Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vinchenso Montella: «Milan»da o‘sishni ko‘ryapman

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan» bosh murabbiyi Vinchenso Montella La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida klubning ayni holatidan ko‘ngli to‘qligini alohida ta’kidladi.

U shuning borabarida yangi rahbariyat boshqaruvidagi ilk 100 kun yakunlari haqida iliq fikrda.

- Marko Fassone joriy yoz o‘z faoliyatidagi eng qiziq va hissiyotni qo‘zg‘atuvchi davr bo‘lganini tilga oldi Sizchi, oxirgi 2-3 oyga qanday ta’rif berasiz?

- Bu orzumandlar yozi va eng muhimi, orzular ro‘yobga chiqmoqda. Bilasiz, yoz hali tugagani yo‘q. Safimizga yangi qo‘shilgan futbolchilar soni va ular uchun sarflangan mablag‘ miqdori masalasida ko‘tarilgan shov-shuvlarni e’tiborga olmasak ham, klub qandaydir aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiryapti.

- Bu harakatlar yakunda nimaga olib borishi mumkin?

- Ishonchim komil, hozirgi jamoa tarixda qoladi va yillar o‘tsa-da, qard-qiymati pasaymaydi. Hattoki, murabbiyning ishlari yurishmagan taqdirda ham...

- Ayni holatda ushbu gapning sizga taalluqli joyi yo‘q. Ammo shunday vaqtlar ham bo‘ldiki, jamoada qolishingizga ishonch qolmagandi...

- Yo‘q, yo‘q, shaxsan men jamoadagi kelajagimga zarracha shubhalanmadim. Shunga muvofiq, «Milan»dan boshqasi haqida hattoki, o‘ylamadim ham. Chunonchi, har kuni salohiyatimga ishonishlari va xizmatimga yuqori baho berishlarini qalban his qilib turdim.

- Fassonening aytishicha, qabul qilingan loyihaga ko‘ra, «Milan» 2022 yilga borib, dunyoning eng kuchli 5ta klubi qatoridan joy olishi lozim. O‘sha vaqtgacha Montellaning jamoa bilan birga bo‘lishi imkoniyati qanday?

- Ochig‘i, bilmadim. Ammo belgilangan vaqtga qadar jamoani boshqarishni istardim. Bu men uchun mo‘’jizaviy professional o‘sish, ya’ni maksimal natija  bo‘lardi.

- Jamoangiz Xalqaro chempionlar kubogi turnirida «Bavariya»dek raqib darvozasiga 4ta gol urdi. Yangi mavsum arafasida xursandchilik darajasi haddan tashqari oshib ketmayaptimi?

- Aslo. Yashirmayman, ayni payt hammasi kutilganidan ancha osondek tuyulyapti, axir klub safida vaziyatga real ko‘z bilan qaraydigan chin professionallar yig‘ilishgan.

«Bavariya» bilan o‘yinga kelsak, bu yozgi futbol. Tabiiyki, «Borussiya»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyat ranjitdi, «Myunxen»ni taslim qilganimiz xushnud etdi.

Umuman, mavsumoldi o‘yinlarida jamoadagi o‘sishni yaqqol sezdim. Ayniqsa, futbolchilarning bo‘sh zonalarni qanday yopishayotgani va raqiblarga nisbatan faolroq harakatlanayotganlari yoqdi. Muhimi, ular yaxlit kuch sifatida to‘p sura boshlashdi.

- Ha, ixtiyoringizda juda qiziqarli tarkib to‘plandi...

- Jamoaning umumiy saviyasi ham talab darajasida. Mana, Nyangni olaylik, u bir qator bahslarda ideal futbol ko‘rsatdi. Bu yigit yaqin kelajakda mega-yulduzlar qatoriga qo‘shilishi mumkin, agarda o‘z ustida jiddiy shug‘ullanishda davom etsa, albatta.

- Demak, Nyangning ketish masalasiga hozircha nuqta qo‘yilmagan...

- Unga ishonch bildirmasligimizga biror sabab yo‘q. Umuman, hozirda hammasi faqat o‘ziga bog‘liq.

- Nazorat bahslarida yana nimalarga e’tibor qaratdingiz?

- Kayfiyatga. Jamoam biror uchrashuvda passiv harakatlanmadi, xususan, yangi futbolchilar ham o‘zlarini ko‘rsatishga intilishdi. Masalan, Bilyani alohida maqtashim mumkin.

Andre Silvaning salohiyati esa juda baland. Uning timsolida xalqaro darajadagi top-o‘yinchini ko‘ryapman. To‘g‘ri, bu vaqt hukmidagi masala. Xullas, futbolchilarning o‘z o‘yinlarini namoyish etishayotganini ko‘rish chindan ham, maroqli.

- Oddiy aytganda, yangi mavsum startidan oldin mutlaqo xotirjamsiz.

- Rostini aytsam, «Bavariya»ga qarshi o‘yingacha umumiy xulosalarim ayqash-chuyqash edi. Xususan, ayrim masalalar ustida bosh qotirish zarurligini o‘ylagandim. Axir tabiatan reallikka moyilman. Hozir esa ko‘tarinki kayfiyatdaman.

- «Reallikka moyil» - bunda nimani nazarda tutyapsiz?

- Hozir 90 daqiqa davomida birdek to‘p surishga tayyor 8 nafar futbolchi topish ham qiyin. Xullas, mavsum boshida shuncha o‘yinchi loaqal 70 foiz shay holatga kelsa ham,  xursand bo‘laman. Biroq bu masalada ishonch bilan gapirolmayman...

- Jamoaning ruhiy tayyorgarligi qanday?

- Ochig‘i, ilk o‘yinlar bo‘yicha xavotirim yo‘q emas. Ammo chinakam kurashga ilhaqmiz. Xususan, YELga ham katta umid bog‘layapmiz. Zero, «pley-off» bosqichi jamoani CHLga ancha yaqinlashtiradi.

- Anchelotti esa «Milan» skudettoni ko‘zlashi lozimligini aytdi.

- Unga iliq so‘zlari va ishonchi uchun rahmat, ammo o‘ylashimcha, hozircha bunga biroz erta. Aniqrog‘i, ayni holatda chempionlikni o‘ylash - sarob. To‘g‘ri, har qanday holatda ham, jamoa ishtiyoqi va maqsadini sira cheklamayman.

- Transferlar byudjeti haqida eshitganingizda, avvalo, nimalarni o‘ylagandingiz?

- O‘z-o‘zidan orzuga berildim. Yana shuncha ko‘p mablag‘ qanday sarflanishini tushunmadim. Mana, bir qator saviyali futbolchilarni sotib oldik. Ochig‘i, transferlar uchun tasavvurimdagidan ancha ko‘p mablag‘ ajratildi.

- Janob Li kam gapiradi, ammo ko‘p ishlaydi...

- Xitoylik sarmoyadorlar har bir mas’ul kishining ishiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishyaptiki, bunaqasi zamonaviy futbolda kam uchraydi. Shunday bo‘lgach, asosiy burchimiz  - oldimizga jiddiy vazifalar qo‘yish. Prezident doimo yonimizda va bir safar «Milancha ruh» nimaligini ko‘rsatishimni iltimos qildi. Bunday munosabat kishini ilhomlantiradi. Jamoa ham shunga moslashmoqda.

- Transferlar bozorida ish hali yakunlanmaganini aytdingiz. Xo‘sh, yana qanday xaridlarni kutish mumkin?

- Hozir markaziy hujumchi xususida ishlayapmiz. Keyin balki yangi vinger va yarim himoyachiga egalik qilishni ham xohlab qolarmiz. Ammo buyog‘iga hech kim shoshilmayapti.

- Shaxsan siz uchun ideal hujumchi qanday?

- U vaziyatni oldindan his qilishi, «iflos» gollarni ham ura olishi va jamoa uchun o‘ynashi lozim.

- Umuman, bu darajadagi faol transferlar kampaniyasi tabiatingizga to‘g‘ri keladimi?

- Hammasi klub bilan kelishib hal qilindi. Loyiha bo‘yicha qarashlarimiz bir xil - iqtidorli yoshlar va tajribali o‘yinchilarga birdek e’tibor qaratamiz.

Agar deylik, loaqal Yevropada binoyidek futbol namoyish etayotgan  «Napoli»ga yaqinlashishni istasang, transferlar bozorida shunday ish tutishingga to‘g‘ri keladi.

«Roma» va «Napoli»dan ilgarilab ketganimiz haqida gapirishga hali ertayu, ammo niyatimiz shu va buni yashirmayman. Xullas, klubdagi yangilikka intilish harakatini qo‘llab-quvvatlayman.

- Bonuchchidek ijrochilar bilan yuqori maqsad sari intilish nisbatan yengilroq kechadi. Fassone mazkur transfer siz tufayli amalga oshganini yashirmayapti.

- Barcha xaridlar ustida birga ishladik va aytishim mumkinki, ularda xizmatim  49 foizga teng, faqat Bonuchchi transferi boshqa masala. Zero, bizda Leonardoni o‘z safimizga qo‘shib olish imkoniyati yuqori ekanligiga ishonardim. Ammo rahbariyat bu borada boshqacha fikrda edi...

- Qiziq, rahbarlar qarashini qanday o‘zgartirdingiz?

- Mirabelliga har kuni kamida 10 marta atigi 4ta kalimadan iborat SMS-xabar yozdim: «Xayrli tong (yoki oqshom), direktor: Bonuchchi». U bilan munosabatlarimiz a’lo darajada, hattoki, kamchiliklarimiz ham o‘xshash (kuladi).

- «Milan» Bonuchchi timsolida nimaga ega bo‘ldi? Axir u oddiy o‘yinchi emas.

- Ha, gap oliy darajadagi professional haqida ketyapti. Leonardo eng yuqori maqsadlar sari intilishga o‘rgangan. Shu xislati bilan yoshlarga ibrat ko‘rsata oladi. Bilmadim, «Yuve» kuchsizlandimi yoki yo‘q, ammo «Milan»ning kuchaygani aniq. O‘ylaymanki, Bonuchchi kiyinish xonasida katta «figura» sifatida o‘z so‘zini aytishga qodir. Bu fikrga uning faqat muammolarini ko‘rishni istaydiganlargina qo‘shilmasliklari mumkin.

- Endi Leo yordamida o‘yinni 3 nafar himoyachi bilan tashkillashingiz mumkin...

- Bu g‘oya juda qiziq va menga yoqadi. Umuman, turli sxemalarni bemalol qo‘llash imkoniyatiga egamiz, chunki tanlov juda katta.

- Aytishlaricha, Donnarumma masalasi ham bevosita aralashuvingizdan so‘ng hal bo‘libdi...

- Yo‘q, bunisiga aloqam yo‘q. Hammasini Mirabellining o‘zi bir yoqli qildi. To‘g‘ri, bosh murabbiy sifatida Janluijining yaqinlari bilan gaplashib ko‘rdim, chunki ular shuni kutishayotganini sezdim. Ammo suhbat jarayonida murabbiylik vakolati xususida so‘z ochmadim, shunchaki, tajribam bilan o‘rtoqlashdim.

- Jijo to‘g‘ri qarorga kelganini to‘liq tasdiqlay olasizmi?

- Tushunarliki, u avvalo, klub emas, o‘zi uchun shunday to‘xtamga keldi. Jijo fantastik darajadagi darvozabon, qolaversa, klubda turli avlod vakillarini birlashtirib turibdi.

Qarang, Donnarumma shuncha gap-so‘zlardan so‘ng shartnomasi muddatini uzaytirganida, 7 yoshli jiyanim Martina yig‘lab yubordi. Qayerdadir 70 yoshli onaxon ham shunday qilganiga imonim komil. Zero, Janluijini faqat «milanchi»lar emas, balki boshqalar ham yaxshi ko‘rib qolishgan.

- Biroq Rayolo va klub o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketdi...

- Uning ishiga yarasha javob bo‘ldi, bor gap shu. Shaxsan menda Mino bilan muammolarim yo‘q. O‘ylaymanki, u ham shu gaplarni takrorlaydi.

- Darvoqe, muammolar haqida. Birinchi rasmiy mag‘lubiyatdan keyingi zarbani qabul qilishga tayyormisiz?

- Murabbiy har doim bunga tayyor turishi kerak. Ha, har bir omadsizligimiz qat’iy muhokama qilinishi tayin, ammo bunday munosabat ishimizga xalaqit bermasligi lozim. Ehtimol, tanqidlar haddan oshib ketar, ammo bu ham ishimizning bir qismi.

- Keyingi 100 kundan aynan nimalarni kutyapsiz? 1000 kundan-chi?

- Umid qilamanki, yana 100 kundan so‘ng «Milan» timsolida  mehnatlarim mahsuli ko‘rinadi. 1000 kundan keyin esa skudetto orzu emas, aniq maqsadga aylanishini xohlardim...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:46, 16.08.2017. O'qildi: 3695 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик