Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Italiya «A» seriyasi: kim qancha sarfladi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yozgi oldi-sotdilar nihoyasiga yetib, qizg‘in kurashlar avjiga chiqmoqda. Yevropaning top-klublari o‘z tarkiblarini mukammal darajaga keltirish uchun bir qator transferlarni amalga oshirishdi. Ayniqsa, «Milan»dagi o‘zgarishlardan keyin, tabiiyki, «A» seriya ham yana avvalgiday muxlislar e’tiborini tortadiganga o‘xshaydi. Shu munosabat bilan Germaniyaning Transfermarkt.de sayti Italiya klublari yozgi bozorda qanday ishlashganiga nigoh tashladi.

«Milan» ikki yo‘nalishda birinchi

Transfermarkt.de saytida keltirilishicha, hozirgacha milanliklar safi 11 nafar o‘yinchi hisobiga boyidi. Buning uchun umumiy hisobda 240,5 million yevro sarflangan. Tabiiyki, Leonardo Bonuchchi Italiyada 2017|2018 yillar mavsumining eng qimmat futbolchisi bo‘ldi. Mahoratli himoyachining qizil-qora libos kiyishi Montella jamoasiga 42 million yevroga tushdi. Skudettoni so‘nggi bor 2011 yilda qo‘lga kiritgan milanliklar chempionlik tojini tezroq kiyish umidida «Portu» goleadori Andre Silva uchun 38 million yevroni ayashmadi. «Rossoneri» unga Belottini sherik qilmoqchi edi, biroq ushbu kelishuv amalga oshmadi. Shu maqsadda Turinning ikkinchi klubiga taklif yuborilgan, biroq «Torino» hujumchisini 100 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emasligini bildirgandi.

«Milan»ning yangi rahbariyati murabbiy talabini bajarishdan tash­qari, hattoki, futbolchilarning ba’zi erkaliklarini ham ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda. Xususan, «Real»­da to‘p surishga ishtiyoqmand darvozabon Janluiji Donnarummani klubda olib qolish uchun uning ukasi Antonio bilan ham shartnoma imzolandi.

«Yuventus»dan qarshi hujum

Leonardo Bonuchchi Turindan ketgach, «Yuventus» ham qarab turgani yo‘q. Darhol «Milan» tomon qarshi hujumga o‘tdi. Mattia de Shilyoning qizil-qora libosni «oq-qora»ga almashtirishga rozi bo‘lishi Italiya chempioni uchun 12 million yevroga tushdi. Umuman, skudettoni yana o‘zlarida saqlab qolish va Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni maqsad qilgan «Keksa sinyora» yozgi transferlar mavsumida 149,2 million yevroning bahridan o‘tdi. Sotib olingan futbolchilar orasida eng qimmati - Federiko Bernardeski. Mazkur kelishuv orqali «Fiorentina» 40 million yevroga boyidi.

Eng ko‘p, ammo...

Necha yildan buyon chempionlikka erisholmayotgan «Roma» ham ko‘plab futbolchilarni xarid qilishga ulgurdi. Poytaxtliklar safiga qo‘shilgan o‘yin­chilardan bemalol bitta tarkib tuzsa bo‘ladi. Shunda ham ulardan biri zaxirada qolib ketishi muqarrar. Rimliklar 12 nafar futbolchi bilan arzon-garov kelishuvga erishishgan. Shu sabab, ularning umumiy sarf-xarajati «Milan» va «Yuventus»nikidan kamtarroq - 88,8 million yevro. Sotib olingan eng qimmat o‘yin­chilar narxiga e’tibor bering: «Feyenord»ni ko‘ndirish uchun Rik Karsdorp uchun 14 million berishdi. Turk klubi «Bashakshehir»ning iste’dodli yarim himoyachisi Jengiz Under undan ham arzonroqqa tushdi - 13,4 mln. Shunga qaramay, Italiya matbuoti «Roma»ning eng omadli xaridi sifatida Aleksandr Kolarovni ko‘rsatmoqda. Uni «Manchester Siti» bor-yo‘g‘i 5 «limon»ga pulladi.

«Inter» hamshahriga mahliyo

Luchano Spalletti boshqaruvidagi «Inter» esa asosiy transferni qishga surgandek. Negaki, Milanning ikkinchi jamoasi yozgi mavsumda atigi 3 nafar futbolchini tarkibga qo‘shib oldi. Asosiy raqiblari 200lik marrani zabt etishga chog‘langan paytda «Inter» jimgina 52,5 million bilan kifoyalanmoqda. To‘g‘ri, Spalletti Mattias Vesino («Fiorentina») va Milan Skriniar («Sampdoriya»)ni chakana pulga olib kelmadi. Ular uchun mos ravishda 24 va 23 million yevro sarf­landi. Biroq bu xarajatlar skudetto uchun jiddiy kurash taklif etish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Neapolliklar xasismi?

Kamchiqimlik bobida «Napoli» klubi «Inter»dan qolishgani yo‘q. Neapolliklar 4 futbolchi transferiga salkam 47 million yevro sarflashdi. Ularga ayniqsa, «Torino» vakili Nikola Maksimovich ancha qimmatga tushdi. Nihoyat, muzokaralar so‘nggida turinliklar uni «Napoli»ga 20 million yevroga sotishga rozi bo‘ldilar. Shuningdek, Marko Roguning «Dinamo» (Zagreb)dan Italiya jamoasi safiga qo‘shilishi 13 millionga baholandi. Italiya gazetalari «Napoli»ning bunday transfer siyosatini xasislikka yo‘ygani yo‘q. Chunki, o‘tgan yilgi tarkib mukammal darajada. Ortiqcha sarf-xarajatdan naf yo‘q, degan fikrni ilgari surishmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 09.09.2017. O'qildi: 4083 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик