Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10073 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3117 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo klublarining sadoqat timsoliga aylangan futbolchilari

Baho:
+ | -
OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Statistikaga qarasak, Osiyoda ham bitta klubga kuchli sadoqat bilan xizmat qilayotgan futbolchilar juda ko‘p. Bunga birinchi navbatda, mahalliy mentalitet sababdir.

Qolaversa, qit’amizda boshqa muhitda o‘zlarini nimalar kutayotganini tasavvur qilolmaydigan yoki buni xohlamaydigan o‘yinchilar (misol uchun, saudiyalik Yosir al Qahtoniy) safi kenggroq.

Shuningdek, til bilmaslik muammosi va siyosiy sabablar o‘laroq, osiyoliklar deylik, Yevropa futbolida javlon urishda ancha qiynaladilar. Xullas, bugun e’tiboringizga Osiyo milliy chempionatlari (jumladan, oliy ligamiz) klublarida chin sadoqat timsoliga aylangan futbolchilar haqida imkon qadar ma’lumot taqdim etmoqchimiz.

Avvalo, e’tiborga oling, ushbu maqoladagi ayrim ko‘rsatkichlar joriy yil 10 avgust holati bo‘yicha keltirilgan.

Yaponiya milliy chempionati

Sadoqat tushunchasi yaponlar qon-qoniga singib ketgan. XIX asr o‘rtalarida boshlangan Meyzi islohotlaridan so‘ng keyingi yuz yillikda ham yaponlar ish bilan ta’minlovchi korxona yoki kompaniyalar, boshqacha aytganda, xo‘jayinga mislsiz sadoqat bilan xizmat qilishda davom etaverdilar. Ish beruvchi o‘z navbatida, ushbu sadoqat evaziga o‘z xodimini doimiy nafaqa va uy-joy masalasida qo‘llab-quvvatlaydi. Yaponlarga xos sadoqatni futbolda ham yaqqol ko‘rish mumkin. Har holda, qit’amizda bitta klub safida uzoq vaqtdan buyon to‘p surayotgan futbolchilar reytingining yuqori o‘nligida Yaponiya «J»-ligasidan 5 nafar vakil bor. Shu o‘rinda qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytish kerak, Afinaning «Etnikos» klubi markaziy yarim himoyachisi, 39 yoshli Xristos Pogiatis bu borada jahon rekordchisi sanaladi. U Gresiya jamoasi safida faoliyat boshlaganiga 22 yildan oshdi. Yapon futbolchilariga qaytsak, ularda ham qit’adoshlari kabi til va muhitga moslashish muammosi mavjud. To‘g‘ri, so‘nggi yillarda yaponiyalik yoshlar Yevropa va Janubiy Amerikada tahsil olishni bir qadar o‘zlashtirdilar. Ular ayni shu omil samarasi o‘laroq, endilikda bundesligadek top-ligalarda bemalol o‘ynay boshladilar.

Misuo Ogasavara. 1979 yil 5 aprelda tavallud topgan. «J»-ligasida 19 mavsumdan buyon o‘ynamoqda. 40-raqam sohibi yarim himoyada to‘p suradi va jonajon klubi - «Kashima Antlers» safida 6 karra mamlakat chempioni bo‘lish barobarida Imperator kubogini 3 bora boshi uzra baland ko‘targan. Aytish joiz, u mavsum-2006|2007da ijara kelishuvi asosida Italiya «A» seriyasida ham o‘ynab qaytgan. Ya’ni «Messina» klubi safida 8ta o‘yinda qatnashib, 1ta gol urgan. Masuoning Yaponiya terma jamoasidagi statistikasi ham chakki emas: 55ta o‘yin, 7ta gol.

Futbolchi (klubi)

Muddat

Misuo Ogasavara («Kashima Antlers»)

19 yil 7 oy 9 kun

Xitoshi Sogaxata («Kashima Antlers»)

19 yil 7 oy 9 kun

Kazuyuki Morisaki («Sanfrechche Xirosima»)

18 yil 7 oy 9 kun

Seygo Narazaki («Nagoya Grampus»)

18 yil 7 oy 9 kun

Kazuyuki Xiramoto («Tokio Verdi»)

18 yil 7 oy 9 kun

Kuniye Kitamoto («Vissel Kobe»)

17 yil 7 oy 9 kun

Yasuxito Endo («Gamba Osaka»)

16 yil 7 oy 9 kun

Kasuyu Ishixara («Ventforet Kofu»)

16 yil 7 oy 9 kun

Yuji Nakazava («Yokogama F.Marinos»)

15 yil 7 oy 9 kun

Yuzo Kurixara («Yokogama F.Marinos»)

15 yil 7 oy 9 kun

O‘zbekiston milliy chempionati

So‘nggi yillarda jurnalist va futbol mutaxassislarimiz mavsum avvalida futbolchilarning yoppasiga boshqa klublarga ko‘chib o‘tishlariga e’tibor qaratib, bu holat sadoqat tushunchasi pastligiga bog‘liqligini ta’kidlashyapti. Deylik, «Paxtakor» va «Bunyodkor» yoki «Neftchi» va «Navbahor» klublarida o‘ynagan futbolchilarning ashaddiy raqib safini to‘ldirishlari oddiy holdek qabul qilinyapti. To‘g‘ri, shunga qaramay, oliy ligamizda bitta jamoada anchadan buyon faoliyat yuritayotgan futbolchilar yetarlicha topiladi. Misol uchun, Igor Sergeevning yaqindagina Xitoyda o‘ynab qaytganini aytuvchi muxlislarga eslatma: u Chin yurti jamoasiga ijara kelishuvi asosida borgandi. Yana bir izoh: gvardiyachilar reytingini tuzishda futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma muddati asos qilib olingan.

Jamol Otaqulov. Oliy ligada gollari hisobini 2016 yili ochgan himoyachi avvalgi mavsum 1 marta qizil kartochka ham oldi. To‘g‘ri, Jamol 2012 yili «Dinamo» (Samarqand) sharafini himoya qilgandi. Umuman, u joriy mavsum ham G‘uzor klubi safida to‘p suryapti.

Futbolchi (klubi)

Muddat

Tug‘ilgan sanasi

Jamol Otaqulov («Sho‘rtan»)

9 yil 1 oy 10 kun

1985 yil 6 dekabr

G‘ayrat Jumayev («Qizilqum»)

7 yil 7 oy 9 kun

1986 yil 2 aprel

Iqbol Boboxonov («Neftchi»)

7 yil 1 oy 10 kun

1989 yil 19 mart

Igor Sergeev («Paxtakor»)

6 yil 7 oy 9 kun

1993 yil 30 aprel

Farrux Sayfiyev («Nasaf»)

6 yil 7 oy 9 kun

1991 yil 17 yanvar

Hikmat Hoshimov («Metallurg»)

6 yil 1 oy 10 kun

1979 yil 12 noyabr

Javlon Mirabdullayev («Bunyodkor»)

5 yil 7 oy 9 kun

1994 yil 19 mart

Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»)

5 yil 6 oy 9 kun

1989 yil 30 oktyabr

Alisher Xoliqov («Qizilqum»)

5 yil 1 oy 10 kun

1982 yil 20 aprel

Salim Mustafoyev («Lokomotiv»)

4 yil 7 oy 9 kun

1991 yil 7 mart

Akobir To‘rayev («Buxoro»)

4 yil 7 oy 9 kun

1996 yil 3 noyabr

Saudiya Arabistoni milliy chempionati

Ro‘yxatda «Al-Hilol» va «Al-Nasr» vakillari ko‘p va bunga klublarning moliyaviy barqarorligi bosh sababdir. To‘g‘ri, Saudiyaning qolgan jamoalari ham kambag‘al emas. Mamlakatning yana bir mashhur klubi - «Al-Ittihod»da esa hamon avlodlar almashinuvi jarayoni davom etyapti. Umuman, arab futbolining o‘ziga xos olami bor. Xususan, mentalitet saudiyalik futbolchilarning boshqa chempionatlarga yo‘l olishlariga to‘sqinlik qilsa kerak. Qolaversa, Yevropa klublari bukmekerlik idoralari bilan katta homiylik shartnomasiga egaligi bois, Islom an’analariga amal qiluvchi futbolchi bilan kelishishga oshiqavermaydi.

Muhammad Bandar al Shlxub. 1980 yil 8 dekabrda tug‘ilgan. 1998 yildan buyon «Al-Hilol» safida 403 marta maydonga tushib, 94ta gol urgan. Saudiya termasi safidagi dastlabki 3ta golini 2000 yili aynan bizning milliy jamoamiz darvozasiga urgan. Saudiya Arabistonining 6 karra chempioni. 2006 yili Osiyoning eng yaxshi futbolchisi so‘rovida 3-o‘rinni olgan.

Futbolchi (klubi)

Muddat

Tug‘ilgan sanasi

Muhammad al Shlxub («Al-Hilol»)

19 yil 1 oy 10 kun

1980 yil 8 dekabr

Taysir al Jassim («Al-Ahli»)

13 yil 1 oy 10 kun

1984 yil 25 iyul

Yosir al Qahtoniy («Al-Hilol»)

12 yil 1 oy 10 kun

1982 yil 10 oktyabr

Abdulloh al Zoriy («Al-Hilol»)

10 yil 1 oy 10 kun

1987 yil 13 avgust

Mansur al Harbiy («Al-Ahli»)

10 yil 1 oy 10 kun

1987 yil 19 oktyabr

Abdulaziz al Dossariy («Al-Hilol»)

10 yil 1 oy 10 kun

1988 yil 10 oktyabr

Navaf al Obid («Al-Hilol»)

9 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 26 yanvar

Salmon al Faraj («Al-Hilol»)

9 yil 1 oy 10 kun

1989 yil 1 avgust

Husayn Abdulg‘aniy («Al-Nasr»)

8 yil 2 oy 9 kun

1977 yil 21 yanvar

Muhammad al Sahlaviy («Al-Nasr»)

8 yil 1 oy 10 kun

1987 yil 10 yanvar

Abdulloh al Enaziy («Al-Nasr»)

8 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 20 sentyabr

Ibrohim al G‘olib («Al-Nasr»)

8 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 28 sentyabr

Shaye Sharahiliy («Al-Nasr»)

8 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 30 may

Eron milliy chempionati

Eron chempionati oliy divizionida «Pars Janubi Jam» va «Sepidrud Rasht» klublari debyutant sifatida ishtirok etyapti. Aynan shu klublar safidagi ikki futbolchi ko‘p yillik sadoqat tufayli elita bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘ldi. Markaziy va G‘arbiy Osiyoda eng kuchli birinchiliklardan biri hisoblangan Eron ligasi yevrofutbol bilan yaxshi aloqalarga ega. Ayniqsa, Turkiya chempionatiga yaqin. Xullas, fors o‘lkasi iste’dodlari «ko‘hna qit’a»ga yo‘l olish uchun bor mahoratlarini ayashmaydi. Shu sababmi, so‘nggi yillarda ichki chempionatda bitta klubda sadoqat bilan o‘ynash an’anasi ancha susaydi.

G‘asim Haddadifar. 1983 yil 12 iyulda tug‘ilgan. 1996-2003 yillarda «Zob-Ohan» maktabida tarbiyalangan futbolchi faqat ikki mavsum boshqa jamoalar («Sanat Naft» va «Traktorsozi»)da ijara asosida o‘ynadi. Eng qizig‘i, jamoaning vise-sardori sanalgan 34 yoshli yarim himoyachi hali mamlakat chempioni bo‘lmagan. Ammo 2015 yili Eronning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan.

Futbolchi (klubi)

Muddat

Tug‘ilgan sanasi

G‘asim Haddadifar («Zob-Ahan»)

14 yil 1 oy 10 kun

1983 yil 12 iyul

Husayn Papi («Sepahon»)

13 yil 1 oy 10 kun

1985 yil 27 fevral

Erfan Ruzbeh («Pars Janubi Jam»)

12 yil 1 oy 10 kun

 

Alirizo Izzati («Naft Tehron»)

10 yil 1 oy 10 kun

1987 yil 31 yanvar

Ayub Vali («Fulad»)

9 yil 1 oy 10 kun

1987 yil 9 avgust

Husayn Bag‘lani («Sanat Naft»)

7 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 4 avgust

Xusro Haydari («Istiqlol» T.)

6 yil 1 oy 10 kun

1983 yil 14 sentyabr

Hamad Shiri («Saypa»)

6 yil 1 oy 10 kun

1986 yil 16 aprel

Ruzbeh Shahalido‘st («Saypa»)

6 yil 1 oy 10 kun

1986 yil 21 may

Suhayl Hag‘shinas («Sepidrud Rasht»)

6 yil 1 oy 10 kun

1982 yil 26 iyun

Ahmad Abdullohzoda («Fulad»)

5 yil 7 oy 9 kun

1993 yil 6 may

BAA milliy chempionati

BAA chempionati ham o‘z an’analariga ega. Bu mamlakatda futbol yulduzlarini tarbiyalash ancha qiyin. Lekin klublar mahalliylashtirish yo‘lidan borishni ham xushlamaydi. BAA futboli rahbariyati yangi asrda ish boshlagan akademiyalar orqali avvalo, klublar, shuningdek, mamlakat terma jamoalariga sadoqatli futbolchilar tarbiyalashni asosiy maqsad sifatida belgilab olgan.

Ismoil Matar 1983 yil 7 aprelda tavallud topgan. Taqdiri «Barsa» sardori Andres Inyestaniki bilan o‘xshash. 1997-2001 yillarda «Al-Vahda» maktabida tahsil olgan past bo‘yli (167 sm.) futbolchi mavsum-2009da Qatarning «Al-Sadd» klubida o‘ynagan - ijara. Ismoilning ikki ukasi ham futbolchi. Ulardan biri - Yosir «Al-Jazira»da o‘ynamoqda.

Futbolchi (klubi)

Muddat

Tug‘ilgan sanasi

Ismoil Matar («Al-Vahda»)

14 yil 1 oy 10 kun

1983 yil 7 aprel

Hamdan al Kamoliy («Al-Vahda»)

11 yil 1 oy 10 kun

1989 yil 2 may

Abdulbosit al Hammadiy («Al-Dafra»)

10 yil 1 oy 10 kun

1976 yil 1 iyul

Subayt Xatir («Al-Jazira»)

9 yil 1 oy 10 kun

1980 yil 27 fevral

Umar Abdulrahmon («Al-Ayn»)

9 yil 1 oy 10 kun

1991 yil 20 sentyabr

Muhammad Abdulrahmon («Al-Ayn»)

9 yil 1 oy 10 kun

1989 yil 4 fevral

Abdullo Muso («Al-Nasr»)

8 yil 1 oy 10 kun

1987 yil 23 fevral

Hadif Sayf («Emireyts»)

7 yil 1 oy 10 kun

1985 yil 17 fevral

Ali Murod («Al-Vahda»)

6 yil 1 oy 10 kun

1992 yil 13 dekabr

Abdulsalom Juma («Al-Dafra»)

5 yil 1 oy 10 kun

1977 yil 23 may

Haydar Ali («Emireyts»)

5 yil 1 oy 10 kun

1979 yil 25 dekabr

Qatar milliy chempionati

Tasavvurimizda Qatar Yulduzlar ligasi futbolchilari klublarni tez-tez almashtirishadi.  Aslida bu fikr biroz noto‘g‘ri. Qatar klublari homiylarining hotamtoyliklari, keng miqyosda xayr-saxovatga e’tibor qaratib, chempionat taraqqiyoti uchun katta mablag‘ sarflashlari futbolchilarni muhitni o‘zgartirmaslikka undamoqda.

Muhammad Saqr. 1981 yil 17 mayda tug‘ilgan. U 2011 yili Xalqaro futbol statistikasi assosiasiyasi tomonidan jahonning eng yaxshi darvozabonini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovda top-17 ro‘yxatiga kirgandi. Chunonchi, Saqr 2011 yilning 5 noyar kuni «Chonbuk Xyunday Motors»ga qarshi kechgan OCHL finali (bosh hakam - Ravshan Ermatov)ning penaltilar seriyasida Kim Dong San va Park Von Jaye urinishlarini yo‘qqa chiqarib, jamoasi g‘alabasingi ta’minlagandi. O‘shanda qatarlik kiper goal.com sayti tomonidan jahonning haftadagi eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Saqr 2004-2012 yillar oralig‘ida Qatar termasining 61ta o‘yinida qatnashgan.

Futbolchi (klubi)

Muddat

Tug‘ilgan sanasi

Muhammad Salim («Al-Arabi»)

14 yil 7 oy 9 kun

1985 yil 14 iyul

Muhammad Saqr («Al-Sadd»)

14 yil 1 oy 10 kun

1981 yil 17 may

Sulaymon al Nasr («Al-Haraytiyat»)

14 yil 1 oy 10 kun

1984 yil 27 oktyabr

Bilol Muhammad Rajab («Al-Garafa»)

13 yil 1 oy 10 kun

1986 yil 2 iyun

Hamid Zohir («Al-Garafa»)

12 yil 1 oy 10 kun

1981 yil 21 sentyabr

Ibrohim Majid («Al-Sadd»)

11 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 12 may

Anas Muborak («Al-Garafa»)

10 yil 1 oy 10 kun

1984 yil 22 avgust

Hassan al Haydos («Al-Sadd»)

10 yil 1 oy 10 kun

1990 yil 11 dekabr

Xolid Solih («Qatar»)

10 yil 1 oy 10 kun

1986 yil 19 iyun

Umar Barri («Al-Rayyan»)

8 yil 1 oy 10 kun

1986 yil 18 iyul

Ibrohim Al G‘anim («Al-Garafa»)

8 yil 1 oy 10 kun

1983 yil 27 iyun

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:03, 04.09.2017. O'qildi: 4996 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.