Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Mash’al»ga yutqazib qo‘ydi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugungi uchrashuvni jarohat sabab Javohir Sidiqov, Jalil Kimsanov va Aleksandr Merzlyakovlar o‘tkazib yuborishadi. Bu yo‘qotishlar esa o‘z so‘zini aytdi.

Uchrashuvni odatdagiyek vakillarimiz shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. Dastlabki hujumda raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat vujudga keldi. Mehmonlar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, xavfni bartaraf etishdi.

13-daqiqada muborakliklar yana bitta xavfli vaziyatni vujudga keltirishdi. Xumoyun Murtazoyevning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi.

16-daqiqada Jamshid Hasanov katta tezlikda ketatgan pallada raqiblar uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Jarima to‘pidan esa samara keltira olmadik.

25-daqiqada burchakdan oshirlgan to‘pdan keyin futbolchilarimiz raqib darvozasini ishg‘ol etishga juda yaqin kelishdi. So‘nggi pallada himoyachilar to‘pni qaytarib qolishdi.

30-daqiqa jamoamiz uchun omadsiz keldi. Nikita Pavlenko himoyamizdagi xatodan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

36-daqiqada raqiblarimiz ikkinchi bor darvozamizni aniq nishonga olishdi. Abdullox Olimovning oshirib bergan to‘pini Xumoyun Murtazoyev boshi bilan darvozaga bexato yo‘lladi – 0:2.

40-daqiqada futbolchilarimiz hisobni qisqartirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lishgan edi. Filip Rayevasning boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

Birinchi  bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida to‘pi qo‘l bilan to‘xtatib qolishdi. Natijadabosh hakam Ravshan Ermatov muborakliklar darvozasi tomon penalti belgiladi.  Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirdi – 1:2.

Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi. Ikkinchi taym boshida jamoamizda ikkita o‘zgarish yuz berdi. 50-daqiqada futbolchilarimiz jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lishdi.

Murod Xolmuhammedov tepgan to‘pni mehmonlar posboni arang qaytarib qoldi. 53-daqiqada Jamshid Hasanovning jarima maydonchasiga oshirib bergan to‘pini Filip Rayevasning akrobatik uslubida bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

64-daqiqa o‘tib boratgan pallada Nikita Pavlenkoning kuchli zarbasi uchinchi marta darvozamizdan o‘rin oldi – 1:3.

87-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev hisobni qisqartirdi.  Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Xumoyun Murtazoyev hisobni 2:4ga keltirib qo‘ydi.

Vaziyatlardan foydalana olmaslik oqibatida ikkinchi davrada o‘z maydonimizdagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldik.

Jamoamizning navbatdagi o‘yini 22 sentyabr kuni Bekobodda “Metallurg”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Oliy liga, 21-tur

«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Mash’al» (Muborak) – 2:4 (1:2)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Gollar: Murod Xolmuhammedov 45 pen, Quvondiq Ro‘ziyev -87  – Nikita Pavlenko-30, 64, Xumoyun Murtazoyev-36, 90.

«Qo‘qon-1912»: 13. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 14. Doniyor Hasanov (4. Bahodir Akramov-46), 19. Suhrob Berdiyev (11. Andrey Sidorov-70), 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich,  70. Quvondiq Ro‘ziyev, 77. Murod Xolmuhammedov, 98. Xushnudbek Avilov (17. Avaz Mamatxo‘jayev-46), 99. Filip Rayevas.

«Mash’al»: 35. Javohir Ilyosov, 6. Sardor Abduraimov (22. Bobur Qosimov-84), 10. Xumoyun Murtazoyev, 13. Shahzod Shaymanov, 18. Abbos Shodmonov, 23. Kenja To‘rayev (19. Zohir Qo‘ziboyev-58),  27. Nikita Pavlenko,  31. Igor Timonyuk, 44. Asil Begimqulov, 55. Avaz Agaliyev, 77. Abdullox Olimov (2. Iskandar Shoyqulov-61).

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 18:25, 16.09.2017. O'qildi: 2900 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик