Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba.

  • CAFA Nation's Cup
      • 08.09.2025 17:00
      • O'mon
      • 1:1
      • Hindiston
      • 08.09.2025 19:30
      • O‘zbekiston
      • 1:0
      • Eron
  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 09.09.2025 05:00
      • Kolumbiya
      • -:-
      • Boliviya
      • 09.09.2025 05:00
      • Urugvay
      • -:-
      • Peru
      • 09.09.2025 05:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Chili
      • 09.09.2025 05:00
      • Paragvay
      • -:-
      • Ekvador
      • 09.09.2025 05:00
      • Argentina
      • -:-
      • Venesuela
      • 10.09.2025 04:00
      • Ekvador
      • -:-
      • Argentina
      • 10.09.2025 04:30
      • Boliviya
      • -:-
      • Braziliya
      • 10.09.2025 04:30
      • Venesuela
      • -:-
      • Kolumbiya
      • 10.09.2025 04:30
      • Peru
      • -:-
      • Paragvay
      • 10.09.2025 04:30
      • Chili
      • -:-
      • Urugvay
  • Superliga
      • 10.09.2025 19:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 20 43
2 Neftchi 20 42
3 Dinamo 20 38
4 OKMK 20 37
5 Paxtakor 20 36
6 Bunyodkor 20 35
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 20 26
9 Surxon 20 23
10 So‘g‘diyona 20 21
11 Andijon 20 21
12 Xorazm 20 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 20 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

20-тур Sho‘rtan 3-3 Navbahor
20-тур So‘g‘diyona 1-1 Dinamo
20-тур Neftchi 3-0 Mash’al
20-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
20-тур Andijon 2-6 Paxtakor
20-тур Qizilqum 1-1 Bunyodkor
20-тур Surxon 1-2 Nasaf
20-тур OKMK 3-1 Xorazm

Navbatdagi o'yinlar.

10/09/25 Nasaf - Buxoro
11/09/25 Mash’al - Sho‘rtan
12/09/25 So‘g‘diyona - OKMK
12/09/25 Dinamo - Andijon
12/09/25 Navbahor - Surxon
13/09/25 Qo‘qon-1912 - Qizilqum
13/09/25 Paxtakor - Neftchi
14/09/25 Bunyodkor - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3786 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1581 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.09.2025

      06:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Уругвай - Перу.
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      12:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Парагвай - Эквадор.
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      16:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      18:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Бразилия - Чили.
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      00:00 Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Колумбия - Боливия.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      03:55 "Третий тайм". Константин Шильцов.
      04:20 LIVE Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Чили - Уругвай. Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.09.2025

      05:30 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Спринт.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      09:35 "Страна спортивная".
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Мужчины. Блочный лук. Прямая трансляция.
      12:00 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
      14:20 Д/ф "Куртуа. Возвращение", 3 с.
      14:55 "Культовые".
      15:25 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета.
      17:15 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Мужчины. Одиночная эстафета.
      19:00 Бильярд. BetBoom Пул чемпионов в Москве.
      20:40 "Тайны звёзд спорта".
      21:10 "Сюрпляс".
      21:40 Московские экстремальные игры 2025.
      22:35 Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Мужчины. Блочный лук.
      00:50 "Культовые".
      01:20 Летний биатлон. Альфа-Банк Кубок Содружества. Этап 1 в Сочи. Женщины. Одиночная эстафета.
      03:10 Плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Финалы.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.09.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Регби. Pari Кубок России. Финал. "Локомотив-Пенза" - "Стрела-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      09:55 LIVE Стрельба из лука. Чемпионат мира в Южной Корее. Мужчины. Блочный лук. Прямая трансляция.
      12:00 Специальный репортаж.
      12:20 Профессиональный бокс. Султан Ибрагимов против Эвандера Холифилда.
      13:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 Д/ф "Инал Тасоев. Петербургский вайб".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Астрахань" - "Легион" (Махачкала). Прямая трансляция.
      19:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:15 Смешанные единоборства. UFC 314 в Майами, США. Александр Волкановски против Диего Лопеса.
      21:15 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Спартак" (Москва) - "Динамо" (Минск). Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:00  Х/ф "Воин".
      02:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:55 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Отборочный турнир. Эквадор - Аргентина. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.09.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 15. Вегадео - Монфорте-де-Лемос.
      07:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      08:00 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      09:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MX2. Гонка 1.
      09:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MXGP. Гонка 1.
      10:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MX2. Гонка 2.
      10:45 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 18 на трассе Афьонкарахисар, Турция. Класс MXGP. Гонка 2.
      11:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 15. Вегадео - Монфорте-де-Лемос.
      12:30 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Женщины. Даунхилл.
      13:15 Маунтинбайк. Чемпионат мира в Вале, Швейцария. Мужчины. Даунхилл.
      14:00 Теннис. US Open. Женщины. Финал. Арина Сабаленка - Аманда Анисимова (США).
      15:15 Теннис. US Open. Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Карлос Алькарас (Испания).
      16:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 15. Вегадео - Монфорте-де-Лемос.
      17:30 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 16. Пойо - Мос. Прямая трансляция.
      21:00 Теннис. US Open. Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Карлос Алькарас (Испания).
      23:00 Парусный спорт. The Ocean Race Europe. "На борту", 9 эп.
      23:30 Конный спорт. "Большой шлем" в Калгари, Канада. Конкур.
      00:30 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Обзор.
      01:30 Водно-моторный спорт. Формула-1 на воде. Чемпионат мира. Этап 1 на озере Тоба, Индонезия. Обзор.
      02:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 8 во Вроцлаве, Польша. Обзор.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 16. Пойо - Мос.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanovdan tahlil: Usmon Dembelening transfer qiymati qanchalik mos?

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Usmon Dembelening «Borussiya»dan «Barselona»ga transferi qiymati futbol olamida o‘ziga xos rezonans keltirib chiqardi. Yevropa chempionati va Chempionlar ligasi finalida to‘p surgan, «A» Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgan Pol Pogbaning narxi atigi bir yil oldin 105 million yevroni tashkil qilganda, anchagina shov-shuv ko‘targan media, xuddi shu summa atigi bir yil yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatgan yosh Usmonga to‘langanida tilini tishladi. Axir transfermarketdagi qiymati 33 million ko‘rsatilgan o‘yinchi uchun +70 million to‘lanishi ham rekord ko‘rsatkich. Rostdan ham «Barselona» aqldan ozdimi? Futbol qayerga qarab ketyapti?

Keling, bunday keskin savollardan qochaylik-da, ushbu transferni tahlil qilishga harakat qilib ko‘raylik. Ana shunda, vaziyat biz o‘ylagandan ko‘ra, ancha tushunarli ekanini ko‘ramiz.

Avvalo, shuni aytish kerakki, Dembelega go‘yoki, katta mablag‘ to‘langani «Barselona» rahbarlarining xatosi emas. Kataloniyaliklar avvalroq, so‘nggi ikki yildagi tushunarsiz transfer siyosati bilan xatoni qilib ulgurgandilar. Neymarning ketib qolishi, Dani Alveshga o‘rinbosar topilmagani, ayniqsa, Dembele va Koutinyoning transferlarining cho‘zilib ketishi klubning imijiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatayotgandi. Dembele transferining yakuniga yetkaza olmaslik «Barselona»ning obro‘-e’tibori uchun juda katta zarba bo‘lar edi. Narigi tomonda esa, futbolchining sotilishini umuman istamayotgan va shu tufayli «og‘ziga siqqanini» so‘rayotgan «Borussiya» turibdi. Nemis futbolini yaqindan bilganlarning aytishicha, bundesliga klublari uchun bunday transferlar prinsipial ahamiyatga ega ekan — odatda, ular futbol yulduzlarini boshqa ligalarga sotishni istashmaydi, undan ko‘ra, «Bavariya»ga berib yuborishni afzal bilar ekanlar.  Buning ustiga Dembele uchun to‘langan summaning 25 foizi futbolchining avvalgi klubi «Renn»ga ketadi. Bu omil ham narx oshishida ahamiyat kasb etgan.

