Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tahlil. Anchelotti rostdan eplolmadimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Iste’foga chiqarilgan murabbiy faoliyatini o‘rganishda, uning so‘nggi emas, dastlabki qarorlarini tahlil qilish kerak. Balki u xatoni eng boshida, mana shu klubni tanlayotganda qilgandir?.. 

«Bavariya» italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottini iste’foga chiqardi. Doimo bunday voqealar sodir bo‘lganda, vaziyatni klub tomonidan tahlil qilinadi va tayinlovning ne qadar to‘g‘ri va noto‘g‘ri bo‘lgani haqida fikrlar yangraydi. Lekin o‘z navbatida, har qanday iste’fo murabbiy uchun ham juda muhim nuqtadir. 

Klub uchun bosh murabbiy tanlash qay darajada mas’uliyatli va muhim ish bo‘lsa, murabbiy uchun ham shunaqa – o‘zi uchun klub tanlayotganda juda ehtiyotkor bo‘lishi talab etiladi. Muvaffaqiyatli murabbiy bo‘lishning asosiy kaliti ham shunda – agar mutaxassis unga taklif qilinayotgan vazifaning o‘zi uchun qanchalik mos yoki mos emasligini payqay olsa, shunga qarab qaror qabul qiladi, tabiiyki, uning faoliyati ham mana shu qarorlar ustiga quriladi. Doimo to‘g‘ri qarorni qabul qiladigan murabbiy hech qachon omadsizlikka uchramaydi, go‘yoki ishlagan hamma joyida g‘alaba qozongandek taassurot qoldiradi, narxi oshadi, top murabbiylar sirasiga kirib boradi. 

Doimo xuddi mana shunday barqaror va ijobiy natijalarning kafolati sifatida tilga olinib kelgan Karlo Anchelotti ishlagan so‘nggi 4 klubidan 3tasida muddatidan oldin iste’foga chiqarilishi, albatta, biroz g‘alati tuyuladi. Papa Karlo ilgarigidek emasmi yoki tanlovlarda xato qila boshladimi? Aynan tanlovlardagi xatoliklar uning ilgarigidek emasligini ko‘rsatmayaptimi? Yoki aslida u aynan Italiya jamoalari uchun mos bo‘lgan xolosmi?

Aslini olganda, Anchelottini iste’foga chiqargan o‘sha 3 klub o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashliklarni topa olsak, murabbiyga xalaqit beradigan omilni topgandek bo‘lamiz: «Chelsi», «Real» va «Bavariya». 

«Chelsi», 2009-2011

Foto: Chelsi

«Yuventus» va «Milan»dagi muvaffaqiyatli yillardan so‘ng, Anchelotti 2009 yilda «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy ilk mavsumdayoq «Manchester Yunayted»ning 3 yillik hukmronligiga barham berdi va «Chelsi»ni yana mamlakat chempioniga aylantirdi. Shu bilan birga mamlakat kubogi ham qo‘lga kiritildi. Ammo kelasi yili, sovrinsiz kechgan ilk mavsumdayoq u iste’foga chiqarildi. Abramovichning murabbiylar bilan o‘ziga xos munosabati yangilik emas, lekin ikkinchi mavsumda ham ajoyib start namoyish etgan Anchelottiga nima xalaqit bergandi?

«Men «Chelsi» kiyim almashtirish xonasida o‘zimni qulay his etishimning asosiy sababi Rey Uilkinsdir. U mening yordamchim, do‘stim. So‘zlarimni shunchaki tarjima qilish boshqa, emosiyalarimni ham qo‘shib futbolchilarga yetkazish umuman boshqa va juda murakkab ishdir. Reyda bunday qobiliyat bor», – degandi ilk muvaffaqiyatli mavsumdan keyin Karlo Anchelotti o‘zining yordamchisi haqida. 

Nimadir bo‘ldi-yu, keyingi mavsum boshlarida, aniqrog‘i, noyabr oyida Abramovich Rey Uilkinsni bo‘shatib yubordi. 39 yil mana shu klub safida mehnat qilgan insonni. Ba’zilar bu ish Anchelotti talabi asosida bo‘lganini ham aytishdi, lekin haqiqatda, bu haqida murabbiy keyinroq xabar topgan. Roman Abramovich bunday muhim qarorni qabul qilishda bosh murabbiy bilan maslahatlashib ham o‘tirmagan. 

Bu voqea Anchelotti va «Chelsi» o‘rtasida devor hosil qildi. Gap faqat Uilkinsning yuqorida Anchelotti ta’riflab o‘tgan tarjimalarida emas, keyinroq ma’lum bo‘lishicha, italiyalik mutaxassis rahbariyatning qo‘llab quvvatlashidan, ayniqsa, tizginni butunlay uning qo‘liga topshirishidan katta kuch olar ekan. Busiz Anchelottida ishlashga bo‘lgan hafsala yo‘qoladi. Buning dastlabki isboti, o‘sha 2011 yilda, «Chelsi»ning natijalari keskin yomonlasha boshlaganida ko‘ringan, ammo ko‘pchilikning e’tiboridan chetda qolgandi. Sababi, bunday hodisa Anchelotti bilan ilk bor sodir bo‘layotgandi.

«Real», 2013-2015

Keyingi iste’fo ham biroz kutilmagan bo‘ldi. «Real»ni o‘n yillik tanaffusdan so‘ng YECHL g‘olibligiga yetaklab kelgan va jamoa futbolchilari bilan ajoyib munosabatlar o‘rnatgan Karlo Anchelottidan Florentino Peres voz kechdi. Tomonlar bunday qarorga juda osonlik bilan kelganliklari, Anchelotti o‘rniga Benitesning kelganidan ham anglash mumkinki, bu yerga gap malaka yoki tajriba haqida bormagan. Katta ehtimol bilan Peres va Anchelotti o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar muhim rol o‘ynagan. 

Peresning murabbiy ishiga doim aralashaverishi, ayniqsa, ba’zi marketing uchun muhim bo‘lgan «yoqimtoy» futbolchilarning asosiy tarkibdan joy berishga murabbiylarni majburlashi sir emas. Xabi Alonso va Di Mariyaning sotib yuborilishi Anchelottining keskin qarshiligiga qaramay sodir bo‘lgandi. Xames Rodrigesning jamoaga kelishini italiyalik murabbiy uncha istamagan. Ya’ni, murabbiyga o‘z qarashlari asosida jamoa tuzishga yo‘l berilmagan, Peres unga o‘zining asosiy tarkib variantini taklif etgan va shu tarkibni shug‘ullantirish aytilgan. E’tibor beryapsizmi, qaysidir ma’noda, o‘sha «Chelsi»dagi vaziyatga o‘xshab ketadi – murabbiyga erkinlik taqdim etilmadi. 

«Bavariya», 2016-2017

Foto: Bild

Albatta, «Bavariya» boshqaruv shakli va tizimi nuqtai nazaridan yuqorida tilga olingan ikki klubdan farq qiladi. Bu yerda istaganini qila oladigan xo‘jayin yo‘q. Ammo bu degani, Myunxendagi murabbiylarning erkin ekanini anglatmaydi. 

«Bavariya»da tinmasdan gapirib turadigan Ruminigge va Hyoness kabi direktorlar, yana bir necha sobiq veteranlar borki, ular «Bavariya» doim eng zo‘r o‘yinlarni ko‘rsatib, doim hammani yirik hisobda yutib yurishi aniq bo‘lgan, shunday mexanizmga ega bo‘lgan kuch deb tasavvur qilishadi. Klubdagi har qanday voqeani izohlash o‘zining burchi deb biladigan bu insonlar o‘z vaqtida Pep Gvardiolaga ham o‘z holicha ishlashga qo‘yib berishmagandi. Ularning nazdida, hali ham transfer rekordi atigi 40 million yevroligicha qolayotgan va aksariyat yulduzlarining yoshi o‘tib qolgan «Bavariya» hech qachon yutqazmasligi kerak, aks holda aybdor murabbiyda bo‘ladi. Tag‘in yana qanaqadir an’analar, nemischa o‘yin uslublari haqida gap boradiki, hatto g‘alaba qozonsangiz ham tinch qo‘yishmaydi. 

Xullas, bunday bayonotlar Peres yoki Abramovichning qarorlari kabi keskin oqibat hosil qilmasa-da, jamoa ichidagi va tashqarisidagi muhitga ta’sir qilishi, eng muhimi, murabbiyning avtoritetini tushirishi tabiiy hol. Asta sekinlik bilan ta’sir qiladigan bu «bomba»lar baribir, yakunda murabbiyning iste’fosiga olib keladi. Agar bu murabbiy tashqi ta’sirlarga, birovning o‘z ishlariga aralashishiga toqatsiz bo‘lgan Karlo Anchelotti bo‘lsa, ayniqsa,...

Qahramon Aslanov

Manba: kun.uz
Kiritildi: 23:24, 05.10.2017. O'qildi: 3569 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.