Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • Superliga
      • 03.08.2025 19:00
      • Andijon
      • 3:0
      • Qo‘qon-1912
      • 03.08.2025 20:00
      • Sho‘rtan
      • 1:3
      • Xorazm
      • 03.08.2025 21:15
      • Surxon
      • 0:0
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 16 36
2 Bunyodkor 16 30
3 Neftchi 16 30
4 OKMK 16 30
5 Dinamo 16 30
6 Paxtakor 16 29
7 Navbahor 16 27
8 Andijon 16 20
9 Surxon 16 19
10 Qizilqum 16 18
11 Xorazm 16 17
12 So‘g‘diyona 16 16
13 Mash’al 16 15
14 Buxoro 16 13
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Sho‘rtan 16 9

O'tgan o'yinlar.

16-тур Mash’al 0-1 Paxtakor
16-тур Buxoro 0-2 OKMK
16-тур Neftchi 1-2 Bunyodkor
16-тур So‘g‘diyona 1-2 Nasaf
16-тур Dinamo 2-2 Navbahor
16-тур Andijon 3-0 Qo‘qon-1912
16-тур Sho‘rtan 1-3 Xorazm
16-тур Surxon 0-0 Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 115 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 54 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 04.08.2025

      06:30 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      07:25 Д/ф "Один за всех", 1 с. "Лукаку".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Васко да Гама".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Крузейро".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Сеара" - "Фламенго".
      14:05 Новости футбола.
      14:10 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сан-Паулу".
      16:10 Новости футбола.
      16:15 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Гремио".
      18:15 Новости футбола.
      18:20 Кубок Италии. Финал. "Болонья" - "Милан".
      20:20 Новости футбола.
      20:25 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Крузейро".
      22:25 Новости футбола.
      22:30 Чемпионат Бразилии. "Сеара" - "Фламенго".
      00:30 Новости футбола.
      00:35 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Сан-Паулу".
      02:35 Новости футбола.
      02:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Жувентуде". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 04.08.2025

      05:05 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Вышка. Финал.
      07:00 "География спорта". Липецк.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Бильярд. "BetBoom Суперлига" в Москве.
      09:35 Д/ф "Сёстры Уильямс".
      10:30 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 10 км.
      13:15 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 5 на автодроме "Игора Драйв".
      14:05 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло.
      16:55 "Культовые".
      17:20 Бильярд. "BetBoom Суперлига" в Москве.
      19:00 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
      21:50 "Физруки. Будущее за настоящим".
      22:25 Плавание на открытой воде. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. 10 км.
      01:05 "Культовые".
      01:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло.
      04:25 "Страна спортивная".
      04:40 Лёгкая атлетика. Fonbet Кубок России в Жуковском.
  • MATCH-TV
    • Sana: 04.08.2025

      05:00 Новости.
      05:05 Регби. Pari Чемпионат России. "Локомотив-Пенза" - "ВВА-Подмосковье" (Монино).
      07:00 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 5 на автодроме "Игора Драйв".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Ульяна Баташова.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Взойди на свой Олимп".
      17:05 "Лучшие из лучших".
      17:35 Новости.
      17:40 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Тацуро Тайра против Юн Сун Пака.
      19:25 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:55 LIVE Футбол. Лига Пари. "Ротор" (Волгоград) - "Енисей" (Красноярск). Прямая трансляция.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:20 Профессиональный бокс. Оскар Де Ла Хойя против Бернарда Хопкинса. Бой за титул абсолютного чемпиона мира в среднем весе.
      02:25 "Культовые".
      03:25 "Вы это видели".
      04:25 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 4 на автодроме "ADM Raceway".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 04.08.2025

      06:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      07:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.
      09:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      11:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.
      12:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      14:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.
      14:40 LIVE Велоспорт. Тур Польши. Этап 1. Прямая трансляция.
      20:00 Маунтинбайк. "Гоночные велосипеды", 4 эп.
      20:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия.
      21:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 6 на трассе Хунгароринг, Венгрия. Гонка.
      22:15 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      23:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия.
      01:00 Велоспорт. Тур Польши. Этап 1.
      03:00 Снукер. Чемпионат Великобритании в Йорке. Финал.
      04:30 Велоспорт. Тур Польши. Этап 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga o‘yinlarining internet translyasiyasi haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Professional futbol ligasi yangi tadbirga qo‘l urdi - endi oliy liganing deyarli har bir o‘yini translyasiya qilinadi. Yo‘q, hozircha televideniyeda hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi, barchasi internet orqali amalga oshiriladi.

PFL bu borada Empower Sports kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi va O‘zbekiston chempionati hamda kubogi bahslari Mycujoo.tv sayti orqali translyasiya qilinadigan bo‘ldi. Xo‘sh, bu nimadan dalolat beradi?

Yurtimizda yil sayin ommalashib borayotgan internet tarmog‘i orqali oliy liga o‘yinlari olib ko‘rsatilishidan bizga qanday naf bor? Bu savollarga Professional futbol ligasi marketing bo‘limi mutaxassisi Baxtiyor Mametov atroflicha javob berib o‘tdi.

- So‘nggi yillarda mobil aloqa va internet juda kuchayib ketdi. Shunga monand odamlarning qarashlari ham o‘zgardi, - deydi Baxtiyor Mametov. - Endi futbolni bamaylixotir televizor qarshisida tomosha qilish imkoniyati ancha pasaygan. Shu bois muxlislarni millionlar o‘yini bilan bog‘lab turuvchi vositalar ham o‘zgarmoqda.

Empower Sports kompaniyasi tomonidan berilgan statistikaga asoslanib aytadigan bo‘lsak, ayni vaqtda 40 foiz muxlislar futbolni mobil internet orqali tomosha qilar ekan. Ya’ni, biror ish bilan band bo‘lgan odam bellashuvlarni ko‘rish uchun hamma narsadan voz kechishi shart emas.

Shunchaki, telefoni orqali ham sevimli o‘yinidan bahra olaveradi. Endi bunday imkoniyat o‘zbekistonlik muxlislarda ham bo‘ladi. Oliy liga o‘yinlari Mycujoo.tv sayti orqali videotranslyasiya qilinadi.

EMPOVER SPORTS QANDAY TASHKILOT?

- Avvalo, Empover Sports kompaniyasi qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini batafsil tushuntirib bersangiz?

- Empower Sports futbolni yanada ommalashtirish bilan shug‘ullanadi. Yaxshi bilamiz, ayni vaqtda butun dunyo Yevropadagi kuchli beshlik - Angliya, Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniya chempionatlarini tomosha qiladi.

Ammo boshqa musobaqalar soya ortida qolib ketadi. Masalan, kimdir Belgiya yoki Shvesiya chempionatiga qiziqishi mumkin, biroq uni tomosha qilish imkoniyati juda past. Empover Sports ko‘zlagan maqsad butun dunyoni qamrab olishdan iborat. Bu kompaniya tashkil topganiga endi uch yil bo‘ldi. Biroq mana shu qisqa muddat ichida internet-translyasiyalar bo‘yicha yetakchi o‘rinlarga chiqib oldi.

- Oliy liga o‘yinlarini translyasiya qilish borasida tashabbus kimdan chiqdi? Empower Sports PFLga murojaat qildimi yoki aksincha?

- Bu borada tashabbus OFKga tegishli. Osiyo futbol konfederasiyasi qit’ada futbolni rivojlantirish uchun alohida dasturni amalga oshirmoqda va Empower Sports bilan hamkorlik mana shu dasturning bir qismi hisoblanadi.

OFK bizga oliy liga o‘yinlarini yoritish borasida Empower Sports bilan hamkorlik qi-lishni taklif etdi va biz bu taklifni bajonidil qabul qildik. O‘tgan hafta kompaniya menejerlari Toshkentga tashrif buyurishdi va oliy liga klublari vakillari uchun seminar-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda Mycujoo.tv sayti orqali translyasiya qilish texnikasi batafsil tushuntirildi.

KIM KO‘RSATADI?

- Hozirda aynan qaysi stadionlardan videotranslyasiyalarni amalga oshirish mumkin?

- OFK va Empower Sports o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, oliy liga klublariga translyasiyani amalga oshirish uchun texnika tekinga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgandi. Ammo buning uchun ma’lum talablarni amalga oshirish lozim bo‘lgan. O‘yinlarni maxsus HD kameralar bilan birga so‘nggi avlod telefonlarida ham videoga olish mumkin.

