“Qizilqum” – “Bunyodkor” (3:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugun ikki taymda ikki xil futbol guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda himoyadagi pala-partishlik sabab qarshi hujumlarda ikkita gol o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda esa yigitlar muxlislar kutgan o‘yinni namoyish etib berishdi. Ayniqsa, o‘yin oxirlari jangovar va ochiq futbolga, golllarga boy bo‘ldi. Agar biroz vaqt bo‘lganida, shubhasiz, yana gol kiritilishi mumkin edi.
Umuman bugun g‘alaba uchun tayyorgarlik ko‘rgandik. Birinchi bo‘limdan keyin Shodmonov va Bahriddinovni maydonga tushirib o‘rta chiziqni kuchaytirishga harakat qildik. Natijadan qoniqmadim, g‘alaba qozonishimiz lozim edi. Ammo o‘yindan qoniqdim. Tarkibdagi yosh futbolchilarga ham imkon berdik va ular o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashdi. Asosiy tarkibda harakat qilgan Nodirxon Kamolov, zaxiradan maydonga tushgan Viktor Grigoryev harakatlari tahsinga loyiq.
Bugungi o‘yin uchun barcha futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar ham bu o‘yindan xursand bo‘lishdi”, — deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi “Qizilqum” ustozi
“Qizilqum” matbuot xizmati.