Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» muammolarining yechimi Paulinyomi yoki Koutinyo?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» birinchi marta Xitoy chempionatida to‘p surayotgan futbolchini xarid qildi.

«Barselona»dagi braziliyaliklar qanday bo‘lishadi?

Kataloniya klubida turli davrlarda mashhur braziliyaliklar to‘p surishgan.

Ronaldinyo, Ronaldo, Rivaldo, Romario, Dani Alves va Neymar - megayulduzlar. Silvinyo, Adriano, Rafinya, Edmilson, Maksvell hamda Sonni Anderson - ajoyib futbolchilar, ammo ularni afsonalar safiga qo‘shish qiyin.

Ibragimovichning do‘sti ham faoliyati davomida qo‘lga kiritgan sovrinlari tufayli ikkinchi darajalilar ro‘yxatida ajralib turadi - gap Maksvell haqida ketmoqda. Umuman, omadsiz transferlardan biri sifatida Duglasning xaridini ham tilga olish mumkin.

Ko‘rib turganingizdek, Paulinyo ikkinchi darajalilar qatoriga kiradi. Hattoki, Koutinyoni ham Ronaldinyo toifasiga kiritib bo‘lmaydi. Neymar qo‘ldan chiqarildi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: Inyesta yoki Rakitichning o‘rniga Paulinyoni qo‘yish samara keltiradimi?

Braziliyalik yarim himoyachi Xitoyda muntazam maydonga tushdi, ammo liganing darajasi haminqadar. Qolaversa, «Tottenxem»ni tark etayotganida unga grandlar qiziqish bildirishmadi. Nahotki, 29 yoshli futbolchining o‘yini Xavi va Inyesta bilan bog‘liq shirin xotiralarga yakun yasash uchun yetarli bo‘lsa?

Paulinyo iqtidorsiz, ammo xarakterli futbolchimi?

Braziliyalik yarim himoyachini kuchsiz deyish qiyin, chunki u ancha shijoatli - jismoniy formasi joyida bo‘lgan kezlari yakkakurashlarda ustunlikni hech kimga bermaydi.

Yaya Turedan keyin «Barselona» safida bunday futbolchi ko‘rinish bermagandi. Ta’kidlash joizki, Paulinyoning Yevropani pullar uchun tark etgani o‘ziga xos ogohlik qo‘ng‘irog‘iga aylanishi tabiiy. Konte singari murabbiylar bunday o‘yinchilarni o‘z jamoalarida ko‘rishga oshiqmaydilar va ko‘pincha adashmaganliklari oydinlashadi.

Ta’bir joiz bo‘lsa, ikkinchi Vitsel hozir Xitoydan «Barselona»ga yo‘l oldi. Zero Paulinyo «Tottenxem»­dagi bitta yaxshi mavsumdan so‘ng kuchli darajada futbol o‘ynamagan. Unda mahorat va xarakter yetarli, ammo «ko‘hna qit’a»ning yetakchi ligalarida yulduzlik darajasiga chiqar darajada iqtidorga ega emasdek.

Paulinyoning faoliyati Vilnyusda boshlangan, ke­yinchalik Polshaning Lodzesida to‘p surdi. So‘ngra «Korintians» va mamlakat termasiga qo‘shilishidan oldin Braziliyaning quyi divizionlarida o‘ynadi. Paulinyoning ikki karra Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgani tahsinga sazovor, ammo bu 29 yoshli futbolchining «Barselona»ga o‘tishi uchun yetarlimi?

Qaysi chiziqda to‘p surib, «Barsa»ga qanday yordam berishi mumkin?

Inyestaga o‘rinbosar qidirish chog‘ida xayolingga Koutinyo, Alli, Azar, Eriksen kabi nomzodlar keladi. Busketsga hamrohlik qila oladiganlar qatoriga Verrattini kiritish mumkin.

Ammo yakunda Paulinyoni xarid qilasan. Braziliyalik yarim himoyachining «Barselona»ga o‘tishi haqida dast­labki xabarlar chiqqan paytda ko‘pchilik shu tariqa kataloniyaliklar Arda Turonni Xitoyga sotmoqchi ekanligini taxmin qila boshladi.

Transfer yangiliklariga shunday munosabat bildirilayotgan pallada haqli savol tug‘iladi: Paulinyoning o‘yin darajasi Valverde va «Barselona» talablariga mos tushadimi?

Aytishlaricha, bosh murabbiy Verrattini xarid qilish fikrini yoqlab chiqqanida, unga «Ernesto, ortiqcha gapirmang», deb og‘zini yumishgan ekan.

Natijada, xitoyliklar ikki yil avval «Guanjou Evergrand»ga 14 million yevro evaziga qo‘shilgan futbolchini sotish orqali foyda ko‘rishdi. Demak, «Barselona» Chin yurtidagilarni ko‘ndirish uchun deyarli uch baravar ko‘proq pul to‘lagan. Albatta, Paulinyo Urugvay termasiga qarshi kechgan bahsda «selesao» safida «xet-trik» qayd etdi. Ammo bu so‘nggi olti yil mobaynida milliy jamoada urgan 10ta golidan 3tasi, xolos.

Uning klubdagi ishtiroki samarali, zarbasi binoyidek, penalti tepish mas’uliyatidan cho‘chimaydi. Ammo Paulinyo aniq uzatmalar bo‘­yicha o‘ttiz yoshli forvard Chjan Venchjaodan ortda qoldi. Endi braziliyalik yarim himoyachi to‘p surgan chempionat darajasini o‘zingiz tasavvur qilavering.

Xo‘sh, u haftasiga ikki marta maydonda astoydil javlon urishga tayyormi? Agar shunday bo‘lsa, asosiy tarkibdan Rakitich yoki Inyestani siqib chiqarishi lozim. «Barselona»ning 4-2-2-2 taktik sxemasiga o‘tish ehtimoli yo‘q emas.

Shunda tayanch nuqtasida Paulinyo va Buskets, sal oldinroqda Inyesta va Messi, forvardlar chizig‘ida esa Dembele va Suares o‘ynashi mumkin.

Natijada, braziliyaliklardan iborat «Barselona»ga asos solinadi. Ammo shunday uslub uchun yaralgan Neymarsiz jamoaning ishlari qovusharmikan? Yoki Koutinyo kelgach, 4-3-3 sxemasi tanlanib, markazda Buskets, Filipe hamda Paulinyo to‘p surishadimi?

Paulinyoning ortidan Koutinyo va Dembele kelishadimi?

«Liverpul» Koutinyoni sotishdan bosh tortmoqda, ammo YECHL «pley-off» bosqichi doirasidagi «Xoffenxaym»ga qarshi bahs qaydnomasida braziliyalikka joy topilmadi - demak, kataloniyaliklarda kichik bo‘lsada imkoniyat saqlanib turibdi.

Axir Neymar ketganidan so‘ng vujudga kelgan katta bo‘shliqni janob Bartomeu yirik mablag‘ga Paulinyo va Dembeleni sotib olish hisobiga to‘ldirmoqchi. Biri maydon markazida jismoniy baquvvat o‘yinchilar soni ortishi uchun ushbu chiziqdan joy oladi. Usmon esa hujumning chap qanotida o‘ynaydi.

Ikki futbolchi uchun 140 million yevro sarflanadi, shuningdek, 100 milliondan kamiga tushmaydigan Koutinyo uchun kurash davom etadi. Shunda «Barselona»ning maydon markazidagi kvarteti Paulinyo, Buskets, Messi va Koutinyo hisobiga tashkil bo‘ladi. Hujumda Suares hamda Dembele o‘ynashadi.

Semeduning ham borligi inobatga olsak, to‘rtta pozisiyada yangilangan tarkib vujudga keladi. Ammo bu o‘zgarishlar Alves, Neymar va Inyestaning yo‘qligini bildirmaslik uchun yetarli bo‘larmikan?

Braziliyaliklar «PSJ»ga ko‘chib o‘tishdi, Andres esa butun mavsumni yuqori darajada o‘tkaza oladimi-yo‘qmi, degan savol bor. Chunki uning 2017 yilgi ishtiroki xavotirga solishi tayin.

Albatta, kelayotgan futbolchilar yomon emas. Hattoki, juda mahoratli. Ayniqsa, «Liverpul», «Tottenxem» yoki «Borussiya» Dortmund singari jamoalar uchun. Ammo yuqorida nomi keltirilganlarning hech biri yorqin yulduz darajasida emaslar.

«Barselona»ning Belyerin, Verratti va Dibala uchun kurashib, yakunda Semedu, Paulinyo hamda katta ehtimol bilan Dembeleni sotib olishi kishini sergaklantiradi. Bu yoqda Koutinyo kelmoqchi, ammo ro‘yxatda dastlab tilga olingan futbolchilar «Barselona» safiga qo‘shilishmadi.

«Tottenxem» zaxira o‘rindig‘iga mustahkam joylashib olgan Paulinyo Xitoyga yo‘l oldi, ikki yildan so‘ng esa Kataloniyaga yo‘l olmoqda.

Yangi jamoasida unga Andre Gomesh raqobatchilik qiladi. Nima ham derdik, o‘tgan hafta start olgan mavsum barcha savollarga javob beradi: Bartomeu dahomi, omadlimi yoki so‘nggi qarorlari tufayli layoqatsizga aylanadimi?!

Paulinyo va uning «Barselona»ga o‘tishi haqida qiziqarli faktlar

- dastlab mini-futbol o‘ynagan Paulinyo katta futboldagi faoliyatini 18 yoshida «Vilnyus»da boshlagan. Jamoada moliyaviy muammolar paydo bo‘lgach, Belarusning «Neman» klubida to‘p surgan braziliyalik yarim himoyachi oxir-oqibat yaroqsizga chiqib qoldi;

- Paulinyo Litva, Polsha, Braziliya, Angliya va Xitoyda to‘p surgan. Chempionlar darajasidagi klubda atigi ikki yil o‘ynagan - «Korintians» bilan Libertadores kubogi sohibiga aylangan;

- «Tottenxem»ning asosiy tarkibida bir mavsum to‘p surgan. Yangi bosh murabbiy Pochettino uni o‘z rejalariga kiritmagach, braziliyalik futbolchi zaxira o‘rindig‘iga «mixlangan»;

- Paulinyo 14 million yevro evaziga Xitoyga ko‘chib o‘tgach, maoshi deyarli ikki barobar oshdi. Mukofot pullarini hisobga olmaganda 5 million yevro ola boshladi;

- Skolari va Xitoydagi sarguzashtlari evaziga Paulinyo Braziliya termasiga qaytdi. 2013 yili «selesao» tarkibidagi o‘yinlarining 40 foizini o‘tkazgandi. Uning xalqaro maydondagi tajribasi u qadar salmoqli emas;

- Paulinyo JCH-2014da Germaniya termasiga qarshi to‘p surgan - tanaffusda so‘ng zaxiradan o‘yinga qo‘shilgandi. Shundan so‘ng Shyurrle yana ikkita gol urgach, braziliyaliklar 1:7 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Qahramonimiz jamoasiga yordam berolmadi;

- «Barselona» uning uchun xitoyliklarga 40 million yevro to‘ladi. Vaholanki, Chin yurti vakillari ikki yil avval Paulinyoning transferiga ikki barobar kamroq mablag‘ ajratishgandi. «Real»besh nafar o‘yinchi - Asensio, Marselo, Kazemiro, Lukas Vaskes hamda Sebalyos uchun 35 million yevro sarfladi. Ushbu ro‘yxatga shuningdek, Karvaxalni ham qo‘shish mumkin. Chunki uni 5 millionga sotib, so‘ngra 6,5 «limon»ga ortga qaytarishgandi. Demak, farq atigi 1,5 million yevroga teng;

- Zidan qo‘l ostidagi jamoaning asosiy tarkib vakillari - Marselo, Karvaxal va Kazemiro «Real»ga 19 mln. yevroga, ya’ni Paulinyodan ikki barobar kamroqqa tushgan. Bu kabi transferlarda bir to‘xtamga kelish darkor: yo u o‘ta ahmoq yoki haqiqiy daho.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:33, 28.08.2017. O'qildi: 10845 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик