Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba.

  • Superliga
      • 18.04.2025 18:00
      • Xorazm
      • 0:0
      • Bunyodkor
      • 18.04.2025 20:15
      • Qizilqum
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 19.04.2025 18:00
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • Mash’al
      • 19.04.2025 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Nasaf
      • 19.04.2025 20:15
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 20.04.2025 17:45
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 20.04.2025 18:00
      • OKMK
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • La-liga
      • 19.04.2025 00:00
      • Espanyol
      • 1:0
      • Xetafe
      • 19.04.2025 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Valensiya
      • 19.04.2025 19:15
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 19.04.2025 21:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Leganes
      • 20.04.2025 00:00
      • Las-Palmas
      • -:-
      • Atletiko
      • 20.04.2025 17:00
      • Valyadolid
      • -:-
      • Osasuna
      • 20.04.2025 19:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 20.04.2025 21:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Alaves
      • 21.04.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • «A» Seriya
      • 19.04.2025 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 19.04.2025 21:00
      • Monsa
      • -:-
      • Napoli
      • 19.04.2025 23:45
      • Roma
      • -:-
      • Verona
      • 20.04.2025 18:00
      • Empoli
      • -:-
      • Venetsiya
      • 20.04.2025 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 20.04.2025 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
  • APL
      • 19.04.2025 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Bornmut
      • 19.04.2025 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 19.04.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Sautgempton
      • 19.04.2025 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Brayton
      • 19.04.2025 21:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nyukasl
      • 20.04.2025 18:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 20.04.2025 18:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 20.04.2025 18:00
      • Ipsvich
      • -:-
      • Arsenal
      • 20.04.2025 20:30
      • Lester
      • -:-
      • Liverpul
  • Bundesliga
      • 20.04.2025 14:23
      • Hannover-96
      • 0:0
      • Shtutgart
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 5 13
2 Bunyodkor 6 12
3 Nasaf 5 11
4 Neftchi 5 9
5 Andijon 5 9
6 Dinamo 5 9
7 Navbahor 5 8
8 Xorazm 5 7
9 Qizilqum 5 7
10 Buxoro 5 6
11 Qo‘qon-1912 6 6
12 So‘g‘diyona 5 4
13 Paxtakor 5 3
14 Surxon 5 3
15 Mash’al 5 3
16 Sho‘rtan 5 1

O'tgan o'yinlar.

6-тур Xorazm 0-0 Bunyodkor
6-тур Qizilqum 1-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 21389 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 19.04.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "РБ Лейпциг".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хайденхайм 1846".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Байер 04 Леверкузен" - "Унион Берлин".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 "Голевая неделя".
      12:35 Чемпионат Германии. Перед туром.
      13:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      15:05 Евротур.
      15:50 Новости футбола.
      15:55 LIVE Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07". Прямая трансляция.
      17:55 Чемпионат Германии. Перед туром.
      18:25 LIVE Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен". Прямая трансляция.
      20:25 Новости футбола.
      20:30 Д/ф "Килиан Мбаппе. Восходящая звезда".
      21:25 LIVE Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт". Прямая трансляция.
      23:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      01:30 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
      03:30 Чемпионат Германии. "Унион Берлин" - "Штутгарт".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 19.04.2025

      05:15 "Парусный спорт".
      05:40 Дзюдо. U-23. Fonbet Первенство России в Волгограде. День 3.
      07:15 "Страна спортивная".
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Борьба. Чемпионат Европы в Словакии.
      10:10 Плавание. Чемпионат России в Казани. День 6.
      12:40 "География спорта". Ульяновск.
      13:10 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 1 в Санкт-Петербурге.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Сноубординг. Чемпионат мира в Швейцарии. Параллельный гигантский слалом.
      17:45 Д/ф "Рафаэль Надаль".
      18:35 Бокс. Международный турнир памяти К. Короткова в Хабаровске, Россия.
      20:55 Д/с "Век нашего спорта".
      21:20 Борьба. Чемпионат Европы в Словакии.
      23:35 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 3 в Сургуте, Россия.
      01:45 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 1 на трассе "Ростов Арена".
      02:35 "Физруки. Будущее за настоящим".
      03:10 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 1 в Санкт-Петербурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 19.04.2025

      05:00 LIVE Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC Fight Night в Омахе, США. Дакота Кокрейн против Маркуса Эдвардса, Деррик Финдли против Брайса Генри. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 М/с "Команда МАТЧ".
      12:25 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      13:55 LIVE Футбол. Женщины. Winline Суперлига. "Спартак" (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      15:55 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 5-й матч. Прямая трансляция.
      18:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:45 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Локомотив" (Москва) - "Пари Нижний Новгород". Прямая трансляция.
      21:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:15 LIVE Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. 25-й тур. "Краснодар" - "Ахмат" (Грозный). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Лас-Пальмас" - "Атлетико Мадрид". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      04:55 Д/ф "Брюс Ли. Путь воина".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 19.04.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 1. "1812 километров Катара" на трассе Лосал. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. Чемпионат мира 2024 в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      11:30 Велоспорт. Гонка "Флеш Брабансонн" в Бельгии.
      13:00 Снукер. Чемпионат мира 2024 в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Велоспорт. Amstel Gold Race 2024 в Нидерландах.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Гонка "Флеш Брабансонн" в Бельгии.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 1 в Кэцяо, Китай. Женщины. Болдеринг. Финал.
      03:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Араше, Бразилия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      04:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Араше, Бразилия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      04:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xuan Mataning siz bilmagan amallari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"MYU" futbolchisi Xuan Mata hayotidan qiziqarli lavhalar.

- Yo tavba, namuncha imillamasang, Jon. Vujudingni qurshab olgan bemavrid hayajon o‘ta noyob kadrdan judo qilmasa, go‘rga edi!» - Jon Nild qarshisida o‘z o‘g‘li - Aleks va Xuan Mata ilhaq turar, u esa telefonini surat olishga moslay olmay, o‘zini yo‘qotayozgandi.

Xayriyatki, Jon so‘nggi pallada kamerani bir amallab ochdi va 2ta surat olishga ulgurdi. Eng muhimi, kadrlar  o‘ta muvaffaqiyatli chiqdi!» O‘shanda telefon orqali olingan tasvirni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etishlari uning xayoliga ham kelmagandi...

***

Endigina nihoyasiga yetgan bellashuvda Lui van Gal boshqaruvidagi «MYU» jamoasi «Norvich»dan bir amallab, 3 ochko tortib oldi. Yagona gol muallifi - Xuan Mata Londondan 5 soat yo‘l bosib, «Karrou Roud»ga kelgan muxlislarga alohida minnatdorchilik izhor qilib, kiyinish xonasiga yo‘l oldi. Ispan yarim himoyachisiga peshvoz chiqqan Memfis Depay shosha-pisha uni nogironlar aravachasida bir bolakay kutib turganini aytdi. «Xuan biz bilan 10 daqiqacha gaplashgandek tuyuldi. Biroq amalda suhbatimiz bor-yo‘g‘i 30 soniya davom etgandi. U futbolka sovg‘a qilish klub qoidalariga zid ekanligini ma’lum qilib, bizdan uzr so‘radi»,-dedi bolakayning otasi YESPN vakiliga. Jon va Aleks o‘z uylariga yetib borguncha qo‘l telefoni adog‘i yo‘q SMS-xabarlarga to‘lib ketdi. Hamma TVga uzatilgan kadrlarni ko‘rgach, darhol xabar jo‘nata boshlagandi. Chunki Mataga tegishli «8» raqam Aleks uchun suyukli son ekanligi ko‘pchilikka ma’lum edi.

***

Mazkur voqeadan bir oy muqaddam yarim himoyachi Ispaniya televideniyesi ko‘rsatuvida chiqish qilib, zamonaviy futbolni ayovsiz tanqid ostiga olgandi. U xususan, transferlar masalasidagi beboshliklar, nafsi hakalak otgan agentlar, global kommersializasiya xususida kuyunib gapirdi: «Ayni payt ko‘pik ustida yashayotgandekmiz. Hayratlanarli, aqlga sig‘mas darajada ko‘p pul topyapmiz. Oddiy xalq ming yil terga botib ishlasa ham, shuncha haq olmaydi. Deylik, men ko‘pchilik qatori futbol olami miqyosida o‘rtacha maoshga egaman. Agar buni Ispaniya yoki dunyoning istalgan mamlakatidagi aholi daromadiga taqqoslasak, 99,9 foiz kishiga nisbatan olganda, tasavvurga sig‘maydigan darajada ko‘p pul topaman. Qaysidir do‘stim esa real voqelikda kun kechirmoqda. U mehnat qilib, arzimas haq oladi, ba’zan ish topolmay, yordam puliga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, ish izlab, ovora. Hattoki, boshqa joylarga ko‘chib o‘tadi. Bu - hayotiy voqelik, chinakam reallik. Mening hayotim esa haqiqiy emas. Ochig‘i, futbolning biznesga aylanib qolganidan xavotirga tushaman. Chunki bu sport turini qattiq sevaman. Tinmay shug‘ullanish va musobaqalashishni yoqtiraman. Oylik maoshim miqdori qisqartirilishiga mutlaqo qarshi emasman, agarda futbol biznesdan xoli bo‘lsa. Tan olish kerak, bizga qay tariqa, qaysi mezon asosida haq to‘layotganlari haqida o‘ylab ham o‘tirmaymiz. Boshqacha aytganda, «x» va «x}3» o‘rtasidagi farq bizni zarracha qiziqtirmaydi. Yana turli himoya vositalariga o‘rab qo‘yilganimiz ham yoqimsiz. Misol uchun, qandaydir arzimas muammoga yuz tutsak, darrov kimdir yordamga oshiqadi». Aslida futbolchi qandaydir inqilobiy fikrni bildirgani yo‘q. Ammo APLning har bir a’zosidan bunday mazmundagi gaplarni eshitavermaymiz. Bir o‘ylab ko‘ring, bunday mulohazalarni qachon eshitgansiz?

