Oliy liganing 21ta turida o‘tkazilgan 165ta bahs davomida 404ta gol urildi. Bitta o‘yinda o‘rtacha 2,45tadan to‘p kiritilgan (birinchi davraning so‘nggi turida nisbatan olganda bu borada hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan).
35ta gol (8,66 foiz) penalti mahsuli. 21ta tur natijalariga ko‘ra, «Dinamo» klubi o‘z maydoni va safardagi bahslarda bir xilda gol urdi (Samarqand shahri jamoasi mana 6 turdirki, raqiblar darvozasini ishg‘ol qilolmayapti).
«Nasaf» va «Qo‘qon-1912» o‘z maydonlarida safardagidan ko‘ra 2 baravar ko‘proq to‘p kiritishdi. Faqat «Dinamo» va «Obod» penaltidan urilgan gollari ustunini to‘ldira olishmadi.
Ayni payt atigi 9 futbolchi 7ta va undan ko‘p gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Faktlar
- «So‘g‘diyona» yetakchisi Sanjar Rashidovning 12ta golidan 8tasi o‘yinda hisobni ochuvchi gollar bo‘lgan. Doston Hamdamov («Bunyodkor») va Marat Bikmayev («Lokomotiv») ham u bilan bu borada bir xil ko‘rsatkichga egalar.
- Marat Bikmayev «Lokomotiv» klubining o‘tgan mavsumdagi 15,6 foiz goliga mualliflik qilgandi. Ayni payt bu boradagi ko‘rsatkich 38,63 foizni tashkil etmoqda.
- Marat Bikmayev shu paytgacha 17ta gol urgan bo‘lsa, shulardan naq 5tasi o‘n bir metrlik nuqtadan amalga oshirilgan. Dragan Cheran («Nasaf») va Sanjar Rashidov («So‘g‘diyona») esa 3ta penaltini aniq bajarishgan. Qolgan 9ta golni ular o‘yindan urishgan.
21-turdan so‘ng klublarda gollarni kimlar va nechtadan urgani haqida ma’lumot
DAVOMI