Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2018 saralash o‘yinlariga chaqirilgan futbolchilarni e’lon qildi.
Xususan, «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe taklif qilinganlar ro‘yxatiga kiritildi, ammo «Borussiya» D yarimhimoyachisi Usmon Dembele chaqiruv olmadi.
To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
Darvozabonlar: Alfons Areola («PSJ»), Stiv Mandanda («Marsel»), Ugo Lyoris («Tottenhem Hotspur»).
Himoyachilar: Luka Din («Barselona»), Kristof Jalle («Nissa»), Presnel Kimpembe («PSJ»), Loran Koselni («Arsenal»), Leyvin Kurzava («PSJ»), Samuel Umtiti («Barselona»), Rafael Varan («Real»), Jibril Sidibe («Monako»).
Yarimhimoyachilar: Pol Pogba («Manchester Yunayted»), N’Golo Kante («Chelsi»), Blez Matyuidi («Yuventus»), Adriyen Rabio («PSJ»), Korantin Tolisso («Bavariya»), Toma Lemar («Monako»).
Hujumchilar: Kingsli Koman («Bavariya»), Aleksandr Lyakazett («Arsenal»), Olivye Jiru («Arsenal»), Kilian Mbappe («Monako»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Nabil Fekir («Lion»), Florian Toven («Marsel»).
Fransiya terma jamoasi JCH-2018 saralashida Niderlandiya (31 avgust) va Lyuksemburg (3 sentyabr) bilan bellashadi.