Oliy liga 21-turida "Paxtakor" yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlabki daqiqalardan tashabbusga erishgan jamoa birinchi bo‘lim o‘rtalarigacha raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. 9-daqiqada uzoq davom etgan hujumni Ahmedov jarima maydoni ichidan bergan aniq zarbasi bilan yakunladi va hisobni ochdi - 1:0.
25-daqiqada Kozak ajoyib gol muallifiga aylandi. Vladimir 30 metrlardan to‘pni darvozaning chap yuqori burchagiga joyladi - 2:0. Birinchi bo‘lim oxiriga qadar hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limda gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlarni yuzaga keltirgan mezbonlar ularning bittasidan foydalandi. 68-daqiqada Sergeev burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga burib yubordi. Bu gol o‘yindagi oxirgisi bo‘ldi. Yirik g‘alaba "Paxtakor"ni turnir jadvalida 4-pog‘onaga olib chiqdi.
Oliy Liga, 21-tur
"PAXTAKOR" - "SHO‘RTAN" - 3:0 (1:0)
16 sentyabr. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 4784 tomoshabin.
Hakamlar: H.Ro‘ziyev - 8,5. S.Hakimov - 8,4. SH.Kamarov - 8.4.
Nazoratchi: I.SHaripov.
"Paxtakor": Lobanov, Kozak, Simich, A’zamov, Hoshimov (Alijonov, 81), Ahmedov, Griffits (Ismatullayev, 69), Nurullayev, Kanyuk, Bezerra (Ibrohimov, 76), Sergeev.
"Sho‘rtan": Turobov, Otaqulov, Ergashev, Karimov, Taran, Ubaydullayev, Jo‘raboyev, Boymatov (Xolto‘rayev, 46), Mamadaliyev, Narzullayev (Murodov, 63), Safarov (Xursanov, 68).
Gollar: Ahmedov, 9 - 1:0. Kozak, 25 - 2:0. Sergeev, 68 - 3:0.
Ogohlantirish: Bezerra, 42.