Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Brentford

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Krishtianu Ronaldu: "Yigitlar, so‘rovnomada adashmadingiz!"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» klubi va Portugaliya milliy jamoasi Krishtianu Ronaldu o‘z kolleksiyasidagi «Kumush futbolka»lar sonini 3taga yetkazgach, jurnalistlar bilan rasmiy uchrashuvda g‘oyat xushchaqchaq ko‘rindi.

Yaqqol sezilib turdiki, unga Monako safari juda yoqadi - sovrin ketidan sovrin, mukofot ketidan mukofot.

U butun vaqt davomida hazillashdi, kuldi va eng yaxshi ayol futbolchilar sifatida e’tirof etilganlarga maqtov yog‘dirishdan charchamadi.

- Doimo «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi yordamisiz birorta individual sovrin yutolmasligingizni ta’kidlaysiz. Bu to‘g‘ri. Ammo hujumchilar bu borada hamisha ustunlikka ega ekanliklarini ham tan olish joiz. Mana, barcha sovrinlar aynan sizga nasib etyapti.

Bugun Monakoda klubdoshlaringiz - Serxio Ramos va Luka Modrich yoningizda turishdi. Xullas, sovrinni nuqul sizga topshirishayotgani adolatsizlikdek ko‘rinmayaptimi? Ehtimol, ular bosh sovrin uchun sizdan kam xizmat qilishmagandir...

- Bu adolatdanmi yoki yo‘q? Ochig‘i, bilmadim. Bunga shunchaki, javob savoli bilan murojaat qilishim mumkin. Sizlar stadionga aynan nima uchun kirasizlar?! To‘ppa-to‘g‘ri - gollar ko‘rish, maroqli tomosha uchun.

Shunday ekan, birinchi navbatda, hujumchilarga e’tibor qaratishlari tabiiy hol. Ha, tan olishim kerak, ba’zan himoyachilar ham hal qiluvchi gollarga mualliflik qilishadi. Biroq... (kuladi). Qisqasini aytganda, yigitlar, tanlovda adashmadingiz, menga ovoz berishda davom eting!

- Ilk individual sovrinni 2008 yili, ya’ni deyarli 10 yil oldin qo‘lga kiritgandingiz. Ortda qolgan vaqtda futbol nechog‘li o‘zgardi?

- «O‘zgardi» iborasi zamirida nimani nazarda tutyapsiz?

- Uslub, tezlik...

- Jiddiy o‘zgarish bor, deb o‘ylamayman. Harqalay, o‘yinning o‘zi o‘sha-o‘sha. Ammo futbol atrofida hammasi mutlaqo boshqacha. Qandaydir telbalik! Muhimi, 10 yil o‘tgan bo‘lsada, o‘zimni hamon yosh yigitdek his qilyapman. Shuningdek, sovrinlarga yanada tashnaroqman!

... Shu orada suhbatga yevromavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi - Like Martens qo‘shilib, Ronaldinyoni yoshlikdagi kumiri sifatida tilga oldi. Ronaldu esa bunga hazil tarzida shunchaki, qiyofasini burishtirib, o‘zini hamrohidan norozidek ko‘rsatdi.

- Mayli, mayli, - dedi Like ham bo‘sh kelmay. - Keyinroq Ronaldu va Messi ijrosidagi o‘yinlarni ham diqqat bilan kuzata boshlaganman.

- Hozircha sizga «bo‘ysinmagan» yagona sovrin - bu jahon kubogi. Xo‘sh, yaqin kelajak uchun bosh rejangiz sayyora birinchiligida g‘alaba qozonishmi yoki klub miqyosidagi turnirlar muhimroq?

- 2 yilcha oldin ham Portugaliya termasi oddiy jamoa sanalardi. Boshqacha aytganda, saviya bobida Germaniya va Ispaniya termalaridan pastda turardi. Mana, Yevropa chempionatida zafar quchishni uddaladik.

Ammo shoshilmang, biz JCH-2018 final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimizcha yo‘q. Tabiatan oldinga bitta-bitta qadam tashlashga moyilman. Shunday ekan, kelinglar, bulutlar uzra suzish o‘rniga real va sog‘lom fikrni saqlab turaylik.

- Joriy CHLda qaysi klubni asosiy raqobatchi o‘rnida ko‘ryapsiz?

- Raqobatchilar - oldingi yillardagi o‘sha-o‘sha klublar. Bosh da’vogarlar - «Real», «Barselona», «Bavariya», «PSJ», «Yuventus»... Umid qilamanki, kubokni ketma-ket uchinchi marta boshimiz uzra baland ko‘taramiz.

- Biz esa yana uzoq vaqt yuqori saviyada o‘ynashingizdan umidvormiz. Biroq Ronaldu va Messi erasi tugagach, eng yaxshi maqomiga kim bosh da’vogar sifatida gavdalanadi, sizningcha?

- Yaxshi savol. Ajoyib savol! Ha, oxirgi yillarda faqat ikki nom yangradi: Messi va Ronaldu, Ronaldu va Messi... Ko‘rib turibmiz, katta salohiyatga ega yoshlar ko‘p. «Real»dan boshlayman va Asensioni tilga olaman.

Keyin Neymar, Mbappe... Yana «Borussiya»dagi yigit bor, ismini eslolmayapman... Dembele! Qolaversa, Azar, Rashford... O‘ylashimcha, 10-15 nafar futbolchida bizning o‘rnimizni egallash imkoniyati mavjud.

Ronaldu birdan biroz to‘xtab, mavzuni o‘zgartirdi:

- Like birinchi marta shunday sovrin oldi. Kelinglar, uni tabriklab, olqishlaylik!

Bosh laureat shu tariqa salgina xijolat tortgan gollandiyalik futbolchini tabrikladi. Ommaviy suratga tushishdan keyin esa yana bir bora baland ovozda takrorladi:

- Barchangizga rahmat. Aynan menga ovoz berganingizdan minnatdorman! Shu ruhda davom eting!

Ronaldu yakunda xandon otib kulib yubordi. Vaholanki, u vaqtida turli vaj-karsonlar va mojarolar bilan taqdirlash marosimiga tashrif buyurishdan bosh tortgandi. Endi esa Monako tomon har safar katta mamnuniyat bilan uchishga tayyor...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 02.09.2017. O'qildi: 14716 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик