Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Sho‘rtan» PFK: «G‘alabamizni tortib olishdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Oliy liganing 22-turida “Sho‘rtan”  o‘z maydonida “Navbahor” bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi juda zerikarli va qiziqarsiz o‘tdi. To‘g‘ri, jamoamizda bu vaqt oralig‘ida hisobni ochish uchun ba’zi vaziyatlar yaratilgan edi, ammo  Ubaydullayev va Taranlar ushbu vaziyatlarni mantiqiy yakuniga yetkaza bilishmadi. Ubaydullayevning zarbasiga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, Taran tepgan to‘pni raqib darvozaboni qaytarishga erishdi. Oradan ko‘p o‘tmay mehmonlar tarkibida o‘zgarishni amalga oshirishdi. Jarohat olgan Sardor Azimov o‘rniga maydonga Doniyor Usmonov tushirildi. Ushbu o‘zgarish sababmi, yoki boshqami namanganliklar o‘yini ancha “jonlandi”. Natija o‘zini ko‘p kuttirmadi va “Navbahor” hisobni ochishga erishdi. 22-daqiqada, Jamol Otaqulovning qo‘pol harakatlari bois darvozamiz tomon  jarima to‘pi belgilandi. Oybek Qilichevning 45 metrlardan belgilangan jarima nuqtasidan jamoadoshlariga xavodan oshirib bergan to‘piga  Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan zarba berib, Turobovga imkon qoldirmadi - 0:1. O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng, jamoamiz o‘z maydonida o‘ynayotganini esga olishdi shekilli, o‘yin nazoratini o‘z qo‘llariga olishga harakat qilishdi va ko‘p o‘tmay bu o‘z samarasini ko‘rsatdi. Laziz Ubaydullayevning to‘p uzatishidan so‘ng, jarima maydonchasining markazidan yorib kirgan Igor Taran himoyachilarni aldab, uzoqdan zarba berib, chiroyli tarzda  Asilbek Amonovni dog‘da qoldirdi - 1:1. Urilgan goldan ruhlangan jamoamiz futbolchilari, birin-ketin xavfli vaziyatlarni amalga oshira boshladi. Ammo jamoamizning urinishlari o‘zini oqlamadi. Biroq, bo‘lim yakunida, kutilmagan qiziqarli voqea sodir bo‘ldi. Sunnatilla Mamadaliyevni to‘xtatishga uringan raqib darvozaboni jarima chizig‘idan tashqarida to‘pga qo‘li bilan o‘ynab, bu harakatlari uchun ogohlantirish oldi. Natijada, belgilangan jarima to‘pini Laziz Ubaydullayev mehmonlar darvozasiga joylab jamoamizni oldinga olib chiqdi - 2:1.

Ikkinchi bo‘limni ham ko‘tarinki ruhda boshlagan “oq bo‘rilar” 54-daqiqa kelib hisobdagi farqni oshiridi. Tarandan to‘pni qabul qilib olgan Mamadaliyev, uni  Jasur Xolto‘rayevga uzatdi. Jarima maydonchasi markazida ikki himoyachi o‘rtasida qolib ketgan bo‘lishiga qaramay, Jasur to‘pga zarba berdi va gol - 3:1. Uchinchi golimizdan so‘ng, “Navbahor” tarkibida o‘zgarishlarni  amalga oshirdi. Ko‘p o‘tmay, bu o‘zgarishlar o‘z samarsini berdi. Bosim o‘tkazishga uringan raqiblar ikkinchi golini ham standart vaziyatdan darvozamizga kiritishga erishdi. Uchrashuvning 63-daqiqasida darvozamiz tomon belgilangan burchak to‘pini Oybek Qilichev jamoadoshlariga yetkazib berdi. Bu vaziyatda, boshi bilan aniq o‘ynab qo‘ygan G‘iyos Komilov ajralib chiqdi – 3:2. Uchrashuvning 67-daqiqalarida, jamoamiz o‘yinini kuchaytirish maqsadida, maydoga Mamadaliyev o‘rniga G‘ulom Rahmonov tushirildi. Bu orada, raqiblarimizning birin-ketin uyushtirgan hujumlari juda xavfli chiqdi. Ro‘zimboy Ahmedov imkoniyatlarini bir necha bor sinovdan o‘tkazdi. Ba’zi vaziyatlarda uning zarbasini Turobov qaytargan bo‘lsa, yana ba’zilarida unga aniqlik yetishmadi. 86-daqiqalarda darvozamiz tomon 35 metrlar chamasi uzoqlikdan jarima to‘pi belgilangandi. Ushbu vaziyatda to‘pni qaytarishga harakat qilgan futbolchilarimiz hattoki darvozabonimiz jiddiy jarohatlar olishi mumkin edi. Shunday bo‘ldi ham. Obid Jo‘raboyevning yotgan holatiga ahamiyat bermagan bosh hakam o‘yinni davom ettirdi. Natijada ushbu tushunarsiz holatdan raqiblar samarali foydalanishni ep ko‘rishdi va yotgan futbolchining ustidan Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan to‘pni darvozamiz tomon yo‘llab qo‘ydi. Obid Jo‘raboyevga yordam ko‘rsatayotgan Turobov to‘pni ham qaytarib qolishga harakat qildi, ammo u kechikdi - 3:3. Tarkibimizda majburiy o‘zgarish amalga oshirildi. Jiddiy jarohat olgan Jo‘raboyev o‘rniga maydonga Ma’rufxon Murodov tushirildi. Ushbu adolatsiz vaziyatdan tushkunlikka tushgan jamoamiz, o‘yin so‘ngiga qadar e’tiborni yuqotganlari uchun qattiq jazolanishi mumkin ham edi. Bunday imkoniyatlar Doniyor Usmonovda hamda Nemanya Yovanovichlarda paydo bo‘lgandi.  Uchrashuvga qo‘shib berilgan 3 daqiqa esa futbolchilarimizga vaziyatni o‘zgartirish uchun kamlik qildi.

Shuni aytib o‘tish lozimki, uchrashuvdan so‘ng, ko‘plab noroziliklarni keltirib chiqargan bosh hakam Olim Tolibjonovning adolatsiz qarorlari va noto‘g‘ri harakatlari 2 baho bilan baholandi.  

Bosh hakam Olim Tolibjonov va uning yordamchilari - Aleksandr Burov hamda Ruslan Serazitdinovlar butun o‘yin davomida birin-ketin qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishdi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda bosh hakam ikki bor “Navbahor” jamoasi darvozasiga ikki bor yaqqol penaltilarni belgilamadi. Bir gal o‘ng qanotdan amalga oshirilgan hujum davomida “Sho‘rtan” futbolchisi to‘pni jarima maydonchasi ichiga oshirdi. Lekin raqib futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynasa-da, vaziyatga yaqin turgan bosh hakam bu holatga e’tibor bermadi. Keyingi holatda ham jarima maydonchasi ichiga kirib borgan Igor Taran qo‘pollik bilan to‘xtatib qolindi. Bu ham bosh hakam tomonidan e’tiborga olinmadi. Yon qanot hakamlari esa mos ravishda - Aleksandr Burov “Sho‘rtan” futbolchilarini aksariyat to‘g‘ri yurishlarini “ushlab” qolgan bo‘lsa, Ruslan Serazitdinov esa raqib jamoa futbolchilariga ko‘p vaziyatlarda, ya’ni o‘yindan tashqari holatlarda  yo‘l “ochib” berdi. Uchrashuv yakunlangach, nazoratchi tomonidan Olim Tolibjonov salbiy bahoga loyiq ko‘rildi         

Oliy liga. 22-tur. 21.09.2017y.

G‘uzor “Markaziy” o‘yingohi. 1711 tomoshabin.

“Sho‘rtan” - “Navbahor” - 3:3 (2:1)

Hakamlar: O.Tolibjonov - 4,0, R.Serezetdinov - 8,5, A.Burov - 8,4, A.SHukrullayev - 9.

Nazoratchi – A.Abdullayev.

O‘zPFL vakili – A.Inoyatov.

“Sho‘rtan”: 25. Alibek Turobov, 4. Jamol Otaqulov, 5. Hasanboy Ergashev, 7. Olimjon Karimov, 9. Igor Taran (S), 12. Laziz Ubaydullayev, 15. Obid Jo‘raboyev (19. Ma’ruf Murodov, 88), 18. Eldor Boymatov, 30. Jasur Xolto‘rayev (99. Maradona Safarov, 80), 38. Sunatilla Mamadaliyev (17. G‘ulom Rahmonov, 67), 85. Ruslan Melzeddinov.

“Navbahor”: 30. Asilbek Amanov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Oybek Qilichev, 9. Dilshod Jabborov (70. Abbos Maxstaliyev, 55), 19. Mirzohid G‘ofurov, 21. A’zam Aliyev, 22. Ro‘zimboy Ahmedov, 24. Sardor Azimov (18. Doniyor Usmonov, 18), 32. Jahongir Mehmonov (84. Nemanya Yovanovich, 56), 44. Darko Stanoyevich, 77. Azizbek Turg‘unboyev.

Gollar: I.Taran (28), L.Ubaydullayev (45), J.Xolto‘rayev (54) – R.Ahmedov (22,87), G‘.Komilov (64).

Ogohlantirishlar: J.Xolto‘rayev (60) - A.Amonov (45).

Manba: lochinlar.uz
Kiritildi: 10:19, 23.09.2017. O'qildi: 4248 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик