Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirko Yelichich: «Ko‘p holatlarda bunday holatga penalti berilmaydi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Navbahor"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Istalgan odam bu o‘yinni ko‘rsa, “ha, ikki gol urib, oson yutdi”, deyishi mumkin. Bu o‘yinni tahlil qilish qiyin. Jamoamdan minnatdorman. Ular yaxshi kurashishdi. Bizga shunchaki vaziyatlardan foydalanish yetishmayapti. Bu borada ishlashimiz kerak. Bunda hujumchi ham kerak. Lekin o‘yin borasida ko‘plab ijobiy holatlarni ko‘rdim. Faqat natija qoniqarli bo‘lmadi.

— “Navbahor” ikki gol urib olgandan keyin e’tiborni himoyaga qaratdi. Tabiiyki, “Lokomotiv” hujumkorlikni oshirdi. Menimcha, bugun jamoa hech bo‘lmaganda bir golga loyiq edi. Bu gol uchun nima yetishmadi?

— Mashg‘ulotda gol ursangiz, bu o‘yinda ham bo‘ladi degani emas. Menga himoyadagi to‘p bilan o‘yinimiz ma’qul keldi, ammo to‘psiz o‘yinimiz yoqmadi. Ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik va bu o‘yin taqdirini hal qildi. Bu o‘yin boshidayoq sodir bo‘lgani afsuslanarli. “Navbahor” futbolchilarida tezlik bor va ular bundan foydalanishadi. Balki bu ba’zan zararga ham ishlashi mumkin. Ular har bir o‘yinni shunday boshlashmoqda. O‘zimizga kelsak, biz to‘pni ushlab turish orqali o‘yinni nazorat qilishni istaymiz. Raqib himoyaga yotib olsa, bu bizga qiyinchilik tug‘diradi. Bu holatni ham ko‘rib chiqish kerak.

— Penalti haqida nima deya olasiz?

— Bu holatni o‘sha paytda ko‘rmadim, lekin o‘yindan keyin ko‘rib chiqamiz dedik. Futbolchimiz aytishicha, bu juda kichik vaziyat va ko‘p holatlarda bunday holatga penalti berilmaydi. Hakam bu yerda 100 foiz aniq qaror chiqaradi, deb o‘ylagandim.

— Siz o‘z vaqtida Temur Kapadzega murabbiylik qilgansiz. Uni ramziy jamoangizga ham kiritgansiz. Kapadzening futbolchilik va murabbiylik salohiyatini qanday baholaysiz?

— Temur futbolchilik paytidayoq murabbiy edi. O‘sha vaqtlarda ham oldimga kelib, ko‘p holatlarda men bilan bahslashardi. O‘shanda unga: “Murabbiy bo‘lsang, bemalol shunday qilaver”, degandim. O‘yingacha ham o‘ziga yarasha taktikalar qilardi. Uning murabbiylik salohiyatini natijalardan bilish mumkin. Biroq jamoa ichida qanday ishlayotganini bilmayman. Uning jamoalari yomon emas. “Olimpik” yaxshi jamoa edi, terma jamoa ham chiroyli o‘yin namoyish qildi. U o‘z ishini yaxshi biladi. Temurga keyingi faoliyatiga omad tilayman.

— Islombek Baratov va Muhriddin Zoirovga yetarlicha o‘yin amaliyoti berilmayapti.

— Zoirovda hali o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat va vaqt yetarlicha. Oldimizda ikkita vazifa bor: jamoa yaxshi natijalar qayd etishi kerak, jamoa oldinga qadam tashlashi kerak. Bunda yosh futbolchilarning ham o‘rni katta. Biror futbolchi boshqa joyga borib, darhol o‘zi istagandek o‘yin ko‘rsata olmaydi. Chunki oldingi jamoasida boshqacha uslubda o‘ynagan. Muhriddin Zoirov haqida o‘tgan hafta gapirgandim. Temurxo‘ja Abduxoliqov hozir yaxshi holatda va uni nega almashtirishim kerak? Baratov esa bungacha “Mash’al”da o‘ynagan. Hozir uslub boshqacha va bu unga qiyinchilik tug‘diryapti. Islom — yaxshi futbolchi, uning o‘yini menga yoqdi. Shunchaki bizda hozir uning pozisiyasi uchun boshqa variantlar bor.

— “Bunyodkor” bilan derbidan keyin Abdulloh Yo‘ldoshev bilan bo‘lgan holat haqida gapirsangiz. Bu jamoaning boshqa futbolchilariga qanday ta’sir qildi?

— Uning kayfiyati juda yaxshi. Murabbiylar shtabi va rahbariyat futbolchi bilan gaplashib oldik. Yosh futbolchilar, ularda bunday qiziqqonlik bo‘lib turadi. Shunchaki bu holatga boshqa shaxslar ham aralashib ketgan. Ikki yosh yigit tortishib qolsa, buni tushunish mumkin. Lekin bunga yoshi kattalar aralashsa, buni assosiasiya ko‘rib chiqishi kerak. Bu aslida chiroyli holat emas. Lekin yoshi kattalarning aralashgani ishni yanada xunuklashtirgan. Bunday bo‘lishi kerak emasdi. Ikki futbolchi ham o‘ziga yarasha dars olgan. Futbol ham oila kabi — bu yerda ham xatolar bo‘lib turadi. Muhimi, bu xatodan xulosa chiqarish. Umid qilamanki, u bundan xulosa olgan.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:28, 18.04.2026. O'qildi: 442 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик