Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dinamo» orqali milliy jamoadan chaqiruv olmoqchiman» – Bektemir Abdumannonov bilan katta intervyu

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Dinamo
Rukn: Intervyular
A A A

Qishki transfer oynasida «Dinamo» futbolchisiga aylangan Bektemir Abdumannonov jamoa bilan Dubayda yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rdi. Yig‘in yakunida «Dinamo» matbuot xizmati Bektemir bilan suhbatlashib, uning jamoaga kelishi, moslashishi va faoliyatiga oid bir qator savollarga javob oldi.
 
— Bektemir, avvalo «Dinamo» taklifi sizda qachon va qanday paydo bo‘ldi?
— Mavsum yakunidan keyin Vadim Karlenovich taklif qildilar. «Andijon» bilan Turkiyadagi yig‘inga yo‘l olgandim. U kishi meni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi ekanini aytdi. «Dinamo»dagi o‘yinlarim orqali milliy jamoadan chaqiruv olishni maqsad qildim hamda Vadim Abramov bu borada o‘sishimga yordam berishiga ishonib, uning qo‘l ostida to‘p surishga qaror qildim.

— Sizda boshqa takliflar ham bo‘lgan ekan, «Dinamo»ni tanlashingizga qaysi jihatlar turtki bo‘ldi?
— Menga ko‘proq «Dinamo»ning o‘yin jihati yoqqani uchun tanladim. Chunki bu jamoani o‘yinini kuzatganman, o‘yin uslubi menga ko‘proq tushadi. O‘zimni o‘yinimga mos tushadigani uchun ham jamoaga keldim.

— «Andijon»da ham sermahsullik borasida yaxshi natija ko‘rsatgansiz...
— Xomyakov qo‘l ostida to‘p nazoratiga asoslangan emas, ko‘proq qarshi hujumda o‘ynardik. Ammo tarkibda o‘zgarishlar bo‘lgach, qolaversa bir yil ichida 2-3 murabbiy o‘zgargach, ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. Yakunda xayrlashishga qaror qildim.

— «Dinamo»ga moslashish jarayoni qiyin kechmadimi?
— Yo‘q, hamma yaxshi kutib oldi. Hamma bilan yaxshiman, o‘zi oldindan ham aksariyat o‘yinchilar bilan tanish edim. Misol uchun, jamoadagi Ulug‘bek Abdullayev bilan futbol internatida birga o‘qiganmiz. Umuman olganda «Dinamo» tarkibidagi aksariyat o‘yinchilar xuddi akamdek. Hozir mehmonxonada Firdavs Abdurahmonov bilan birga turibmiz, u bilan yaqinroqman, qolganlar bilan ham yaxshi munosabatdamiz. Tezda kirishib ketdik, deyishim mumkin. Yaxshi kollektiv yig‘ilgan.

— «Andijon»da ikki yil faoliyat yuritib, o‘sishga erishdingiz, kubokni qo‘lga kiritdingiz. Jamoani tark etish qiyin bo‘lgandir?
— Oson bo‘lmadi. Ammo bu o‘z hayotimni hal qiladigan o‘zgarishlardan edi. U yerda qolishim katta tavakkal bo‘lardi. Chunki o‘ynamasligim 50/50 edi. Yangi murabbiy bilan gaplashganimda «harakat qilsang, o‘ynasan» dedi. Klubda ikki yil barqaror o‘ynagandim, ammo menga oddiy yosh o‘yinchidek qarayotganini sezdim. Shu bois o‘zim ketishni xohladim. Ha, muxlislar biroz xafa bo‘lishdi, ammo o‘zim uchun «Dinamo»ga o‘tishim plyus deb hisoblayman.

«Andijon» bilan 60 yil deganda tarixidagi ilk kubokni yutdik, muxlislar ajiotaji juda kuchli bo‘ldi. Ikki yilda ko‘p narsa o‘rgandim, ko‘p yaxshi xotiralar qoldi.

— Aleksandr Xomyakov bilan ishladingiz, so‘ng qisqa muddat Samvel Babayan qo‘l ostida to‘p surdingiz, endi esa Vadim Abramov murabbiyligidasiz. Aytingchi, bu mutaxassislarning ish uslubi bo‘yicha qanday farqlarni sezyapsiz?
— Xomyakovda ko‘proq himoyadan o‘ynardik, Samvel akada o‘rtada ikkinchi zonada kutib, ko‘proq qarshi hujumni poylardik. Murabbiy pozision to‘g‘ri o‘ynashni o‘rgatadi. Vadim Karlenovichda esa hammasi bor – to‘pga egalik qilish, ikkinchi zonada kutish, pressing, vaqtida qarshi hujumga o‘tish, zarur bo‘lganda himoyadan o‘ynash ham bor. Ya’ni, turli uslublar mujassamlashgan. Yarimhimoyachi uchun bu murabbiy uslubi ko‘proq mos – to‘p bilan erkin bo‘la olaman, ko‘rganimga tezroq pas beraman, o‘ylash jihatim tezlashadi. Ya’ni, askardek emas, erkin ijodkordek miyangizdagi o‘ylanmalarni ham bajara olasiz.

«Andijon»da yakkakurashlar ko‘p edi, bu jamoamda esa ko‘proq to‘p bilan muomalada bo‘lamiz. To‘pni keraksiz joyda yo‘qotmaslik muhim bu yerda.

— Yangi mavsumda «Dinamo» bilan qanday maqsadlarni ko‘zlayapsiz?
— Samarqanddagi faoliyatim orqali O‘zbekiston milliy jamoasidan chaqiruv olish va «Dinamo» bilan ham kamida bitta sovrinni yutmoqchiman. Shuning uchun ham shu yerdaman. O‘tgan mavsum kuzatgandim, «Dinamo» 2-o‘ringa juda yaqin edi, qolaversa kubok yarimfinalida penaltilar seriyasida omadi kelmagandi. Finalga chiqqanda «Dinamo» aniq kubokni olardi, deb o‘ylayman.

«Dinamo»ga qarshi o‘tgan yilgi o‘yinlarni ham eslayman. O‘shanda bizda biroz pasayish boshlangan, «Dinamo» esa o‘sishga erishayotgan payt edi. Andijonda so‘nggi soniyalarda mag‘lub bo‘lgandik, Samarqandda ham «Dinamo» ustun kelgandi.

— «Dinamo» bilan Dubayda ikkita yig‘inda qatnashdingiz. Taassurotlar va tayyorgarlik haqida gapirsangiz...
— Eng avvalo aytishim kerak ancha kuchli va yaxshi jamoalar bilan o‘ynadik. Bu o‘yinlar o‘zimiz uchun ham katta tayyorgarlik va sinov bo‘ldi. Shu orqali tajriba orttirdik va chempionatga tayyorlandik. Bu Superligada asqotishi aniq.

— Yil boshida avvalgi klubingiz bilan Turkiyada yig‘inda qatnashdingiz, endi esa BAAda tayyorgarlik ko‘rdingiz. Ikki mamlakatdagi yig‘inlar bo‘yicha qanday farqlar yaqqol sezildi?
— Turkiyada boshida yig‘in qiyinroq o‘tadi – yomg‘irlar, sovuq havo, doimiy namgarchiliklar, natijada ko‘p vaqt sport zalida o‘tishi mumkin. Dubayda esa futbol uchun ideal sharoitlar, mos iqlim. Reja asosida o‘tadi hammasi. O‘z o‘yiningizni ko‘rsata olasiz. Turkiyada esa kuchli shamollar tufayli o‘yinlarda ham qiynalasiz.

— Dubaydagi ikki bosqichli yig‘inda jami 9ta o‘yin o‘tkazildi. Qaysi o‘yinlar ko‘proq esda qoldi?
— SSKAga qarshi bahs gollarga boy bo‘lgani va g‘alaba qozonganimiz esda qolarli bo‘ldi. «Zenit»ga qarshi bahsda ham bemalol durangga munosib edik, vaziyatlardan foydalana olsak hisob teng bo‘lardi. «Lokomotiv» bilan o‘yinda esa 1-taymda ko‘p gol o‘tkazib qo‘ydik, ikkinchi bo‘limda esa ulardan yaxshiroq harakat qildik. Oramizda katta farq yo‘q edi, faqat ular biroz professionalroq harakat qilishdi.

— Tasavvur qiling, transfer oynasining so‘nggi kunlari, sizda qaysidir o‘yinchini jamoaga taklif etish imkoni bo‘lganida kimlarni «Dinamo»ga taklif etgan bo‘lardingiz?
— Sobiq jamoadoshlarimdan Sherzod Esanovni, Rustam Turdimurodovni, Farhod Sohibjonovni aytgan bo‘lardim. Birga muvaffaqiyatli to‘p surganmiz. Agar jamoani kuchaytiradigan bir nafar o‘yinchi deyilsa Alijonovni ko‘rsatardim.

— Futbolga kirib kelgan ilk qadamlaringizni ham eslasangiz...
— 2013 yil Jizzaxdan «Bunyodkor» akademiyasiga kelganman. Bir yildan keyin akademiyada men tahsil olgan guruhni pullik qilib qo‘yishgandi. Shu bois «Paxtakor» maktabiga o‘tishimga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda Dilshod Nuraliyev meni ko‘rib, akademiyaga chaqirgan, shu tariqa klub akademiyasiga katta bo‘lganman desam bo‘ladi. Qariyb 6 yil klub tizimida bo‘ldim. «Paxtakor» o‘rinbosarlariga o‘tayotganimda Temur Kapadze «Olimpik»ka taklif qildi, keyinchalik olimpiya jamoasi a’zosiga aylandim. Orada «Metallurg»da 1,5 yil o‘ynab, «Andijon»ga o‘tdim. Murabbiylardan minnatdorman.

— Temur Kapadze haqida gapirdingiz. Aynan uning murabbiyligidagi «Navbahor» 1-turda «Dinamo» mehmoni bo‘ladi. Abramov va Kapadze ustoz-shogird sanaladi, ikkisi qo‘l ostida ham o‘ynadingiz, o‘xshash jihatlar nimada?
— Ikki murabbiyning ham o‘yin uslubi deyarli bir xil. Ikkala jamoa ham to‘p bilan ko‘p harakat qiladi, pressing qiladi. Bu o‘yin zo‘r o‘tadi, kim yaxshiroq tayyor bo‘lsa, omad kulib boqsa o‘sha 3 ochkoga ega chiqadi. Mezbon sifatida faqat g‘alabaga intilamiz. O‘yinga tayyorlash bo‘yicha ham o‘xshash holatlar ko‘p. Ikki murabbiy ham o‘yinchilarga katta bosim qilmaydi, o‘ynab ketishi uchun qo‘llab-quvvatlaydi, erkinlik berib ko‘radi.

— Samarqanddagi ochilish o‘yinini hozirdan tasavvur qilyapsizmi? Andijondagi muxlislikdan kam bo‘lmagan ishqibozlar qarshisida o‘ynaysiz...
— Albatta, hammamiz kutyapmiz. Samarqandlik muxlislar stadionni to‘ldirishiga ishonamiz. «Ultras»dek «Oq Armiya» fan-klubi ham rivojlanib bormoqda. Jamoa qanchalik yaxshi natijalar ko‘rsatib tursa, muxlislari ham o‘sadi. Masalan, Andijonda ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgan paytimiz muxlislar ham stadionni to‘ldirishgan, yaxshi o‘yin va yaxshi natija bo‘lib tursa muxlislar stadionga kelaveradi. Shu orqali muxlislik ham, futbolchilar ham o‘sadi.

— Superliganing eng yaxshi 5 nafar futbolchisini sanab o‘tsangiz...
— Yil davomida barqaror o‘ynab kelayotganlardan Hojiakbar Alijonov. Lyupche Doriyevni ham eng yaxshi legionerlardan biri deb bilaman. Anvarjon Hojimirzayev «Dinamo»da ikki yildan beri jamoa to‘purari bo‘lib kelyapti. «Neftchi»da Jamshid Iskanderov jamoaning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shdi. «Nasaf»da Abduvohid Ne’matov stabil o‘ynab kelmoqda. Igor Sergeevni ham kiritardim, ammo u Eron chempionatiga ketib qoldi.

— Futboldagi dastlabki maoshingizni eslay olasizmi?
— Albatta. «Paxtakor»da Birinchi ligada o‘ynab yurgan paytim 2016 yillar edi, 1 million maosh olardim.

— Qaysi jamoalar ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatib borasiz?
— O‘zbekiston chempionatini doim kuzataman. Shuningdek, Ispaniyada «Real» va «Barsa» ishtirokidagi bahslar. Angliyada «Siti» o‘yinlariga befarq emasman. Futbolchilardan Mbappe, Vinisius, Rafinya, Yamal o‘yinlarini kuzatib boraman. O‘zim ham vaqti kelib Yevropada to‘p surishni maqsad qilganman.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.
«Dinamo» PFK matbuot xizmati

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 10:37, 20.02.2026. O'qildi: 181 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.