Yaxshi bilasiz, Apple va Samsung kompaniyalari tomonidan chiqarilgan so‘nggi rusumdagi telefonlarning kamerasi professional tasvirga olish imkonini beradi.

Internet-translyasiya uchun ularning sifati yetarli. Empower Sports talabiga ko‘ra, belgilangan muddat ichida o‘z stadionida 4G mobil internet yoki optik tolali internet o‘rnata olgan klublarga ushbu uskunalar tekinga yetkazib berildi.

Bular - «Olmaliq», «So‘g‘diyona», «Paxtakor», «Lokomotiv», «Qo‘qon-1912», «Mash’al» va «Nasaf». Bu klublar  talabni o‘z vaqtida bajarishgani uchun barcha texnika yetkazib berildi va ularning o‘yinini olib ko‘rsatishda muammo bo‘lmaydi.

Shuningdek, «Qizilqum» va «Bunyodkor» o‘z hisobidan uskunalarni o‘rnatish majburiyatini olgan va ularning uy uchrashuvlari ham internetda olib ko‘rsatilishi mumkin. Hozircha shu. Vaqti kelib hamma o‘yin-lar translyasiya qilinishi lozim. Ish shunga qarab ketmoqda.

MUNOSABAT

- Bularning bari yaxshi, albatta. Ammo xalqimizda mushuk tekinga oftobga chiqmaydi, degan naql bor. Ba’zilarning taxmin qilishicha, oliy liga o‘yinlarini videotranslyasiya qilish bukmekerlik idoralariga kerak bo‘lgan ekan...

- Aslo. Bu taxminni bemalol unutishingiz mumkin. Empower Sports ko‘zlagan maqsad aslo bukmekerlik idoralariga xizmat ko‘rsatish emas. Aksincha, kompaniya faqat sportcha maqsadni ko‘zlaydi. Avvalo, bukmekerlik idoralari sportning har qanday turida borligini aytish mumkin. Empower Sports faoliyati esa faqat futbol bilan bog‘liq.

Aslida, Mycujoo.tv domeni ham «toza futbolcha» ma’nosini anglatadi. Xitoyliklar futbolni shunday ataydilar. Yaxshi bilasiz, qadimgi Chin yurtida to‘p bilan o‘ynaladigan futbolga o‘xshash o‘yin bo‘lgan.

Uni mahalliy aholi cujoo deb atagan. Empover Sports sayt domeni nomi shundan olingan. Ko‘rinib turibdiki, kompaniya bor e’tiborini faqat futbolga qaratmoqda.

U e’tibordan chetda qolgan mamlakatlar chempionatini translyasiya qilib beradi va buning evaziga ligalar yoki federasiyalardan haq oladi. Bizning misolimizda translyasiya uchun xizmat haqini OFK to‘laydi.

Qit’ada futbolni rivojlantirish uchun ulkan dastur tuzilgan va Empower Sports bilan hamkorlik mana shu dasturning bir qismini tashkil etadi. O‘rtadagi kelishuvga ko‘ra, hamma xarajatlar OFKning gardanida. Yana bir fakt - Mycujoo.tv orqali nafaqat futbol bahslari, balki millionlar o‘yini bilan bog‘liq barcha tadbirlar va matbuot anjumanlari ham translyasiya qilinadi.

- Ya’ni, boshqa qit’alarda translyasiya haqini federasiya yoki ligalarning o‘zi to‘laydimi?

- Xuddi shunday. Agar ligalar translyasiya qilina boshlansa, tabiiyki, ularga e’tibor ham kuchayadi. Bu esa reklama va homiylardan tushadigan daromad oshadi, degani. Shunday ekan, Empower Sports xizmatiga qiziqish bildirganlar juda ko‘p. Uning asosiy mijozlaridan biri esa Braziliya hisoblanadi. Bu mamlakatning turli ligalari bilan birgalikda ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan chempionati ham translyasiya qilinadi.

Empower Sports ancha jiddiy kompaniya bo‘lib, Shveysariya va Gollandiyada shtab-kvartiralariga ega. Yil o‘tgani sari tashkilotning faoliyat geografiyasi ham kengayib bormoqda. Ayni vaqtda Osiyo, Janubiy Amerika, Okeaniya va hatto Yevropaning u qadar mashhur bo‘lmagan chempionatlari ham translyasiya qilinmoqda. Empower Sports tomonidan olg‘a suriladigan asosiy shior shundaki, «Futbol faqat Yevropadagi kuchli beshlikdan iborat emas». Har bir chempionat muxlislar uchun yoritib berilish huquqiga ega.

KIM KO‘RADI?

- Albatta, bu juda yaxshi tashabbus. Ammo shu o‘rinda yana bir savol paydo bo‘ladi - yurtimizda internet-translyasiya yetarlicha ommalashmagan. Oliy liga o‘yinlari olib ko‘rsatilgani bilan uni tomosha qiladiganlar topilmasa, bundan qanday foyda bor?

- Bu savolingizga shunday javob berish mumkin - televideniye endi tashkil topilganda uni tomosha qiladiganlar ham ko‘p bo‘lmagan. Ammo bugungi kunda hayotimizni TVsiz tasavvur eta olmaymiz. Internet-translyasiya haqida ham xuddi shunday gap aytish mumkin. Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda va ertaga nima bo‘lishini hech kim aytib berolmaydi.

Shunday ekan, bugungi ishlar kelajak uchun poydevor bo‘lishini bemalol ta’kidlay olamiz. O‘z navbatida, Mycujoo.tv orqali amalga oshiriladigan translyasiyani nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham tomosha qilish imkoni borligini unutmaylik. Hozir ko‘plab yurtdoshlarimiz chet elda mehnat qilishmoqda yoki o‘qishmoqda. Tabiiyki, ular ham oliy liga bahslarini tomosha qilishni istashadi. Empower Sports esa mana shunday imkoniyatni yaratib bermoqda.

Shuningdek, e’tiboringizga yana bir faktni havola etmoqchiman. Biz Empower Sports bilan bir yildan buyon muzokara o‘tkazib kelmoqdamiz va o‘tgan mavsum «Qizilqum»-«Lokomotiv» hamda joriy yilda «Lokomotiv» - «Metallurg» o‘yinlari translyasiyasini sinov tariqasida amalga oshirdik. E’tiborli tomoni, garchi biz hech kimga ma’lum qilmagan bo‘lsak ham, o‘yinlarni 13700 muxlis kuzatib borgan.

Endi birozgina reklama ishlari amalga oshirilsa, natija qanday bo‘lishini tasavvur qilavering. Yurtimizda hozir ham internet rivoji yomon emas. Har holda oliy liga translyasiyalari boshlansa, tomosha qiladiganlar topilsa kerak. Empower Sports boshlagan ish kelajakda, albatta, o‘z mevasini berishiga ishonaman. Hozir ham uyiga cheklanmagan internet o‘rnatganlar bisyor.

AGENTLIK XIZMATI

- Empower Sports translyasiyalarining zaxiralari masalasi qanday? Aniqrog‘i, eski o‘yinlar ma’lumotlar bazasida saqlanib qoladimi?

- Albatta. Empower Sports cheklanmagan resursga ega. Har qanday o‘yinni xotiradan topib, o‘zingiz uchun yuklab olishingiz mumkin. Nafaqat uchrashuvlar, balki har bir bahs statistikasi va xavfli vaziyatlari ham alohida yuklanadi. Bu esa turli qulayliklarni keltirib chiqaradi. Aytaylik, biror futbolchimizni xorij klublariga tavsiya qilmoqdamiz.

Endi o‘sha o‘yinchining o‘yinlari yozilgan disklarni jo‘natish shart bo‘lmaydi. Shunchaki, Mycujoo.tv saytiga kirib, muayyan jamoa ishtirokidagi uchrashuvlarni ko‘rib chiqishning o‘zi kifoya.

Boz ustiga, statistika ham tayyor holatda berib boriladi. Bu esa futbolchilarning chetga chiqishida yordam berishi muqarrar. Aytish mumkinki, Empower Sports orqali agentlik xizmatini olib borish ham ancha osonlashadi. Hozir bizdan talab qilinayotgan narsa - boshlangan ishni oxiriga qadar yetkazish. 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:05, 21.08.2017. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 7
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.