***

Futbolchi tomonidan bildirilgan o‘rinli mulohazalar uning nufuzini yanada oshirgani aniq. Ammo Xuan shu yo‘l orqali qo‘shimcha mehr qozonish niyatida emas: «Kimgadir yoqishim yoki yoqmasligimning qizig‘i yo‘q. Shunchaki, risoladagidek inson bo‘lishga intilaman. Ha, futbolchiman, ammo avvalo, insonman». Tan olish kerak, APLning eng yaxshi yarim himoyachilari safida yuradigan qahramonimiz chinakam inson sifatida gavdalanish uchun vaqti va mehnatini sira ayamaydi. U oktyabr oyida klub avtobusi yonida eski tanishlari - ota-bola Nildlarga duch keldi. Shu bois, murabbiy Joze Mourinyodan yo‘lga shay turgan avtobusni biroz to‘xtatib turishini iltimos qildi va bolakaydan hol-ahvol suradi. Bu safar katta Nild ikkovini bemalol suratga oldi, ya’ni ortiqcha qiynalmadi.

***

Mata - san’at va adabiyot shaydosi. Misol uchun, VVS uchun bergan intervyusi art-galereyada tasvirga olindi. U Gari Lineker bilan o‘sha suhbat chog‘i zamonaviy san’atni nihoyatda qadrlashini alohida ta’kidlagandi. Futbolchi mutolaaga o‘chlik xastaligini esa Esteban Granerodan yuqtirgan. Sevimli adibi sifatida Pol Osterni tilga oladi. Xuan yana she’riyatga ham befarq emas - Charlz Bukovskining «Moviy qush» she’rini teleefir orqali o‘qib bergan. Bundan tashqari, futbolchi o‘z ijod namunalarini chop ettirishni rejalashtirgan. Vudi Allenning «Parij tuni» kartinasi - sevimli filmi. Xuan 2014 yilning oxirida o‘z blogi o‘quvchilaridan 60-70-yillar xonandalari tomonidan kuylangan qo‘shiqlarni to‘plashda yordam so‘radi. Keyinchalik tavsiyalarga ko‘ra, maxsus ro‘yxat tuzib, uni Sportify tarmog‘iga joyladi. Shu tariqa san’at muxlislari Ben King, Bob Dilan, Jon Lennon, Devid Boun va Bob Marlining shirali ovozlaridan yana bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

***

Hayotga chanqoq futbolchining navbatdagi qiziqishi - yangi madaniyatlarni o‘rganish. O‘zi bu borada shunday deydi: «Dam olish kunlari shaharning notanish qismini o‘rganishga intilaman. Metro yoki avtobus yordamida muzeylar, galereya, tarixiy obidalar bilan tanishaman. Shuningdek, konsertlarga ham tushaman. Maqsadim - ingliz musiqasi bilan yaqindan tanishish». Mataning «Chelsi»dagi hayoti shu zaylda kechgandi. Manchesterda ham uning turmush tarzi o‘zgarmadi - vaqti-vaqti bilan futboldan voz kechib, bir necha soatni tabiat qo‘ynida o‘tkazadi. Uning Manchesterdagi asosiy orzusi - mahalliy daho Erik Kantona bilan qahvaxo‘rlik qilish!

***

Xuan Londonda dastlabki oylarni qanday o‘tkazganini videokundalik shaklida hikoya qilgandi. YouTube tarmog‘idagi xususiy kanalida futbolga oid ajoyib tomoshalarni ham ko‘rish mumkin - to‘p bilan darvoza to‘sinini nishonga olish, ko‘zlari bog‘liq holda gol urish va hokazo. To‘g‘ri, yarim himoyachi so‘nggi paytlar videroliklarni biroz kamaytirdi. Lekin hozirda «MYU» tarixidagi 11 nafar eng sara futbolchilar bo‘yicha o‘z talqinini tayyorlamoqda.

***

Mata - klub tomonidan tashkil etilayotgan xayriya tadbirlarining faol ishtirokchisi. Deylik, Rojdestvo kunlari kam ta’minlangan oilalar farzandlari bilan uchrashib, futbol xususida qiziqarli suhbatlar o‘tkazdi, ularga «MYU»ning qizil tusli sharflari va yumshoq o‘yinchoqlarni ulashdi. Bundan tashqari, jamoaga 15 yillik umrini bag‘ishlagan faxriy xizmatchi holidan xabar olib, uni o‘z dastxati tushirilgan futbolka bilan siyladi. Ha, Xuan doimo savobli ishlarni izlab yuradi. Mana, futbolchi yaqinda Player`s Tribune orqali chiqish qildi. Uning sahifasida o‘tkir syujetli keskin voqealar yo‘q - shunchaki, faoliyatida ro‘y bergan e’tiborli holatlar aks ettirilgan. Masalan, Myunxendagi YECHL finalini xotirlaydi, shuningdek, uni «Real»ga tavsiya etishayotgani haqidagi xabarni otasiga yetkazishgan holat namoyish etilgan. Mata yana marhum bobosini tez-tez yodga oladi. U og‘ir xastalikka chalinganiga qaramay, nabirasi ishtirokidagi har bir uchrashuvni qoldirmay kuzatardi. Misol uchun, «Sent-Etyen» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qariya Xuanning Genrix Mxitaryanga oshirgan samarali uzatmasiga yuksak baho bergandi. Bobosi boqiy dunyoga yo‘l olgach, futbolchi bosib o‘tgan yo‘li va amalga oshirgan ishlari haqida ko‘proq o‘ylaydigan bo‘lib qoldi. Shu tariqa jamiyat oldidagi xayrli ishlarini yuqoriroq darajaga ko‘tarishni lozim topdi va maoshidan 1 foizini «Umumiy maqsad» (shaxsiy sahifasi nomi ham shunday) jamg‘armasiga ajratdi. Mazkur tashkilot dunyoning 80dan ortiq mamlakatida xayriya tadbirlarini tashkillashtiradi.

***

Xuan shu yoz Mumbayga safar qilib, u yerda qashshoq oilalar bolakaylari bilan futbol o‘ynadi, barchaga sovg‘alar ulashdi. Xullas, nochor turmush darajasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgach, kasbdoshlarini safarbarlikka chorladi. Ha, Mataning 1 foizli maoshi arzimas chaqa, ammo bunday saxovatpesha o‘yinchilar safi kengaysa, qanchadan-qancha kambag‘al bolalar taqdiri butunlay o‘zgarib ketishi mumkin. «Maqsadim - o‘z jamoamga 10 nafar olijanobni qo‘shib olish. Murabbiymi, futbolchi, erkakmi, ayol - buning ortiqcha ahamiyati yo‘q. Ularning qayerda ishlashlariyu, istiqomat qilishlari ham ikkinchi masala. Ya’ni Afrika, Osiyo yoki Avstraliya vakillari uchun ham jamoam eshigi ochiq. Shuningdek, ular klubdoshlarim bo‘lishlari shart emas. Qisqasi, nafaqat futbolchi, murabbiy va klub prezidentlari, balki butun boshli milliy federasiyalarni ham xayrli ishga taklif etaman»,-dedi Mata. Ha, ispaniyalik olijanob yigit ulkan loyihani ilgari surmoqda. U futbol olamini butunlay o‘zgartirish niyatida: «Har bir maosh, shartnoma, klub, agent yoki federasiyaning hisob raqamidan atigi bir foiz mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy loyihalarga ajratilsa, katta ishlarni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi». Ochig‘i, bunday insonga «Naq oltinning o‘zginasi» ta’rifini ishlatish o‘rinli. Qarang, Mata g‘oyasi amalga oshsa, birgina Neymarning «PSJ»ga transferi nochorlar olamiga 2,2 mln. yevro manfaat keltirishi mumkin.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:50, 03.09.2017. O'qildi: 6010 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Бунёдкор Luis Kachorri 4
2 Пахтакор Igor Sergeev 3
3 Нефтчи Zoran Marushich 3
4 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 2
6 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 2
7 Хоразм Rustamjon Abduhamidov 2
8 Андижон Rustam Turdimurodov 2
9 ОКМК Ali Abdurahmonov 2
10 Қизилқум Elguja Lobjanidze 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.