Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tahlil. Igor Sergeev hujumchimi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Terma jamoamiz saralash o‘yinlari so‘nggi bosqichida 9 o‘yinda atigi 6 gol ura oldi xolos. Ko‘pincha, jurnalistlar yoki muxlislar tomonidan terma jamoamiz asosiy tarkibida nega aynan Igor Sergeev maydonga tushayotgani haqida savollar ko‘p yangraydi. Nafaqat terma jamoa, balki klubida ham gol urmay qo‘ygan futbolchi nega doim maydonda harakat qiladi?

Odatda, Samvel Babayan Sergeevning to‘psiz juda yaxshi harakat qilishini, ko‘rsatmalarni to‘g‘ri amalga oshirishini, himoyalanishda jamoaga katta yordam berishini aytadi. Futbolni tushunmagan biz kabi odamlar, albatta, o‘yinlarni boshqacha ko‘z bilan ko‘ramiz, balki biz ilg‘amayotgan jihatlar bordir, deyishga majbur qilishadi doim. 

Qo‘shilaman, agar hujumchi himoyachilarga doimiy bosim uyushtirsa, to‘psiz harakatlari orqali, jamoadoshlariga imkoniyat yaratib berishni uddalasa, hujumchiga e’tirozlar kam bo‘ladi. Misol uchun, «Real»da Karim Benzema degan hujumchi bor. Qachonki, Ronaldu yoki Iskolar tinmay gol urib, qulay vaziyatlarga ega bo‘layotgan ekanlar, Benzemaga e’tiroz bildirish qiyin - u to‘psiz harakat qilyapti, sheriklariga zonalar ochib beryapti, jamoa g‘alaba qozonyapti. Ammo agar jamoada hech kim gol urmay qo‘ysa, eng avvalo hujumchidan so‘raladi. Endi, uning to‘psiz harakat qilishi, himoyalanashi, zonalar ochishi ikkinchi darajaga chiqadi. 

Xo‘p, keling, Babayanning gapiga ko‘ngan taqdirimizda ham, bir ikki holat orqali, Sergeevning aslida qanday harakatlanishiga, uning maydondagi intelektual salohiyati - saviyasiga, vaziyatni his qilish qobiliyatiga nazar tashlab ko‘ramiz. 

Birinchi taymda terma jamoamiz tomonidan tashkil qilingan yagona xavfli vaziyatga e’tiboringizni qarataman:
  
Eldor Shomurodov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va himoyachini deyarli dog‘da qoldirdi. Ammo kichik zonada ta’qibdan butunlay qutulishning imkoni yo‘q, Eldor tezroq to‘pni sheriklariga yetkazib berish kerak. Xo‘sh, kimga?

Sergeev Eldorning himoyachini aldab o‘tishini boshida kutmagandir, mayli, ammo mana shu rasmda ko‘rib turganingizdaqa holat yuzaga kelganida ham joyidan qimirlamadi. Sergeev Shomurodov tomonga harakatlanishi va himoyachilardan birini ergashtirishi yoki undanam ideal variant, uzoq burchakka, bo‘sh darvozaga to‘pni kiritish uchun harakatlanishi kerak edi. Mana shu yerda Sergeev turgan va qimirlamayotgan nuqta hujumchi uchun, zarba uchun ideal pozisiyami?

Natijada, Eldor sheriklari ochilishini kutib to‘xtab turdi. Himoyachi ta’qibni davom ettirdi, natijada u darvoza tomon tepishga majbur bo‘ldi. Shunday bo‘lsa, ham, agar Sergeev to‘g‘ri harakatlanganda, to‘pni bo‘sh darvozaga kiritishi mumkin edi. Qarang, to‘p tepildi, darvozabon to‘pga tashlandi, ana undan keyin Igor harakatni boshlamoqda. 

1-taymda boshqa vaziyat deyarli yaratilmadi. Xo‘p, nega bunday bo‘ldi? Bir qaraganda, Sergeev yugurib yuribdi, bosim uyushtiryapti, harakat qilyapti. Yarim himoyachilar no‘noq bo‘lsa, hujumchimizni birga bir vaziyatlarga chiqaradigan paslar bera olmasa, unda nima ayb? Odatda shunaqa deb qo‘ya qolishimiz kerak. Lekin mana bu vaziyatga e’tibor bering: 

Server Jeparov to‘pni maydon markazida egallab oldi va oldinga qarab harakat qilmoqda. Sergeev ro‘parasida ikki himoyachi, u darvozaga qarab turgan holatda tezlik olmoqda. 

Jeparov to‘p bilan harakatni davom ettirdi. Sergeev o‘ng tomonga harakatlanishi mumkin edi - natijada markaziy himoyachilardan biri uning orqasidan ketar, Jeparovning qarshisida bir himoyachi qolardi. Jeparov bir necha variantlarga ega bo‘lgan holda hujumni davom ettirar va hatto chap tomondan kelayotgan Shomurodov ham hujumga qo‘shilishi mumkin edi. Yoki Sergeev ham chap tomonga harakatlanish orqali, Serverga o‘ngga yurish imkonini yaratib, Shomurodov bilan birgalikda pasni kutishlari mumkin edi. Ammo Sergeev qizil strelka bilan ko‘rsatilgandek, oldinga yugurishda davom etdi. Nima foyda? Jeparov bir pas bilan uni yakkama-yakka chiqarib yuborishi imkonsiz, eng yomoni, Sergeevning oldidagi har bir himoyachi erkin holda, Jeparovga hujum qilishi mumkin. Bu rasmda ko‘rib turganingizdek, hujumchimiz umuman xavf solmayapti. 

Mana bunisi umuman boshqa vaziyat:

Maydon markazidan Ahmedov hujum boshlamoqda, Sergeev oldinda.

Xuddi boyagi kabi vaziyat. Hatto bu safar Ahmedov raqib ta’qibidan qochib ketgan ham. Sergeev zudlik bilan yo o‘ng tarafga yoki chap tarafdagi zonaga ochilishi, himoyachilardan birini o‘ziga jalb qilishi, Ahmedovning bir necha variantlarga ega bo‘lgan holda, hujumni davom ettirishiga sharoit yaratishi mumkin. Ammo u yana o‘sha qizil strelka yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettiraverdi. Odil mana shu yopiq zonaga to‘p uzatishga majbur bo‘ldi. 

Yuqorida variant, variant deb ko‘p takrorladim. Nega, bilasizmi? Futbolda driblinglarni ko‘p kuzatamiz, tan beramiz, nega bizning futbolchilar mana shunday aldamchi harakatlar qila olmaydi, qani bizda Messi, deymiz. 

Ammo bilasizmi, har qanday dribling jamoaviy mehnatdir. Agar Messini ikki himoyachi bilan bir xonaga qamab qo‘ysangiz, ishonavering, himoyachilar bir tashlanishda to‘pni Messidan olib qo‘ya oladilar. Messiga dribling qilishga sharoit qilib beradigan omillar - jamoadoshlarining aqlli harakatlari, ochiq zonalarning paydo bo‘lib borishi. Ya’ni Messi himoyachi tomon harakatlanayotganda, unda aldab o‘tishdan boshqa bir necha variant bo‘ladi. Himoyachi Messi bu variantlar ichida qaysi birini amalga oshirishini, qaysi ochiq zona tomon harakatlanishini bilmagani uchun aldanib qoladi. Jamoaviy to‘psiz harakat ko‘ngildagidek bo‘lmas ekan, na driblinglarni, na kombinasiyalarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. 

Endi e’tiboringizga master klass namoyish qilamiz. Namuna bo‘ladigan futbolchi Benzema yoki boshqa hujumchi emas, vazifasi asosan himoyalanish bo‘lgan Nemanya Matich. E’tiborimizda, «Manchester Yunayted»ning «Vest Hem» darvozasiga urgan goli. 

Reshford maydon markazidan to‘pni egallab oldinga harakat qilmoqda. Uning orqasida Matich. Oldinda Lukaku, orqaroqda Mxitaryan turibdi: aslini olsak, Matich o‘z o‘rnida qolib, vaziyatni davomini kuzatsa ham bo‘ladi, to‘g‘rimi?
Yo‘q, u qizil strelka yo‘nalishi bo‘yicha tezlik oladi. Nega? Reshford dribling qilishi uchun. Agar u joyida qolsa, ikki markaziy himoyachidan biri Lukakuni yopishi, ikkinchisi esa, Reshfordga peshvoz chiqishi mumkin - terma jamoamiz sharoitida bu hujum mana shu yerda tugagan bo‘lardi. 

Matich ochiq zona bo‘ylab harakatni davom ettirdi. Qarang, Reshford jarima maydoniga yaqinlashyapti hamki, biror himoyachi unga hujum qila olmayapti. Chap tomondagisi tashlansa, Matich ochiq qoladi, markazdagisi peshvoz chiqsa, Luka ro‘parasida katta zona paydo bo‘ladi. Reshfordda bir necha variantning borligi unga bemalol to‘p bilan harakatlanishi uchun zamin yaratmoqda. Chunki u qo‘rqmaydi, to‘pni yopishga, saqlashga harakat qilmaydi, kimdir yaqinlashishi bilan unda variantlar bor: 1) Matichga to‘pni yetkazib berishi; 2) Lukaku harakatlanayotgan zonaga to‘pni o‘tkazib yuborishi; 3) Markaz tomon harakatlanib, zarba berishi yoki Mxitaryanga yetkazishi mumkin. Aynan to‘psiz aqlli harakatlanish orqali, 3 futbolchi to‘rt himoyachini dog‘da qoldirmoqda, shaxmatdagi kabi qulay pozisiya hosil qilishmoqda.

Markaziy himoyachilarning bir necha variant o‘rtasida aldanib qolganliklari tufayli, ularning oralarida ochiq joy yuzaga keldi va Reshford to‘pni Lukakuga yetkazib berdi. (Savol tug‘iladiki, Reshford kabi xilma-xil variantlar Shomurodov yoki Jeparovda bor edimi?) Bu hujumda umuman to‘pga tegmagan Matich va Mxitiryanning xizmati ijrochi futbolchilardan kam emas, deb bemalol aytish mumkin.

Ha, bu Yevropa. Ular falon falon sharoitlarda to‘p surishadi, falon oylik olishadi, boshqa saviya, ularni namuna qilish mantiqsiz emasmi? Yo‘q, chunki bu yerda «MYU»ga qarshilik qilayotgan himoyachilar ham Xitoy terma jamoasi emas, «Vest Hem»...

Buning ustiga, bular juda elementar narsalar. Mirjalol Qosimov aytganidek, hozir hamma futbol o‘ynashni o‘rganib oldi. Biz qachon o‘rganamiz?

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 22:30, 02.09.2017. O'qildi: 20495 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.