Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2018 saralash yakuniy xulosa: Koreyslarda alamim bor manim…

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2015 yilning 12 mart kuni Sharqiy Timor poytaxti - Dilida OFK miqyosidagi JCH-2018 saralash bosqichiga start berilgandi  (SHarqiy Timor - Mo‘g‘uliston - 4:1).

Ortda qolgan vaqtda kvalifikasiya doirasida jami 226ta o‘yin o‘tkazildi va ularda 665ta gol qayd etildi. Saralash yakunida Muhammad al Sahlaviy (Saudiya Arabistoni) va Ahmad Xalil (BAA) bosh to‘purar maqomini olishdi - 16tadan gol.

2016 yil 7 aprelda esa FIFAning navbatdagi reytingi asosida hal qiluvchi uchinchi saralash raundiga qur’a tashlangandi.

Bilasiz, bu jarayonda 12ta kuchli jamoa 2ta guruhga bo‘lindi. Oxirgi bosqich va OFK miqyosidagi «pley-off» o‘yinlari 2016 yil 1 sentyabr - 2017 yil 10 oktyabr oralig‘ida o‘tkazildi.

Tabiiyki, saralash sikli mobaynida o‘ziga xos «sensasiya»lar kuzatildi, parvoz va qulashlar ham uchradi. Bugun yakuniy mulohaza - xulosalarimiz, ayrim faktlarni terma jamoalar misolida bayon qilmoqchimiz.

Eron.Fors milliy jamoasining asosiy yutug‘i murabbiydami yoki hujumchilarda? Bizningcha, ikkisining ham roli katta, ammo muvaffaqiyat avvalo, mamlakat futbol rahbariyati nomiga yoziladi, baribir!

Chunonchi, Karlush Keyrush futbolga bevosita aloqador va umuman aloqasi yo‘q masalalar tufayli naq 3 marta ishdan ketishga chog‘landi, futbol rahbariyati esa sabr qildi.

Vaholanki, mutasaddilar portugaliyalik mutaxassisning turli-tuman e’tirozlariga javoban uni shunchaki, iste’foga chiqarishlari ham mumkin edi, chunki bunga sabab yo‘q emasdi.

Muhimi, eronliklar murabbiy atayin qandaydir «to‘polon» ko‘tarishga urinayotganini vaqtida tushunishdi.

Hammasi futbolchilarni kuchli bosimdan himoyalashga qaratilgandi. Xullas, Karlush Keyrush muvaffaqiyat yo‘lida barcha imkoniyatlar va kuchlardan maksimal darajada foydalandi.

Bilishimizcha, Eron futbol federasiyasi Keyrushning talabiga muvofiq, kerak bo‘lsa,  milliy chempionat peshqadamlari o‘rtasidagi o‘yinlarni ham biroz ortga surishi mumkin edi. Yana bir tomoni, Eron pro-ligasida kuchli raqobat yuzaga kelgan.

Deylik, ayni payt chempionatda aynan qaysi klublar chinakam favorit ekanligini bilib bo‘lmaydi. Shuningdek, terma jamoa yetakchilariga saboq berish maqsadida ularga nisbatan intizomiy choralar qo‘llashga hammaning ham yuragi dov bermasa kerak-ov...

Bosh qahramon - Sardor Azmun. 1995 yilning 1 yanvarida Gonbad shahrida tavallud topgan. Otasi - Xalil Azmun vaqtida Eron voleybol terma jamoasida o‘ynagan.

Sardor ayni payt «Rubin» safida to‘p surmoqda. Rossiya mundiali oldidan aynan shu yurtda o‘ynayotgani uning foydasiga xizmat qilsa, ajabmas.

Azmun milliy jamoa tarkibiga qo‘shilguncha mamlakatning U-17, U-20 va U-23 toifasidagi termalarida ham munosib to‘p surgan. U JCH-2014 oldidan kengaytirilgan 28 kishilik tarkibga ham kiritilgandi.

E’tibor bering, 22 yoshli hujumchi shu kunga qadar forslar bosh jamoasida 28ta o‘yin o‘tkazib, 22ta gol urdi.

Vaholanki, u debyut golini 3 yilcha oldin, aniqrog‘i, 2014 yilning 18 noyabr kuni J.Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsi (1:0)da nishonlagandi. 2017 yilning o‘zida esa 6ta gol urdi:

Chernogoriya va Suriya jamoalari darvozasini 2 martadan nishonga olgan Azmun O‘zbekiston va Rossiya termalarini bir martadan ranjitdi.

**************************************

J.Koreya. Koreyaliklar bu safar so‘nggi saralash bos­qichi doirasida safar uchrashuvlarida biror marta g‘alaba qozonolmadilar. Boz ustiga, mehmondagi 5ta o‘yinda atigi 2ta durang qayd etishdi - Suriya va O‘zbekiston termalariga qarshi kechgan bahslarda 0:0 hisobini ushlab qolishdi.

Xullas, imkoni bor 15 ochkodan atigi 2 ochko olingani bugungi J.Koreya termasi ancha kuchsizlanib qolganini ifodalaydi.

Uli Shtilikening ishdan bo‘shatilishiga kelsak, nemis murabbiyi terma jamoaga yangi «qon quyish»ni kechiktirib yubordi va safar o‘yinlarida himoyaviy taktikaga yopishib oldi.

Misol uchun, koreyslarning milliy jamoamizga qarshi o‘yinlariga qarasak, ular har ikki tomonda ham bizdan ustun ko‘rinishmadi.

Shunchaki, o‘z tabiatlaridan kelib chiqib, o‘yin intizomiga to‘liq, hattoki, keragidan ortiq rioya qilishdi, ijodkorlikka berilishmadi. Xususan, terma jamoaning yangi ustozi ham 2 nafar hujumchi bilan o‘ynash taktikasiga o‘tishni istamadi.

Shiddatli bahs. DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:23, 26.10.2017. O'qildi: 3955 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.