«Barselona» Dembele uchun to‘lagan biroz ortiqcha summa (har bir inson ortiqcha summa qancha ekanini o‘zi uchun belgilab olaversin) dortmuntliklarni ko‘ndirish va «Barselona»ning imijini saqlab qolish to‘lov, shuningdek, avvalgi xatolari uchun kompensasiya deb tushunish mumkin.

Endi transferning moliyaviy tomoniga to‘xtalamiz. Odatda, jamoatchilik transfer qiymati deganda, aynan oldi-sotdi bo‘layotganda bir klub ikkinchisiga to‘lagan summasi nazarda tutiladi va aynan shu summa tilga olinadi. Ammo vaziyatga klub nuqtai nazaridan qaraganda, unday emas. Klub uchun ma’lum futbolchining narxi - futbolchi klubda o‘ynayotgan davrda unga qilingan xarajatdir.

Tushuntirish uchun bir necha yil oldingi bir holatni eslataman. Toni Kroosning «Bavariya»dan «Real»ga, Ander Erreraning «Atletik»dan «MYU»ga o‘tishi bir vaqtga (yildan yilga o‘zgarayotgan bozor tufayli, ayni bir paytda amalga oshirilgan transferlarni misol qilinyapti) to‘g‘ri kelgandi. Kroosning narxi 25 million yevra, Errera uchun esa, 35 million yevro to‘langandi. Albatta, ko‘pchilik hayron bo‘lgan. Axir Kroos har tomonlama Erreradan kuchli, tajribali sanalar edi.

Gap shundaki, nemis futbolchisining «Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga bir yil qolgandi. O‘z o‘zidan Kroosning narxi past bo‘lgan. O‘z navbatida, Kroosning «Bavariya»dagi maoshi katta bo‘lgani, «Real» «Bavariya»ga kamroq pul to‘laganini e’tiborga olgan holda, futbolchining Madriddagi maoshi aynan shu nyuanslardan ham kelib chiqqan. Natijada «Real» Kroosga bir yilda 12 million yevro maosh to‘lashga rozi bo‘lgan. Errera esa, ancha kichikroq klub futbolchisi edi, tabiiyki, uning yillik maoshi past bo‘lgan. Shartnoma muddatining kattaligi esa, transfer qiymatini oshirib, maoshni pasaytirgan. Chunki klub transfer uchun pul berayotganda, yuqorida aytganimdek, futbolchi uchun qilinadigan umumiy xarajatni e’tiborga oladi.

Endi hisoblasak, «Real» Kroos uchun 4 yilda 48 million maosh to‘laydi. Tranfer qiymatini qo‘shsak, 25+48=73 million yevro. Ander Erreraning Manchesterdagi maoshi bir yilda 3 millionni tashkil qilgan. Demak, «Manchester Yunayted» Erreraning 4 yil klubda o‘ynashi uchun 35+12=47 million yevro sarf qiladi. (Albatta, klub futbolchining maoshini oshirgan holda, yangi shartnoma tuzishi, ya’ni muddatni uzaytirishi mumkin).

Kroos 73 million, Errera 47 million — klublar tomonidan qaraganda, aynan mana shu summalar futbolchining real narxi. Biz esa, Errera Kroosdan ko‘ra qimmatga olingan deb, istalgancha baqirib yurishimiz mumkin.

Endi mavzuga qaytamiz va Usmon Dembelening aslida 60 million yevroga baholanayotgan Sanchesdan arzon ekanini isbotlaymiz.

Dembelening transfer qiymati tanqid qilinayotganda, aynan mana shu omil — Di Mariya, Aleksis Sanches kabi futbolchilarning arzonroq ekani, Dembelening yarim puliga «Barselona» ularni sotib olishi mumkin bo‘lganini aytishdi. Rostan ham, agar futbol nuqtai nazaridan, aynan joriy mavsumni e’tiborga olib qarasak, shundaydir. Lekin «Barselona» bosh murabbiyi Dembeleni tanladi, narxdagi tavofutni esa, hozir yo‘qqa chiqaramiz.

Usmon Dembelening «Borussiya»dagi maoshi haftasiga taxminan 80 ming yevro, bir yilda u 4 million yevroga yaqin oladi. Dembelening Dortmund klubi bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo‘ljallangan edi, demak, «Barselona» uni sotib olayotganda, Dembelening narxini oshirgan sabablardan biri shu. O‘z navbatida, bu omil tufayli katta summani «Borussiya»ga to‘lagan «Barselona» Dembelening maoshini belgilashda, uning eski maoshidan kelib chiqqan holda kelishuvga erishishga harakat qiladi. Usmon uchun muhimi, avvalgi shartnomasidan ko‘ra kam pul olmaslik. Taxmin qilish mumkinki, Dembelening «Barselona»dagi maoshi ikki barobar oshgan oshgan taqdirda ham 8 million yevroni tashkil qilishi mumkin, xolos.

Di Mariya Parijda yiliga 10 million yevro, Sanches Londonda yiliga 12 million yevro maosh oladi. Ushbu futbolchilarning klublari bilan joriy shartnomalari tugab bormoqda. «Arsenal» va PSJ yakunda ularning erkin agentga aylanib, bepulga ketib qolishlarini oldini olish maqsadida, kamroq narxga ham sotishga rozi bo‘lishlari tabiiy. Lekin o‘z navbatida, transfer qiymatining kamligi ushbu futbolchilarning «Barselona» bilan muzokaralar stolida «ko‘zir» bo‘lib xizmat qiladi va ularning maoshlari Dembeleniki bilan bir xil bo‘lmaydi. Misol uchun, hozir Sanches «Arsenal»dan yiliga 20 million yevro talab qilmoqda.

Aytaylik, Sanches 60 million yevroga sotib olindi va u Barselonada 14 million maoshga rozi bo‘ldi. Uning «Barselona»da 4 yil o‘ynashi klubga 60+56 = 116 millionga tushadi. Usmon Dembele esa, klubga 105+32=137 million yevro.

Baribir qimmatmi? Yo‘q, endi bu yerga Usmonning atigi 19 yoshda ekani, ya’ni 4 yildan keyin u 23 yoshda bo‘lishini e’tiborga oling. Uch yil o‘tib, agar «Barselona» Dembeleni 21 millionga sota olsa, u «Barselona»ga xuddi Sanches kabi, 116 millionga tushgan bo‘ladi xolos, to‘g‘rimi? Bugungi bozor narxlariga qaraganda, 21 million siz uchun ham chaqa bo‘lib ko‘rinmoqda, aslida Dembele ancha qimmatga sotilishi va «shartli Sanches»dan ikki  barobar arzonga tushishi aniq. Chunki Sanches ham, Di Mariya ham 29–30 yoshda. Katta ehtimol bilan, «Barselona» bu futbolchilarni keyinchalik qayta sotib, ularga qilingan umumiy transfer xarajatini kamaytira olmaydi.

Demak, vaziyatga chuqurroq qaraganimizda, boshqa futbolchilar bilan solishtirishda va aynan ushbu yilgi transfer bozoridagi shartlarda ushbu transfer u qadar qimmat ko‘rinmayapti. Shveysariyaning Cies nomli tadqiqotchisining hisob kitobiga ko‘ra ham, Dembelening 2017 yil iyul holatiga bozor narxi ham 90 million yevro atrofida ekan.

Albatta, aslida bu transfer qanchalik foydali yoki foydasiz ekanini futbol maydonidagi voqealar rivoji ko‘rsatadi. Demlebe kelajakda jamoaning haqiqiy yulduziga aylanishi va transfer narxi barchaning yodidan chiqib ketishi yoki aksincha bo‘lib, bu summa butun umr futbolchini ta’qib qilishi mumkin. Eng muhimi, bu bizning ko‘z o‘ngimizda, adolatli shartlarda sodir bo‘ladi. Shuning uchun futbolni yaxshi ko‘ramiz.

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 16:01, 26.08.2017. O'qildi: 6811 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 11
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 Сурхон Rustam Turdimurodov 6
10 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.