Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • 2:3
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • 2:1
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hamyurtlarimiz suv sporti bo‘yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boshqa
Rukn: Yangiliklar
A A A

Poytaxtimizda suv sport turlari bo‘yicha yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida bugun uchinchi kungi bahslar bo‘lib o‘tmoqda. Ayni daqiqalarga qadar, suzish va suvga sakrash sport turlarida musobaqalar davom etayotgan bo‘lsa, kechadan “Yoshlik” sport majmuasida suv polosi bo‘yicha bellashuvlar boshlandi. Dastavval suzish bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar haqida.

Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimidan so‘ng bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha turli masofalarga suzish bo‘yicha hal qiluvchi final bahslari o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. E’tiborlisi, birinchi kungi musobaqalarning o‘zida suzish bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimiz sportchilari suv sport turlari bo‘yicha yosh toifalar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatlarida bunga qadar sakkiz marotaba ishtirok etishgan va hech bir musobaqada 4 ta oltin medal sohibi bo‘lishmagan edi.

Demak, Toshkentda boshlangan Osiyo chempionatida yosh, umidli sportchilarimiz birinchi kunning o‘zida to‘rt bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, o‘ziga xos rekord o‘rnatishdi. Qizg‘in kechgan musobaqalarning yakunlariga ko‘ra terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni 50 metr masofaga brass usulida suzishda Vladislav Mustafin va Fotima Amilova, 100 metrga batterflyay usulida suzishda Artem Kozlov hamda 4 bor 100 metr masofaga suzish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan estafeta bahslarida Danil Tulupov, Aleksey Tarasenko, Artyom Kozlyuk va Xurshid Tursunovlardan iborat jamoamiz keltirishdi.

O‘smirlar o‘rtasida 50 metr masofaga chalqancha usulda suzishda Odilbek Yusupboyev, shuningdek, xuddi shu masofaga brass usulida suzish bahslarida Alyona Vasilyeva kumush medal sovrindori bo‘lishdi. Bundan tashqari, 100 metr masofaga brass usulida suzishda Shohsanam Toshpo‘latova hamda 200 metr masofaga chalqancha usulda suzish musobaqasida Danil Bukin ikkinchi o‘rinni egallashdi. 200 metr masofaga chalqancha usulda suzishda o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada Yegor Bolotov, qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda esa Maftunabonu To‘xtasinova bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Birinchi kun bo‘lib o‘tgan suvga sakrash musobaqalarida ham ikki nafar hamyurtimiz sovrindorlar safidan o‘rin egallashdi. Jumladan, o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Doston Botirov, qizlar o‘rtasida esa Olga Morozova kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Kecha kunning birinchi yarmida suzish bo‘yicha saralash bahslari o‘tkazilgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida suvga sakrash va suv polosi bo‘yicha bahslar boshlandi. “Yoshlik” sport majmuasida suv polosi bo‘yicha boshlangan musobaqalarning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, Qozog‘iston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari kuch sinashayotgan bo‘lishsa, qizlar o‘rtasida Yaponiya, Xitoy, O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar. Dastlabki tur natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston termasi ustidan 11:5 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Yaponiya terma jamoasi o‘smirlari xitoylik tengqurlariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi -17:6. Musobaqalar aylanma tizimda o‘tkazilib, 15 sentyabrga qadar davom etadi.

Suv sport turlari bo‘yicha yosh toifalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatining ikkinchi kuni ham terma jamoamiz uchun sermahsul bo‘ldi. Suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz yana 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi. Jumladan, 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha tashkil etilgan bahslarda Xurshid Tursunov 1:50.77 natijasi bilan oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Vladislav Mustafin 100 metrga brass uslubida suzish bo‘yicha 1:01.91 natijasi bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Artyom Kozlyuk esa 50 metrga baterflyay usulda suzish bo‘yicha marraga birinchi bo‘lib yetib kelib (24.04), oltin medal sohibiga aylandi. Kecha shuningdek, 100 metr masofaga brass usulida suzish bo‘yicha Fotima Amilova kumush, 200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha Aleksey Tarasenko va Maftuna To‘xtasinova bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Suvga sakrash bo‘yicha tashkil etilgan musobaqalarda ikkinchi kungi bellashuvlar yakuniga ko‘ra hamyurtlarimiz yana 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi. 10 metrlik tramplindan sakrash bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda qizlarimizdan Yuliya Mustayeva va Olga Morozova, shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida Botir Hasanov va Marsel Zaynuddinov juftliklar bahsida kumush medallarini qo‘lga kiritishdi. Yakkalikda Yuliya Mustayeva bronza medali sohibiga aylandi.

Demak, hozirgi vaqtga qadar Osiyo chempionatida terma jamoamiz a’zolari suzish bo‘yicha 7 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘lib ulgurgan bo‘lsalar, suvga sakrash bahslarida hamyurtlarimiz o‘z hisoblariga 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘shib qo‘yishdi. Shu tariqa, suzish bo‘yicha ikkinchi kungi musobaqalar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi umumjamoa hisobida yaponiyaliklardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Musobaqalar davom etmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:29, 10.09.2017. O'qildi: 5077 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик