Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jurnalist Lamning ilk suhbatdoshi – Angela Merkel

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Intervyular
A A A

«Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Filipp Lam o‘zini jurnalistikada sinab ko‘rishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Yaqinda u o‘zining «Tvitter»dagi sahifasiga Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uyushtirgan suhbatini joyladi. Quyida ana shu intervyuni o‘qishingiz mumkin.

- Hozir bu yerda sobiq futbolchi, tadbirkor, fond ta’sischisi va ikki bolaning otasi sifatida o‘tiribman. Sizga shu sohalar buyicha savollar bermoqchiman. Albatta, futbolchi sifatida JCH-2006dan olgan taassurotlarim ulkan. O‘shanda kiyinish xonasiga kirganingizda nimalarni his qilgansiz?

- Bu men uchun o‘zgacha bo‘lgandi. Kansler bo‘lganimda hamisha bir savol turardi: «Endi kanslerimiz ayol kishi. Uning yomon emasligi aniq. Lekin u futbolni tushunadimi?». O‘shanda jahon chempionati o‘yinlarini muntazam ko‘rib yurishim haqida gapirardim. Hozirda futbolga yaqin bo‘lgan ayollar ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Hattoki, «Bavariya»da ham jamoa bilan ishlaydigan ayol (Katlin Kryuger, klub menejeri)  bor. 2006 yilgi jahon chempionati Germaniyaning futbol hayotini o‘zgartirib yubordi. Myunxenda bo‘lib o‘tgan ochilish o‘yinida siz gol urgandingiz. Keyin Polshaga qarshi bahs o‘tkazildi. O‘shanda polshalik hamkasbim bilan birga o‘tirgandim. Bir tarafdan milliy jamoaga muxlislik qilasiz. Ikkinchi tomondan esa diplomat bo‘lish kerak. Hamkasblarga hurmat yuzasidan g‘alabani kuchli nishonlab bo‘lmaydi. Kiyinish xonasiga tashrif buyurish men uchun muhim edi. U yerda meni yaxshi qabul qilishgandi.

- Men uchun sizning kiyinish xonasiga kirishingiz va u yerda aytgan gaplaringiz o‘zgacha bo‘lgan. Lekin sizni to‘g‘ri tushunadigan bo‘lsam, tribunada hamisha kanslersiz.

- Axir men ham insonman. Riodagi final o‘yini shunchalik hayajonli bo‘lganki, bahsdan oldin tinchlantiruvchi dori ichib olganman. O‘shanda vengriya­lik hamkasbim Viktor Orban «O‘yinning qanday yakunlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi», degandi. Argentina terma jamoasi juda kuchli edi. Bu esa yanada hayajonlantirgan. Keyin 113-daqiqaga qadar kutishimga to‘g‘ri keldi. O‘shanda Viktor Orban men tomon qarab, endi xotirjam bo‘lishimni ayt­di. Shunga qaramay, 120-daqiqaga qadar xotirjam o‘tira olmaganman.

- Hozir futbolda transferlar uchun aql bovar qilmas pullar sarflanmoqda. Bunda xavfni ko‘ryapsizmi?

- O‘yinlar ko‘p bo‘lsa, reklama ham shunga yarasha bo‘ladi. Meni xavotirga soladigan narsa - futbolchilar u yoki bu klubdan boshqasiga o‘tayotganlarida yuz berayotgan mojarolar.

- Rossiya va Qatarga jahon chempionatini ishonib topshirishlariga qanday munosabat bildirasiz?

- FIFA va UYEFA sof bo‘lishi kerak. Biz bunday turnirlarni siyosiy qarashlarimiz bir xil bo‘lgan mamlakatlarda o‘tkazilishini talab qilolmaymiz. Lekin minimal talablar bajarilishi lozim. Odamlar arzimagan maosh uchun stadionlar qurilishida ishlashmoqda. Boshqa tarafdan esa, bu borada katta daromad qilishmoqda. Biz ana shularning tengligini ta’minlashimiz kerak.

- Siz uchun kutilmagan vaziyatlar bo‘ladimi?

- Albatta. Ayni kunlarda meni Shimoliy Koreya va yadro sinovlari xavotirga solmoqda. Shuningdek, ikki yil oldin ko‘plab qochoqlarning Germaniyaga kelishiga tayyor emasdim. Bunday vaziyatlarda tezkor to‘g‘ri qaror qabul qilish kerak.

- Siz turli odamlar, boshqa davlatlar rahbarlari bilan ishlayapsiz. Ba’zida boshqalarga jahl ham qilib turasizmi?

- U yerda men oilam yoki do‘stlarim davrasida o‘tirmayman. Germaniya federativ respublikasi kansleriman. Qarshimda u yoki bu mamlakatning prezidenti o‘tiradi. Har kim o‘z qarashlarini himoya qilishi kerak. Hammasini ehtiros bilan boshlash noo‘rin.

- Oldinlari jamoa bilan safarga chiqqanimizda bo‘sh vaqtimizda qarta o‘ynardik. Sizda hordiq chiqarish uchun vaqt bo‘ladimi? Agar bo‘lsa,o‘sha paytda nima bilan mashg‘ul bo‘lasiz?

- Agar qattiq charchamagan bo‘lsam, kitob o‘qiyman. Hozir qarta o‘yinchisi emasman. Samolyotda ba’zida musiqa eshtaman yoki filmlar tomosha qilaman. Lekin samolyotda ham ishimiz yetarli bo‘ladi. Umuman olganda, bo‘sh vaqtning o‘zi juda kam.

- Ta’til paytida telefonimni o‘chirib qo‘yishim mumkin edi. Bir kundan keyin esa qo‘ng‘iroq qilardim. Siz ham telefoningizni o‘chirib qo‘yasizmi?

- Yo‘q, buning iloji yo‘q. Kansler hamisha xizmatda. Agar jahonda nimadir yuz bersa, shanbami, yarim tundami, tayyor turishim kerak.

- Telefoningizni o‘chirib qo‘­yishning iloji yo‘qmi?

- Ha. Meni kechasi ham topish mumkin. Agar qo‘ng‘iroqlarni eshitmay qolsam, buni eshitadiganlar bor. Hattoki, ta’tilda ham o‘zim bilan ofis yuradi. Bir xodim hamisha qo‘ng‘iroqlarga javob berib turadi.

A.ESHONXONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:29, 01.10.2017. O'qildi: 3130 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.