:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:30 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Путь регионов. 1/2 финала. "Локомотив" (Москва) - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      22:00 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Путь РПЛ. Финал. "Зенит" (Санкт-Петербург) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      00:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. ACA 183 в Краснодаре, Россия. Альберт Туменов против Абубакара Вагаева.
      03:35 Специальный репортаж.
      03:55 Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/4 финала. "Уралмаш" (Екатеринбург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 4-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.04.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала.
      08:00 Велоспорт. Тур Романдии в Швейцарии. Пролог.
      09:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала.
      11:30 Велоспорт. Тур Турции. Этап 3.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      17:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Тур Турции. Этап 4.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      02:00 Велоспорт. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 1.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. 1/4 финала.
      04:30 Велоспорт. Тур Турции. Этап 4.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Top-100 futbol tarixidagi eng kuchli o‘yinchilar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mashhur futbol portali - FourFourTwo millionlar o‘yinining butun  tarixiga nazar solib, o‘z talqinidagi top-100 ro‘yxatini shakllantirdi.

Ya’ni barcha zamonlarning eng yaxshi 100 nafar futbolchisini aniqlashga urindi. Soccer.ru sayti esa o‘z navbatida, mazkur reytingning eng qiziqarli jihatlariga e’tibor qaratdi.

91-100-o‘rinlar

100. Georgi Xaji (Ruminiya)

99. Mariu Koluna (Portugaliya)

98. Mario Kempes (Argentina)

97. Neymar (Braziliya)

96. Obdulio Varela (Urugvay)

95. Jalma Santos (Braziliya)

94. Zlatan Ibrohimovich (SHvesiya)

93. Filipp Lam (Germaniya)

92. Shandor Kochish (Vengriya)

91. Zepp Mayer (Germaniya)

Sehrli o‘yin tarixidagi eng kuchli 100 nafar futbolchi qatoriga kirish - katta sharaf. Shuning uchun kimningdir pozisiyasi pastdek ko‘rinsa, minglab futbolchilarning top-100dan chetda qolishganini o‘ylang.

Umuman olganda, FourFourTwo reytingini qiziqarli ro‘yxat yoki oddiy ma’lumot sifatida qabul qilish joiz. Zero, xohlasangiz, har bir o‘rin yuzasidan bearmon bahslashish mumkin.

Demak, elit ro‘yxatning oxirgi o‘ntaligida «Karpat Maradonasi» - Georgi Xadji va shved futboli tarixidagi bosh yulduz Zlatan Ibragimovich qatori 4 nafar jahon chempioni bor: brazililiyalik Jalma Santos, germaniyalik Filipp Lam, urugvaylik Obdulio Varela va argentinalik Mario Kempes.

Nemis futbolining buyuk darvozaboni Zepp Mayer, vengr goleadori Shandor Kochish, «Benfika» afsonasi Mariu Koluna ham shu yerda, xuddi zamonamiz vakili Neymar kabi.

81-90-o‘rinlar

90. Roberto Karlos (Braziliya)

89. Xristo Stoichkov (Bolgariya)

88. Alan Simonsen (Daniya)

87. Xavyer Zanetti (Argentina)

86. Gabriel Batistuta (Argentina)

85. Uve Zeeler (Germaniya)

84. Yakinto Fakketti (Italiya)

83. Rayan Giggz (Uels)

82. Ugo Sanches (Meksika)

81. Dragan Jaich (sobiq Yugoslaviya)

Ikkinchi o‘nlalikka kirgan yagona jahon chempioni - bu Roberto Karlos. Ammo bu zvenoda «Oltin to‘p»ning 2 nafar laureati bor - Xristo Stoichkov va Alan Simonsen. Rayan Giggz va Gabriel Batistutani alohida ta’riflashga hojat yo‘q, Ugo Sanchesning qanday ijrochi bo‘lganiga esa uning «Atletiko» va «Real» uchun urgan gollari dalolat.

Yana «Inter»ning turli davrlardagi ikki afsonasi - Jachinto Fakketti hamda Xavyer Zanettining yonma-yon joy olishgani diqqatga sazovor, «quturgan» laqabi bilan tanilgan Uve Zeeler Germaniya termasining JCHdagi dastlabki 2ta g‘alabasi oralig‘ida eng yorqin nemis o‘yinchisi edi, Dragan Jaich esa futbol tarixidagi buyuk serbdir.

71-80-o‘rinlar

80. Tyerri Anri (Fransiya)

79. Jiji Riva (Italiya)

78. Jyust Fonten (Fransiya)

77. Frank Raykaard (Gollandiya)

76. Dennis Lou (SHotlandiya)

75. Kafu (Braziliya)

74. Yozef Masopust (sobiq Chexoslovakiya)

73. Omar Sivori (Argentina)

72. Xose Andrade (Urugvay)

71. Jon Charlz (Uels)

Yozef Masopust, Omar Sivori va Dennis Lou o‘tgan asrning 60-yillari birinchi yarmida «Oltin to‘p» sohibiga aylanishgan. Xose Andrade, Kafu va Tyerri Anri - jahon chempionlari.

Jon Charlz Uels tarixidagi qahramonlarning top-20taligidan joy olgan, Jyust Fonten esa bitta JCHda ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchi sanaladi - u 1958 yilgi mundialda raqiblar darvozabonlarini 13 marta ranjitgan.

Jiji Riva va Frank Raykaard o‘z davrlarining chin yulduzlari bo‘lishgan. Aytgancha, Jiji butun faoliyatini «Kalyari»ga bag‘ishlab, klubning bosh ramziga aylangan.

61-70-o‘rinlar

70. Paul Braytner (Germaniya)

69. Dennis Bergkamp (Gollandiya)

68. Sandro Massola (Italiya)

67. Florian Albert (Vengriya)

66. Teofilo Kubilyas (Peru)

65. Jimmi Jonston (SHotlandiya)

64. Yoxan Neeskens (Gollandiya)

63. Gordon Benks (Angliya)

62. Diksi Din (Angliya)

61. Peter Shmeyxel (Daniya)

Birdaniga 3 nafar britaniyalik: «Seltik» afsonasi Jimmi Jonston, buyuk kiper va jahon chempioni Gordon Benks, va XX asr boshidagi qahramonlardan biri Diksi Din. Gollandiyalik Dennis Bergkamp va Yonas Neeskens garchi jahon chempioni maqomiga erishmagan bo‘lsalarda, maydonda haqiqiy mo‘’jizalar ko‘rsatishgan, Yoxan hattoki, o‘zi ishtirok etgan finallardan birida gol ham urgan, ammo Paul Braytner javob to‘pi bilan g‘alaba yakunda sobiq GFR termasiga nasib etishiga katta hissa qo‘shgan.

Sandro Massola - «Inter»ning yana bir yulduzi va o‘zidan keyingi avlodning chin kumiri. Florian Albert «Oltin to‘p» yutgani bilan maqtanishi mumkin, Teo Kubilyas esa Peru tarixidagi eng kuchli futbolchidir. Peter Shmeyxel ham ta’rifga ehtiyojmand emas - «MYU» ramzi va «Daniya ertagi-1992» ishtirokchisi.

51-60-o‘rinlar

60. Kevin Kigan (Angliya)

59. Andres Inyesta (Ispaniya)

58. Adolfo Pedernera (Argentina)

57. Karl-Xayns Rummenigge (Germaniya)

56. Daniel Passarella (Argentina)

55. Dino Zoff (Italiya)

54. Gunnar Nordal (SHvesiya)

53. Gaetano Shirea (Italiya)

52. Roberto Badjo (Italiya)

51. Jairzinyo (Braziliya)

Bu yerda endi italyanlar ko‘pchilik - JCH-82 g‘oliblari - Dino Zoff va Gaetano Shirea, shuningdek, mundial-94 finalida penaltidan osmondagi yulduzni nishonga olgan Roberto Badjo. Andres Inyesta esa 2010 yilgi final taqdirini hal qilgan yagona gol muallifidir. Jairzinyo va Daniel Passarellaga ham jahon kubogini yutish nasib etgan bo‘lsa, Karl-Xayns Rummenigge bunday baxtdan mosuvo qolgan, ammo u 2ta «Oltin to‘p» egasi, xuddi Kevin Kigan kabi.

Shved Gunnar Nordal XX asr o‘rtalarida «A» seriyasini yashnatgan («Milan» va «Roma»dagi faoliyati davomida) bo‘lsa, argentinalik Adolfo Pedernera - ushbu o‘ntalikdagi eng sirli «figura». To‘g‘ri, uning butun faoliyatini Janubiy Amerikada o‘tkazib, «Daho», «Maestro» va «Futbol Napoleoni» nomlari olgani ma’lum.

Qaysi davlat vakillari ko‘p?

Albatta, «to‘p afsungarlari» yurti - Braziliyaniki-da. Shuningdek, Italiya, Argentina va Germaniya vakillari safi ham ancha keng.

Braziliya - 16 nafar; Italiya - 13 nafar; Argentina va Germaniya - 10 nafardan; Angliya va Gollandiya -  6 nafardan;

Fransiya - 5 nafar; Ispaniya va Vengriya - 4 nafardan; Portugaliya, Urugvay, Daniya va Shotlandiya - 3 nafardan; Shvesiya, Uels, sobiq ittifoq (Rossiya|Ukraina) - 2 nafardan; Ruminiya, Bolgariya, Meksika, sobiq Yugoslaviya, sobiq Chexoslovakiya, Peru, Avstriya va Shimoliy Irlandiya - 1 nafardan

41-50-o‘rinlar

50. Xavi (Ispaniya)

49. Nilton Santos (Braziliya)

48. Mikael Laudrup (Daniya)

47. Roberto Rivellino (Braziliya)

46. Xuan Alberto Skyaffino (Urugvay)

45. Oleg Bloxin (sobiq SSSR|Ukraina)

44. Didi (Braziliya)

43. Fris Valter (Germaniya)

42. Mattias Sindelar (Avstriya)

41. Janluiji Buffon (Italiya)

Mutlaqo xilma-xillik: jahon chempioni bo‘lishgan turli davlat va davrlar vakillari - Nilton Santos, Roberto Rivellino, Xuan Alberto Skyaffino, Xavi.

Yana Kiyev «Dinamo»sining mashhur to‘purari va «Oltin to‘p» laureati Oleg Bloxin, fojiali taqdirga yuz tutgan avstriyalik Mattias Sindelar, hamon yuqori saviyada o‘ynayotgan Janluiji Buffon va bundestim tarixida alohida o‘rin tutgan sardor Fris Valter (u ikkinchi jahon urushi payti sobiq ittifoq armiyasi asiri bo‘lgan) ham shu o‘ntalikda.

Shuningdek, daniyalik Mikael Laudrup va braziliyalik Didi ham bor. Aytishlaricha, «Real»da Didiga hech kim to‘p uzatishni xohlamagan ekan, chunki Alfredo di Stefano va Ferens Pushkash shon-shuhratni bo‘lishishni istashmagan.

31-40-o‘rinlar

40. Kenni Dalglish (SHotlandiya)

39. Nandor Xidegkuti (Vengriya)

38. Janni Rivera (Italiya)

37. Ruud Gullit (Gollandiya)

36. Pako Xento (Ispaniya)

35. Luis Suares Miramontes (Ispaniya)

34. Stenli Metyuz (Angliya)

33. Gyunter Netser (Germaniya)

32. Paolo Rossi (Italiya)

31. Xose Manuel Moreno (Argentina)

Navbatdagi o‘ntalikda faoliyatini davom ettirayotgan biror futbolchi yo‘q. Pako Xento - Yevropa Chempionlar kubogini yutish bobida rekordchi (ispan yulduzi ushbu sovrinni 6 marta boshi uzra baland ko‘targan).

Paolo Rossi JCH finalida gol urishdan tashqari, «Oltin to‘p» sohibiga aylangan bo‘lsa, Nandor Xidegkuti Vengriya drujinasining «oltin davri»da bosh rolni bajargan. Ser Stenli Metyuz esa alohida o‘ringa ega.

Axir u futbol jentlmeni sanaladi, qolaversa, tarixdagi ilk «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan. Keyingi yili Yevropaning eng yaxshi futbolchisi maqomi Luis Suares Miramontesga nasib etgandi. O‘sha vaqt «Barselona» sharafini himoya qilgan Ispaniya vakili keyinchalik «Inter»da 9 yil o‘ynagan.

Kenni Dalglish - shotland futboli faxri, Janni Rivera, Ruud Gullit, Gyunter Netser va Xose Mariya Moreno ham o‘z davlatlarida shunday maqomga egalar.

21-30-o‘rinlar

30. Lotar Matteus (Germaniya)

29. Raymon Kopa (Fransiya)

28. Sokrates (Braziliya)

27. Bobbi Mur (Angliya)

26. Valentino Massola (Italiya)

25. Karlos Alberto (Braziliya)

24. Ronaldinyo (Braziliya)

23. Eysebio (Portugaliya)

22. Lev Yashin (sobiq SSSR|Rossiya)

21. Romario (Braziliya)

Lev Yashinning ancha yuqoridan joy olganiga e’tibor qarating. Darvozabonlar orasida «Oltin to‘p»ning yagona sohibi 22-o‘ringa munosib. Ushbu «bo‘lim»da Braziliyadan birdaniga 4 nafar futbolchi borligi diqqatga sazovor: Romario va Ronaldinyo o‘z o‘tmishdoshlari - Karlos Alberto va Sokratesdan oldinda. Aytgancha, hattoki, Eysebio va Raymon Kopa ham Romariodan pastda.

Bobbi Mur va Lotar Matteus jahon chempionatlarida sardor sifatida o‘ynashgan va g‘alaba qozonishgan. Italyan Valentino Massola reytingda o‘g‘li - Sandroni ancha ortda qoldirdi. Umuman, ular alohida maqtanishga haqlilar. Chunonchi, ushbu reytingda boshqa ota-bola yo‘q.

11-20-o‘rinlar

20. Paolo Maldini (Italiya)

19. Bobbi Charlton (Angliya)

18. Juzeppe Meassa (Italiya)

17. Gerd Myuller (Germaniya)

16. Ziko (Braziliya)

15. Franko Barezi (Italiya)

14. Jorj Best (SHimoliy Irlandiya)

13. Marko van Basten (Gollandiya)

12. Mishel Platini (Fransiya)

11. Garrincha (Braziliya)

Har biri jahon futboli yulduzi va ularni taqqoslashdan ma’no yo‘q. Deylik, Juzeppe Meassa va Paolo Maldini natijalarini qanday solishtirish mumkin? Shunday ekan, ularga qandaydir tarixiy «media-reyting» asosida joy berilgan.

Kimning nomi hamon jarangliroq yangrayotgan bo‘lsa, u oldinroqda. Xullas, Garrincha va Gerd Myuller, Bobbi Charlton va Marko van Basten, Jorj Best va Mishel Platini, Ziko va Franko Barezini bir necha pog‘ona ajratib turganini shunday izohlash mumkin.

1-10-o‘rinlar

10. Ronaldo (Braziliya)

9. Ferens Pushkash (Vengriya)

8. Zayniddin Zidan (Fransiya)

7. Frans Bekkenbauer (Germaniya)

6. Alfredo di Stefano (Argentina)

5. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

4. Yoxan Kroyff (Gollandiya)

3. Pele (Braziliya)

2. Lionel Messi (Argentina)

1. Diyego Maradona (Argentina)

Argentinaliklar ro‘yxat boshqaruvchilari - Diyego Maradona va Lionel Messi. Futbol qiroli atigi 3-qatorda va Krishtianu Ronaldu gollandiyalik daho Yoxan Kroyff hamda argentinalik betakror Alfredo di Stefano orasida.

Ferens Pushkash bo‘lsa, ikki zamondosh - Zayniddin Zidan va Ronaldo orasiga joylashdi. E’tibor qarating, kuchli o‘ntalikka kirgan futbolchilardan 8 nafari vaqtida «Real» yoki «Barselona»da to‘p surgan. Ya’ni Pele va Frans Bekkenbaeur Kataloniya va Madrid klubiga begona, xolos.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:34, 16.08.2017. O'qildi: 26402 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 5
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
3 Бунёдкор Luis Kachorri 4
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 3
5 Нефтчи Zoran Marushich 3
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 3
7 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
8 Пахтакор Umar Adhamzoda 2
9 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 2
10 Хоразм Rustamjon Abduhamidov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.