Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Matematika darsi yoxud transferlar bozorining oxirgi kuni haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, dahshatnamo kelishuvlarni o‘z ichiga olgan yozgi transferlar bozori yopildi. Demak, futbolcha oldi-sottilar natijasini alohida ko‘rib chiqish mumkin.

Soccer.ru sayti futbol savdolari tahlilini oxiridan boshlashni ma’qul topdi: klublar dedlayn (oxirgi kun)da munosib operasiyalarni o‘tkazdimi?

Fakt. 31 avgust kuni 656ta transfer rasmiylashtirildi, bu yildan-yilga tig‘iz bo‘lib borayotgan dedlaynlar uchun yangi rekorddir.

Mablag‘. Transferlar oynasining oxirgi kuni futbolchilar xaridi uchun jami 357 million yevro sarflandi va bunisi ham eng yuqori ko‘rsatkichdir (avvalgi yillardagi dedlaynda bunchalik katta xarajatga qo‘l urilmagandi). Shuningdek, 31 avgust xarajatlar miqdori bo‘yicha yozgi transferlar reytingida ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Tushunarliroq aytganda, bozor ochilgan kuni - 1 iyuldagina ko‘proq sarflandi: 13 mingdan ortiq transfer uchun jami 1,68 milliard yevro (ammo o‘tishlarning ko‘pi avvaldan kelishib qo‘yilgandi). Xullas, 1 iyulni inobatga olmasak, eng bozori chaqqon kun aynan 31 avgustdir. Deylik, birgina Neymarning transferi uchun 222 million yevro sarflangan 3 avgust kuni umumiy savdo hajmi 267,5 «limon»ni tashkil qildi va bu uchinchi yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Rossiya ulushi. Dedlaynda sarflangan summaning 20 millioni Rossiya klublari chekiga to‘g‘ri keldi: 2ta kelishuvga. «Spartak» braziliyalik Pedro Rosha uchun 12 million to‘lagan bo‘lsa, Mixi Mevlyaning «Ros-tov»dan «Zenit»ga o‘tishi 8 «limon» talab qildi. Xullas, oxirgi kungi jami xarajatning 5,6 foizi Rossiyaning 2ta klubiga tegishli.

Transferlar. Dedlaynlar rekordi o‘zgarmadi. Ya’ni bu yil oxirgi kunda hech bir futbolchiga hattoki, 50 million yevro ham to‘lanmadi. Eslatib o‘tamiz, dedlaynlar tarixidagi rekord 2 yil oldin «MYU» tomonidan o‘rnatilgan - «qizil iblislar» savdolarning oxirgi kuni Antoni Martialga 60 million yevro to‘lashgandi. Umuman, bozor yopilishi arafasida odatdagidek, Angliya klublari faollik ko‘rsatdi. Misol uchun, 2016 yili «Chelsi» va «Tottenxem»ning 35 millionli xaridi (tegishlicha David Luiz va Muso Sissoko) ro‘yxatning yuqorisidan joy olgandi. Endi esa yana «Chelsi» va «Liverpul» bu borada birinchi bo‘ldi. «Aristokratlar» Denni Drinkuoter, «qizillar» esa Aleks Oksleyd-CHemberlen uchun 38 million yevro to‘lashdi. Diqqatga sazovor tomoni, 31 avgust kuni rasmiylashtirilgan eng qimmatbaho 10ta transferning 8tasi APL klublariga tegishli. Top-ro‘yxatda shuningdek, «RB Leypsig» va «Spartak» xaridi ham bor.

Yashirin «bomba». Martial transferi rekord sifatida qolgani aytildi, rasman shunday. Biroq Kilian Mbappening «Monako»dan «PSJ» safiga qo‘shilganiga alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Bilasiz, bu o‘tish ijara kelishuvi sifatida qayd etildi, shuning uchun fransuz hujumchisi dedlayn, umuman, yozgi transferlar bozorining eng qimmatbaho o‘yinchilari qatorida ko‘rsatilmayapti. Vaholanki, gap futbol tarixidagi transferlar reytingida Neymardan so‘ng ikkinchi o‘ringa joylashgan yigitcha haqida ketyapti. Ijara - bu «Pari Sen-Jermen» uchun shunchaki, UYEFAning moliyaviy «Feyr-pley» qoidasini chetlab o‘tish vositasi. «Monako» menejerlari tabiiyki, bo‘lajak yulduzni ijara asosida yuborish barobarida «PSJ» zimmasiga binoyidek shartlar va majburiyatlarni yuklashdi. Unga ko‘ra, kelasi yoz to‘laqonli transfer amalga oshiriladi. Har holda, turli manbalarda keltirilishicha, parijliklar knyazlik klubiga chamasi 160-180 million yevro berishga rozi bo‘lganlar.

Ijara kelishuvlari. Bunday shartnomalar xususida alohida gapirish lozim. Zero, oxirgi lahzalarda klublar aynan ijara kelishuvlarini ko‘proq rasmiylashtirishga odatlangan. Raqamlarda ifoda etsak, 31 avgust kungi 656ta  shartnomadan 281tasi «vaqtincha foydalanish» asosida tuzildi. Aytgancha, rasmiy hujjatlarda qayd qilinishicha, Kilian Mbappening Parijga xizmat safari uchun pul to‘lanmaydi. Eng yirik ijara kelishuvining yillik bahosi esa 8,5 million yevroga teng. Diqqat qiling, kamtarin «Suonsi» Renatu Sansheshdan foydalanish maqsadida shunday katta to‘lov majburiyatini oldi. Italyanlarning ijara kelishuvini yaxshi ko‘rishlari bu galgi dedlaynda ham o‘z tasdig‘ini topdi: 6ta eng katta shartnomaning 4tasi «A» seriyasi vakillariga tegishli («Sampdoriya», «Inter», «Torino» va «Napoli»). Darvoqe, Duvan Sapata va M~Bayi Nyang transferlar bozori jarayonida «Spartak» safiga qo‘shilishlari mumkin edi, ammo ular ijara asosida bo‘lsada, Italiyada qolishni afzal ko‘rishdi, Nani esa «Lokomotiv» taklifidan yuz o‘girib, vaqtincha «Torino» a’zosiga aylandi.

Dedlayn yetakchisi. Yozgi dedlaynda eng ko‘p mablag‘ sarflagan klub - «Chelsi». «Aristokratlar» 31 avgust kuni Davide Zappakosta va Denni Drinkuoter transferiga jami 66 million yevro ajratishdi. Bu oxirgi kunga to‘g‘ri kelgan jami xarajatning 18,5 foiziga teng. O‘z o‘rnida aytish joiz, kuchli dedlayn «ko‘klar» uchun odatga aylanib boryapti. Zero, «Chelsi» 2016 yilgi bozorning oxirgi kuni David Luiz va Markos Alonsoni 58 million yevroga xarid qilib, bu borada birinchi o‘rinni band etgandi.

Yozgi transferlar bozori-2017 dedlaynida kuzatilgan 10ta eng yirik kelishuv (faqat to‘laqonli transferlar inobatga olingan)

---------------------------------------------------------------------------------------------

1-2. Denni Drinkuoter («Lester»dan «Chelsi»ga) - 38 mln. yevro

1-2. Aleks Oksleyd-CHemberlen («Arsenal»dan «Liverpul»ga) - 38 mln. yevro

3. Mamadu Sako («Liverpul»dan «Kristal Pelas»ga) - 28,2 mln. yevro

4. Davide Zappakosta («Torino»dan «Chelsi»ga) - 28 mln. yevro

5. Serj Orye («PSJ»dan «Tottenxem»ga) - 25 mln. yevro

6. Kevin Kampl («Bayer»dan «RB Leypsig»ga) - 20 mln. yevro

7-8. Fernando Lyorente («Suonsi»dan «Tottenxem»ga) - 13 mln. yevro

7-8. Vilfrid Boni («Manchester Siti»dan «Suonsi»ga) - 13 mln. yevro

9. Pedro Rosha («Gremio»dan «Spartak»ka) - 12 mln. yevro

10. Nikola Vlasich («Xayduk»dan «Everton»ga) - 10,8 mln. yevro

Yozgi transferlar bozori-2017 dedlaynida kuzatilgan 6ta eng yirik ijara kelishuvi

---------------------------------------------------------------------------------------------

1. Renatu Sanshesh («Bavariya»dan «Suonsi»ga) - 8,5 mln. yevro

2. Divok Origi («Liverpul»dan «Volfsburg»ga) - 6,5 mln. yevro

3. Duvan Sapata («Napoli»dan «Sampdoriya»ga) - 3 mln. yevro

4-6. Kristian Ansaldi («Inter»dan «Torino»ga) - 2 mln. yevro

4-6. Nani («Valensiya»dan «Lasio»ga) - 2 mln. yevro

4-6. M~Baye Nyang («Milan»dan «Torino»ga) - 2 mln. yevro

Yozda amalga oshmay qolgan 10ta e’tiborli transfer

Ha, yozgi transferlar bozorining so‘nggi kuni bir qator yirik kelishuvlarni taqdim etdi. Shuning barobarida yangi jamoalarga o‘tishlari kutilgan ba’zi futbolchilar oxir-oqibat eski joylarida qolishdi, baribir. Football.ua sayti butun mavsumlar oralig‘ida yangi klubga talpingan, biroq yakunda xohishlari amalga oshmagan top-futbolchilarga e’tibor qaratib, o‘ziga xos reyting tuzib chiqdi.

10. Ross BARKLI («Everton»dan «Chelsi»ga)

Masala bahosi: 50 million yevro

9. Aleks SANDRO («Yuventus»dan «Chelsi»ga)

Masala bahosi: 70 million yevro

8. Ivan PERISHICH («Inter»dan «Manchester Yunayted»ga)

Masala bahosi: 80 million yevro

7. Garet BEYL («Real»dan «Manchester Yunayted»ga)

Masala bahosi: 110 million yevro

6. Andrea BELOTTI («Torino»dan «Chelsi»|«Milan»ga)

Masala bahosi: 100 million yevro 

5. Antuan GRIZMANN («Atletiko»dan «Manchester Yunayted»|«Barselona»ga)

Masala bahosi: 100 million yevro

4. Pyer-Emerik OBAMEYANG («Borussiya»dan «Chelsi»|«Milan»ga)

Masala bahosi: 120 million yevro

3. Diyego KOSTA («Chelsi»dan «Atletiko»ga)

Masala bahosi: 40 million yevro

2. Aleksis SANCHES («Arsenal»dan «Manchester Siti»|«PSJ»|«Bavariya»ga)

Masala bahosi: 100-120 million yevro

1. Filippe KOUTINYO («Liverpul»dan «Barselona»ga)

Masala bahosi: 160 million yevro

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 02:03, 17.09.2017. O'qildi: 5497 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик