Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nyukasl - Brayton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldo «dadado» hayoti

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

The Players Tribune portalida tug‘ma iqtidor – betakror Ronaldoning yorqin xotiralari chop etildi.

«SE» nashri esa braziliyalik afsonaning serqirra faoliyatini qamrab olgan maqaolani «chig‘iriq»dan o‘tkazib, eng qiziqarli lavhalarga alohida e’tibor bilan yondashdi.

Xo‘sh, «so‘yloq» laqabi ostida o‘ynab, butun futbol olamini zir titratgan Ronaldo aynan nimalarni esladi?

Laqabi haqida

- Ochig‘i, «Flamengo»ning «Marakana»dagi uchrashuviga ilk marta qachon borganimni eslolmayman. Otam bilan futbol o‘yinini ko‘rish uchun stadion tomon yo‘l olish oddiy sayrdek edi. Albatta, shunday vaqtlar ham bo‘ladiki, umuman ko‘chaga chiqolmaysiz. Lekin bir umr shunday yashashning iloji yo‘q. Men esa hayotimni futbolsiz tasavvur qilolmasdim. Dastlabki laqabimning tarixi uzun. Ya’ni u menga bolalik davriyoq yopishtirilgan. Aslida o‘sha vaqtdagi ishlarni tuzukroq eslolmayman ham. Har safar akalarimga qarshi o‘yinlarda gol urganimda, ular menga qarata baqirardilar: «Dadado» Ochig‘i, o‘sha payt «Ronaldo» iborasini to‘g‘ri talaffuz qilolmasdim. Ya’ni ismimni so‘rashganida, tilim aylanmay, noto‘g‘ri talqin etardim - «Dadado». Akalarimdan ayro qolgan vaqtlar esa yolg‘iz o‘zim to‘p bilan mashq qilardim. Avval chap, keyin o‘ng va yana chap oyog‘imda zarba berardim. Uyimiz juda kichik edi, ammo to‘p bilan ishlash uchun katta joyga ehtiyoj sezmasdim. Futbol o‘ynash uchun esa ko‘chaga chiqardim. Xonadonimiz atrofidagi guava, mango daraxtlari juda qo‘l kelgani yodimda. Akalarim biror yumush bilan qayergadir ketishsa, darrov to‘pni olib, shu daraxtlar orasida dribling mahoratimni oshirishga urinardim.

JCH-94 haqida

- 1994 yilgi mundialni qanday tasvirlashim mumkin? O‘sha paytdagi Braziliya terma jamoasi haqida nimalar deya olaman? Ijozatingiz bilan bitta misol keltirib qo‘ya qolay. Garvard universiteti Amerikadagi eng mashhur o‘quv dargohi, to‘g‘rimi? Braziliya terma jamoasi futbol olamidagi tengi yo‘q bilim maskani! Uning tarkibidan joy olish juda qiyin. Jamoa - oliy tabaqa, tahsilning eng yuqori cho‘qqisi. U yerda shunchaki, futbol o‘ynashni emas, chinakam professional, chempion bo‘lishni o‘rgatishadi. O‘sha JCHda loaqal bir daqiqaga ham maydonga tushmadim. Ammo imkoni boricha hammasini diqqat bilan kuzatdim va ko‘rganlarimni o‘zlashtirishga intildim. Ya’ni tegishli xulosalar va ma’lumotlarni qog‘ozga tushirib bordim. Eng muhimi, shu tirishqoqlik va mehnatim terma jamoa tarkibidan mustahkam joy olishimga yordam berdi. Oddiy aytganda, 1994 yil yozda to‘plangan tajriba butun hayotimni keskin o‘zgartirib yubordi!

Romario haqida

- Romario bilan aynan AQSH mundialida tanishgandim. Yashirmayman, uning betakror o‘yinlari ta’sirida ulg‘aydim. Umuman, Romario va Zikoga ideal hujumchi namunasi sifatida qarardim. Ya’ni maydonda ham, uning tashqarisida ham ulardek bo‘lishni xohlardim. Jamoamiz mashg‘ulotlar bazasida ayniqsa, Romario o‘ta samimiyligi bilan ajralib turar, mudom yosh futbolchilarga xayrixoh edi. Xususan, menga nisbatan o‘ta mehribon edi. Ehtimol, bu bitta ampluada to‘p surishimiz ta’siridir yoki menda qandaydir alohida jihatni ko‘rgandir... Bilmadim. Fakt shuki, ko‘pincha mashg‘ulotlardan keyin ikkimiz qolib, uzoq suhbatlashardik. Taajjubki, sportga umumiy munosabatimiz, qarashlarimiz deyarli bir xil edi. Deylik, Romario xuddi men kabi futbol   faoliyatini evolyusiya o‘rnida ko‘rib, qadamlarni birin-ketin tashlash lozimligini uqtirardi - bir-ikki va hokazo. Qachonki, eng sara o‘yinchilar qatoriga qo‘shilmaguningcha odimlashdan to‘xtamasliging kerak. Keyingi, eng asosiy qadamni Yevropada tashlashim talab etilishini ham aynan Romario aytgandi. Ehtimol, bu biroz kulgugi tuyular, ammo biz hattoki, ob-havoni-da o‘zaro muhokama qilardik. Ya’ni Braziliyadan Gollandiyaga ko‘chib o‘tish va qor bilan qoplangan maydonda to‘p surish qanday bo‘lishini. Shuningdek, u primeroda g‘olib chiqqani va YECHL finalida to‘p surganidan keyin qanday taassurotlarni boshdan kechirganini erinmay so‘zlab berardi. Romario hikoyalarini eshita turib, eng yaxshi hujumchilar doirasiga ko‘tarilish uchun men ham shunday yo‘lni bosib o‘tishim shartligini teran tushunganman. Xullas, munosib yondashuv samarasi o‘laroq, nihoyat, PSV safidan joy olgandim.

JCH-98ning finali haqida

- Fransiya mezbonlik qilgan JCH payti 21 yoshli yigit edim. Bu vaqtga kelib, futbol men uchun asosiy lazzat manbaiga aylanib ulgurgandi. Xususan, final o‘yiniga qadar 4ta gol urgandim. Lekin fransuzlarga qarshi hal qiluvchi uchrashuv arafasida tanamda qandaydir tushunarsiz o‘zgarishlar yuz berdi. Kutilmaganda, o‘zimni noxush va behol his qilib, hattoki, to‘shakdan turolmay qoldim. Hozir atrofimda qanday voqealar yuz berganini yaxshi eslolmayman. Shifokorlar esa chuqur tibbiy tekshiruvlardan so‘ng maydonga tushishim mumkinligini aytishdi. Natijada finalda qatnashdim, ammo o‘zimga xos o‘yinni ko‘rsatolmadim. Boz ustiga, jamoamiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi - esdan chiqmaydigan o‘ta dahshatli lahzalar... Lekin hali yosh ekanligim, oldinda juda ko‘p JCHlar kutib turgani va o‘zimni ko‘rsatish uchun yetarli imkoniyatlarga ega bo‘lishimni aqlan anglab turardim.

Jarohati haqida

- Yana bir yildan keyin o‘ta jiddiy jarohatga yo‘liqdim. Esimda, ko‘plab mutaxassislar boshqa o‘ynay olmasligimni taxmin qilishgandi. Ayrimlar esa hattoki, risoladagidek yurishimga ham shubha bilan qarashdi. Ammo men uchun hayotning boshlanishi ham, yakuni ham futbol edi. Qisqasi, tizzamdagi jarohatdan forig‘ bo‘lgunga qadar o‘zimni hayotdan chetda qolgandek his etdim. Bu orada maydonga qaytish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldim. Misol uchun, jarrohlik amaliyoti uchun AQSHga bordim, butun dunyoni kezib chiqdim. Salomatligimni to‘liq tiklashga umumiy hisobda naq 3 yil sarfladim. O‘sha vaqt JCH-2002 yaqinlashayotganidan yaxshi xabardor edim. Lekin meni sovrinlar ham, gollar ham qiziqtirmasdi. Shunchaki, to‘p bilan maydonga tushishni xohlardim, zero, o‘yindagi ishtirok tortiq etadigan ajib hissiyot sehridan sarmast edim. Xayriyatki, dahshatli jarohatdan 3 yil, imkoniyat boy berilgan JCH-98dan esa 4 yil o‘tgach, yana to‘pga o‘z hukmimni o‘tkazadigan darajaga ko‘tarildim. Shu tariqa Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida tashkil etilgan mundialga yo‘l oldim.

JCH-2002 finali haqida

- Germaniya terma jamoasi darvozasiga ikkinchi golni urganimdan keyin xayolimdan bitta fikr o‘tdi: «Nihoyat, hammasi joyida!» Axir bizni futbol tojini kiyishdan sanoqli daqiqalar ajratib turardi. Shu sehrli lahzalarda shu paytgacha tatib ko‘rilmagan ajoyib his-tuyg‘ularni tuydim. 90-daqiqada meni ...almashtirishdi. Bu murabbiy Luiz Felipe Skolarining men uchun o‘ta g‘ayritabiiy sov-g‘asi edi. U shunchaki, g‘oliblik nash’asi va shodiyonalarini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish imkoniyatini berdi! Maydondan chiqib ketayotib, beixtiyor   «Ronaldo endi hech qachon futbolga qaytmaydi»  qabilida fikr yuritganlar haqida o‘yladim, hattoki, yurish imkoniyatidan mahrum bo‘lishga yaqin turgan holatim yodimga tushdi. 2002 yilga kelib, hammaning qo‘lida mobil telefoni bor edi. Tribunalarga nigoh tashlar ekanman, minglab yorqin kvadratchalarga ko‘zim tushdi. Xuddi diskotekadagidek! Avvaliga nima bo‘layotganini tushunolmadim, keyin bilsam, muxlislar suratga olish maqsadida qo‘l telefonlari kamerasini menga qaratishgan ekan. O‘sha lahza men uchun unutilmas sovg‘a bo‘lgandi...

Messi, Neymar, Ronaldu va Ibragimovich haqida

- Futbol maydoni - yer yuzidagi eng g‘aroyib makon. Har holda, shaxsan men uchun shunday. U stadionlar, plyajlar yoki mevali daraxtlarga to‘la bog‘lar qo‘ynida bo‘lishi mumkin. Buning ahamiyati yo‘q. Bolakay ana shu maydonga boqadi va unda o‘z kelajagini ko‘radi. Lionel Messi, Neymar, Krishtianu Ronaldu yoki Zlatan Ibragimovich kabi ampluadoshlarimdan o‘z o‘yinlariga ozmi-ko‘p ta’sir ko‘tsatganimni eshitish - ulkan baxt. Shular haqida o‘ylar ekanman, o‘zimni Zikodek o‘ynashni orzu qilayotgan braziliyalik oddiy bolakay o‘rnida ko‘raman. Ular - Argentina, Braziliya, Portugaliya va Shvesiyadagi oddiy yigitlar esa menga o‘xshashni orzu qilganlar. Bizni ayni shu tuyg‘u birlashtirib turadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:10, 20.08.2017. O'qildi: 12965 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик