Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 35
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 25
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Navbahor»ga foydam tegsa yoxud oddiy muxlisning takliflari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sӯnggi yillarda murabbiylar qӯnimsizligi, jamoadagi moliyaviy xolatning unchalik yaxshi bӯlmaganligi Namanganning "Navbaxor" klubini chempionatda ӯtish ӯyinida ishtirok etish darajasigacha borib yetdi. Sӯnggi pallada murabbiylikka taklif qilingan Ilxom Mӯminjonovning jamoaning bugungi xolatida ӯrni aloxida. Umuman olganda bugun, Namangan futboli, yutuq va kamchiliklari, kelajak, takliflarim bilan ӯrtoqlashishni joiz bildim.
   Yaqinda e’lon qilingan, yosh murabbiylarimizdan biri Bobur Zuxriddinov bilan intervyuni ӯqib, bir gapi etiborimni tortdi. Bizda seleksioner degan inson yӯq. Xa chindanam bu borada xaqiqatni gapiribdi. Biz bir paytlar "Neftchi" klubini boshqargan Yuriy Sarkisyanni qishloqlarga borib yosh iqtidorlarnni topib kelishini eshitgandik. Xozir qaysi murabbiyni kӯrsata olamiz u kabi izlanadigan? "Navbaxor"da esa shuncha yildan buyon ishlagan biror murabbiy qila olmagan ishni, futbolchi sifatida Odil Axmedov boshlab berdi. Xa, Odilning xorij chempionatlarida ӯzlashtirgan prinsiplari ba’zi insonlarga malol kelgani xam achchiq xaqiqat. Uning Namanganda boshlagan ishlargiga qarshi chiquvchilar kӯp kuttirishmadi. Ularni xam tushinish kerak aslida. Eskicha tizim insonlari sifatida ularga zamonaviy prinsiplar umuman tӯg‘ri kelmasdi. Odilning akademiyasiga xaqiqiy talantlarning tanlab olinishi ba’zi insonlarning moliyaviy maqsadlariga qarshi ishladi. Natijada kimningdir jiyani, kimningdir ӯg‘li va yana kimningdir erkatoylari bu kӯrikdan ӯta olishmadi. Shu ӯrinda Namangan viloyat va shaxar xokimlariga xamda Odil Axmedovga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz. Chunki ӯzbek futboli shunaqa erkatoylardan bezib bӯldi. E’tiroz bӯlsa marxamat, yaqindagina Yaman chiqqan Osiyo chempionatidan xam mosuvo qilgan Nuraliyev jamoasi tarkibiga e’tibor bering. Bunday xolatlar futbolimiz zarariga ishlayapti.
      Bu erkatoylar ertaga oliy ligamizda bir klubdan ikkinchi klubga ӯtaverib, xatto ommaviy axborot vositalarining saxifalarini xam siyqasini chiqarvorishadi. Namanganda ish boshlagan yangi akademiya esa yaqin kelajakda xaqiqiy iste’dodlarni kashf qilishiga shubxam yӯk.
       Akademiya aloxida urg‘u berganim bejizga emas. Chunki akademiyaga ega bӯlmagan klubdan barqarorlik kutish umuman notӯg‘ri. Bir yillik smeta asosida qandaydir vaqtinchalik natijaga erishish mumkindir, lekin bu klub keyingi mavsumdayoq oliy ligada jon saqlab qolishga majbur bӯlib qolishi tabiiy xol. Bugun biz "Navbaxor" kelajagi xaqida ancha xotirjam bӯlishimiz mumkin. Bunga xozircha asos yaratildi.
      Klub infratuzilmasi barqarorlikka erishishdagi muxim omildir. "Nasaf" va "Bunyodkor" klublarining bu boradagi ishlari ancha samarali ekanligi taxsinga sazovor. Bu klublar vaqtincha muvafaqqiyatsizlikka tushib qolishlari mumkin, lekin ularning ӯzining tiklab olishlar uchun kӯpi bilan bir mavsum yetarli. Bunga xar ikki klub misolida guvox bӯlishimiz mumkin. Klub raxbari, barcha xodimlar ӯz ishini sidqidildan bajarsa,  klub xolati ancha yaxshi bӯladi. Agar raxbariyat ӯyinchi va murabbiylar bilan samarali faoliyat olib bormasa, albatta salbiy natijaga olib keladi. "Navbaxor"da xozircha oddiy muxlis sifatida bilganimiz, klub Prezidentining futbolga qiziqishi.
      Raxbarlariyatdan esa futbolchilarning transfer masalasida samaraliroq ishlashlarini sӯrab qolardim. Aytaylik, kelajagi bor ӯyinchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilsa. Bu ertaga ӯsha futbolchining kӯtarma puli evazigagina boshqa klubga ӯtib ketishini oldini olibgina qolmay, balki klub g‘aznasiga yaxshigina daromad xam olib kelishi aniq. Bugungi xolatdan kelib chiqsak, jamoa yuragiga aylanib ulgurgan yosh va iqtidorli futbolchimiz Azizbek Turg‘unboyev agar 5 yillik shartnoma taklif etilsa, yӯq demasa kerak. Ertaga qaysidir kuchliroq klub qiziqish bildirsa, transfer summasini tӯlab olib ketishi mumkin bӯladi. Yoki bu yil kӯrik asosida ӯrinbosarlar tarkibiga jalb etilgan Akmal Turg‘unboyev xam (Azizbek Turg‘unbonboyevga xech qanday aloqasi yӯq) yuqori saloxiyatga ega ekanligi, ӯrinbosarlarimiz tarkibidayam umidlilar yetarli ekanidan dalolat. Bunday iste’dodlarni yaqin yillarda akademiyamizdan chiqishini xisobga olsak, raxbariyatdan shu fikrni inobatga olishlarini sӯrayman. Ya’ni barcha yosh futbolchilarmiz bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilsa maqsadga muvofiq bӯlardi.

      Bevosita bugungi tarkib masalasida gapiradigan bӯlsam, murabbiy Ilxom Mӯminjonov sӯngi yillardagi eng yaxshi tarkibni yiqqanini aniq. Mavsum boshidan asosan maxalliy futbolchilarni jamoaga jalb qilgani barchamizni xursand qildi. Murabbiyning ishiga aralashish fikridan yiroqman. Lekin bir nechta muxlislarning fikrini shu yerda bildirishni lozim topdim. Ya’ni jamoamizning asosan nominal bitta xuchumchi bilan ӯynashi kӯpchiligimizga yoqimsiz xolatga aylanib bormoqda. Natijaga murabbiy javob berishi tӯg‘ri, lekin bir ӯyindagi majburiy ӯzgarish natijasida ikki nominal xujumchi bilan ӯynagan "Navbaxor" ӯyinini kӯrgan muxlisi sifatida shuni aytishim mumkinki, jamoa xatto ikki xujumchi bilan ancha shiddatli kӯringan edi. Murabbiydan taktik sxemalarda turli variantlar ustida xam ishlab kӯrishini sӯrab qolaman. Vaxolanki, bir tӯp farqi xar qanday soniyada yӯqqa chiqarilishi mumkin. Butun Yevropa xozirda 4-4-3 yoki 3-4-3 sxemaga ӯtib ketgan bir paytda, bizning murabbiylar xaliyam ittifoq  davridan meros 4-5-1 sxemada ӯynab yurishi muxlislarga xam zerikarli bӯlib ketgan.

    "Navbaxor" stadioni mamlakatimizdagi kӯrkam ӯyingoxlardan biri xisoblanadi. Faqat stadion chimi masalasida ӯzgarish qilinsa nur ustiga a’lo nur bӯlardi. Kӯpchilik murabbiylarning stadion chimidan nolishgani bekorga emas. Stadionga borib turgan ashaddiy muxlislar buni yaxshi bilishadi. Demak, stadion maysasi parvarishiga aloxida e’tibor berilishi yoki yangi mavsumgacha chimni almashtirish masalasi kӯrib chiqilishi kerak.                                                 Ӯzbekiston telekanallarida namoyish etilayotgan futbol kӯrsatuvlarining "Navbaxor" mavzusida deyarli sӯz ochmasligi, Namanganlik ishqibozlarning ta’bini xira qilib kelmoqda. Oddiygina Sport TVdan namoyish etiladigan "Fifa" kӯrsatuvida ushbu mavsum jamoamiz xaqida aytarlik ma’lumot yoki reportaj berilmasligi, kӯrsatuvni intizorlik bilan kutadigan muxlislarmizning xafsalasini pir qilganiga muntazam guvox bӯlib kelmoqdaman. Aslida, muommoning ildizi klub matbuot xizmatiga xam borib taqalishini aytib ӯtish kerak. Matbuot xizmati klubimizning eng og‘riqli nuqtasi ekanligini muxlislarimiz yaxshi bilishadi. Shavqat Sodiqovning bu lavozimga qanday kelib qolgani bizga noma’lum. Lekin u insonni yaxshi bilgan muxlisning bildirishicha, xatto uning ӯzi nima qilishi kerakligini yaxshi bilmaydi. Bir necha marotaba e’tiroz bildirilishiga qaramay, deyarli ӯzgarish kuzatilmadi. Demak, klub matbuot xizmatida ӯzgarish darkor. Uy uchrashuvlaridan, mashg‘ulotlardan fotoreportajlar uyushtirilishi, futbolchilar bilan intervyular tashkil etishni uddalay olmaydigan insondan yana nima kutishimiz mumkin. Safar ӯyinlarida doimiy mezbon jamoa matbuot xizmati ma’lumotlaridan nusxa kӯchirib, jonli translyasiya uyushtirib borilsa, matbuot kotibiga safar ӯyiniga borishdan nima foyda. Uni Namanganda ӯtirib xam yetkazib berish mumkin. Uning ӯrniga, ikkita fidoiy muxlis olib ketilsa, klubimizga dalda bӯladiku. Mutassaddilarimizdan, bu masalada ӯzgarishni talab qilishga xaqqim bor.

       Va klubimizning eng xurmatga sazovor jixati-MUXLISLAR masalasida katta xarflarda yozmaslik notӯg‘ri bӯladi. "Navbaxor" muxlislari xar doim Ӯzbekistonda birinchilardan bӯlib kelishgan. Jamoani qӯllash borasida tarifga til ojiz. Shunchaki perfekt. Xatto madaniyatli muxlislik borasidayam ancha ӯsishga erishilgan. Klubning xozirgi natijalarida muxlislarning xizmati beqiyos. Xozirda stadionda styuardlardan foydalanish borasida dastlabki qadam "Navbaxor" muxlislari yetakchilari tomonidan tashlanganini aloxida e’tirof etish kerak. Namanganlik ishqibozlar kerak bӯlsa matbuot xizmati vazifasiniyam ӯzlari bajarib kelishmoqda. Klub rasmiy saytiga tashrif buyursangiz, asosan muxlislar tomonidan yozilgan maqola, futbolchilar bilan intervyularni guvoxi bӯlish mumkin. Xar ӯyinda yangilik kiritadigan muxlislar klubi xozirgacha ancha ishlarni amalga oshirishdi. Xatto klub marketing faoliyatini qӯllamaydigan bir vaqtda, muxlislar sardorlari klub etiketkalar, futbolkalarini sotish orqali ancha daromad qilish mumkinligini kӯrsatib qӯyishdi. Muxlislar tomonidan mustaqil tayyorlatilgan futbolkalar, bayroqchalar, sharflar bunga misol. Agar klub mutassaddilari stadion atrofida maxsus magazin ochib, klubga tegishli narsalar savdosini yӯlga qӯysa, xam klub g‘aznasiga foyda, xam muxlislarga yordam bӯlardi. Vaxolanki, futbolka yoki sharflarni qayerdan olishni bilmay yurgan ishqibozlar yetarlicha topildi.... 

      Men faqat ӯz takliflarimni bildirib ӯtdim xolos. Buni inobatga olinadimi yoki yӯq, menga qorong‘u. Men professional jurnalist emasman va bunga davo xam qilmayman. Lekin, mavjud yutuqlar bilan xavolanib yurishdan kӯra, kamchiliklar ustida ishlash va ularni bartaraf etish kerak degan prinsip asosida yashayman. Kamchiliklarga kӯproq urg‘u berganim futbolimiz rivoji uchun nimadir bersa, shundan xursand bӯlaman. Tanqidlarimdan, kimdir tӯg‘ri xulosa chiqarsa, demak men maqsadimga qisman bӯlsada erishgan xisoblanaman.

Isroilov Sardorbek Sobirjonovich

Tӯraqӯrg‘on tumani

Buramatut qishlog‘i

Manba: www.lochinlar.uz
Kiritildi: 16:58, 04.10.2017. O'qildi: 4136 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.