Har bir murabbiyning ham o‘z falsafasi bor. Ular o‘yin oldi yoki o‘yindan keyingi matbuot anjumanlari-yu, turli hil intervyularda bir qancha qiziqarli iqtiboslarni keltirib o‘tishgan.
BILL ShENKLI (ANGLIYA)
- «Liverpul»da 2 ta superklub bor – «Liverpul» va «Liverpul»ning ikkinchi tarkibi. Agarda qiladigan ishim bo‘lmasa va zerikib qolsam, turnir jadvalini olaman-da, «Everton»ning qay darajada pastga sho‘ng‘ib ketganini ko‘rib, mazza qilib o‘tiraman. Agarda «Evarton» jamoasining uyimning tagida futbol o‘ynaydigan bo‘lsa, derazalarni yopib, pardalarni tortib qo‘yaman ( «Liverpul»ni 15 yil boshqargan murabbiy. «Liverpul» haqida).
- Ba’zilarning fikricha, futbol - bu hayot va momot masalasi. Bunday munosabat hafsalani pir qiladi. Sizlarni ishontirib aytamanki, futbol bulardan ham muhimdir.
- Biz ularni 0:0 hisobida yanchib tashladik
- Agar mag‘lubiyat yoki durrangdan so‘ng bizni quvvatlashni istamasang, g‘alabadan so‘ng ham bu ishni qilmay qo‘yaqol.
BRAYAN KLAFF (ANGLIYA)
- Bunday mutaxassisga to‘p solingan qopni berishdan oldin 2 marta yaxshilab o‘ylab olgan bo‘lardim. Federasiyamiz rahbarlari esa butun boshli terma jamoani topshirib o‘tiribdilar («Nottingem Forest» afsonasi bir vaqtlar Angliya termasi bosh murabbiyligiga Don Rivning tayinlanishi haqida).
- Bekxem to‘pga nisbatan xotiniga bo‘lganday muomala qiladi - mehr va muhabbat bilan (Devid Bekxem haqida).
Davomi>>>