Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol muxlislari o‘qimasin! Futbol o‘yinidagi «o‘yinlarga» qachon barham beriladi?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A
Bizga nomi ulug‘, surpasi quruq “yulduzlar” emas, ishonchni oqlaydigan, terma jamoani yaxshi boshqara oladigan yetuk mutaxassislar kerak!   Yuqorida futbol muxlislari o‘qimasin, dedigu biroq aynan ular uchun yozildi! Mayli, xulosa chiqarish Sizdan...
 
Futbol... Millionlar o‘yini!
 
Aslini olganda, futbol — bu sport turi! Unda, boshqa sport turlari kabi, kishilarning jismoniy sog‘lomligi birinchi raqamli natija sifatida jamiyatga xizmat qilmog‘i lozim. Biroq u, yuqorida ta’kidlanganidek, millionlar o‘yini, ya’ni millionlab muxlislar ham o‘ynaydigan, ham muxlislik qiladigan o‘yin. Hatto “futbol” so‘zi uning “otasi” bo‘lmish “sport” so‘zidan ham ustunroq turganday tuyuladi gohida...  
 
Qisqasi, u oddiy to‘p, futbol maydoni, darvozalar, futbolchilar va muxlislardan iborat “qiziqarli shou”! Aks holda unga nisbatan “futbol o‘yini” jumlasi emas, “futbol sporti” jumlasi ko‘proq ishlatilgan bo‘lardi.
 
Ammo mana shu millionlar o‘yinida ham ming bir “o‘yinlar” borligini unutmang!
 
Mana shu “o‘yin”lar nafaqat bizning futbolimiz, balki ommaviy futbol ildiziga ham bolta urib kelmoqda. U “qiziqarli shou” emas, “serdaromad biznesga” aylanmoqda! Yo‘q, klublar o‘rtasida shartnoma evaziga aylanadigan mablag‘larni nazarda tutganim yo‘q. Dunyo futbolida “soxta o‘yinlar”, “pulli kelishuvlar”, muxlislar e’tirofi va e’tiboridan foydalanib qilinadigan ayrim noqonuniy xatti-harakatlar bir olam. O‘zbekiston futboli ham bundan mustasno emas...
 
Kamina, sport sohasini yorituvchi jurnalist sifatida futbolda uchraydigan yomon illatlarga qarshi kurashish ishlarini bizda ertaroq boshlanishi kerak edi, deb hisoblayman. Aniqrog‘i, umuman “o‘yin”ni boshlanishiga yo‘l qo‘yib bermasligimiz kerak edi, deb o‘ylayman.
 
Ha, mayli, bugun bu haqda gapirmoqchi emasman, bugun, ijozatingiz bilan, o‘zbek futboli rivoji uchun yana nimalarni amalga oshirish kerakligi haqida bir qancha takliflar bildirib o‘tmoqchiman.
 
1. Bolalar futboli...
 
Birinchi navbatda, bolalar futboliga juda katta e’tibor qaratish zarur. O‘zbekistonda bolalar futboliga jiddiy e’tibor yo‘qligini kuni kecha Dilshod Nuraliyev boshchiligidagi o‘smirlar terma jamoasi ham isbotlab berdi. O‘smirlar termasi, hattoki, Osiyo chempionatiga yo‘llanma olish vazifasini uddalay olishmadi.
 
Dastlab, e’tiborni maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab, yosh avlodni bog‘cha paytidan sportga bo‘lgan mehrini uyg‘otishimiz zarur. Kerak bo‘lsa, O‘zbekistonda futbolga ixtisoslashtirilgan bog‘chalarni ochib, maktablarimiz imkoniyatni kengaytirishimiz lozim.
 
Mayli, fikrlarimda biroz “oshirib yuborgan” bo‘lishim mumkin. Harqalay, maktabgacha ta’lim muassasalarida mo‘’jazgina futbol maydonchasi bo‘lib, unda voyaga yetayotgan bolalarning koptok o‘ynashi (turli yengil mashg‘ulotlar o‘tkazishi) tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilsa yaxshi bo‘lardi.
 
Afsuski, iqtidor egalarini maktab yoshigacha payqash, bundan tashqari, chekka qishloqlardagi iqtidorli yoshlar e’tibordan chetda qolib ketyapti. Keyin...
 
Qani klublarning skautlari? O‘zbekiston klublarida skautlar ishlaydimi o‘zi?!
 
Agar dunyoga mashhur klublarning skautlari bo‘lmaganida hozirgi “megayulduz”lar yulduz bo‘la olmasdilar balki... Bu haqda avvalgi maqolada ham keltirib o‘tgandim. Shaxsan dunyo bo‘yicha ishlayotgan skautlar faoliyatiga yana ko‘plab misollar keltirishim mumkin, lekin O‘zbekistondagilarini emas!
 
2. Teletranslyasiya...
 
Tan olish kerak, teletranslyasiya borasida qolgan raqobatchilardan ancha orqadamiz. Bu mavzu haqida ham juda ko‘p va xo‘p gapirildi. “Sport” telekanali kuni kecha “Buxoro”–“Paxtakor” uchrashuvini Yevropa talablariga mos ravishda jonli uzatib berdi. Umrim bino bo‘lib televizor orqali shuncha futbol ko‘rgan bo‘lsamda hali bunaqasini uchratmagandim.
 
Balki ayni damda teletranslyasiya borasida rivojlanish ostonasida turgandirmiz. Biroq endi ho‘jako‘rsinga ishlashni yig‘ishtirib, to‘xtab qolmaslik kerak. “Sport TV” xodimlariga hozircha bu masalada e’tiroz yo‘q.
 
Ehtimol, ot yoki velosiped sporti ko‘rsatuvlarining kimgadir qiziq joyi bo‘lishi mumkin (o‘z muxlislari bor). Lekin ko‘rsatuv mohiyati o‘n yoki yuz kishi emas, balki million kishini o‘ziga jalb qila olsa, ot sportini keyinga qoldirish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
 
3. Chet eldan murabbiy olib kelishi...
 
Chet ellik murabbiy olib kelish borasida ko‘plab misollar keltirildi. Shaxslarning ismlari O‘FFga taklif sifatida yuborildi.
 
O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning Londondagi tashrifi davomida mashhur futbolchilar bilan uchrashganidan so‘ng xalq orasida MTJga Maradona yoki Anchelotti murabbiy bo‘lishi mumkin qabilidagi taxminlar paydo bo‘ldi.
 
Yo‘q, bizga Maradona yoki Anchelotti kerak emas! Bizga nomi ulug‘, surpasi quruq “yulduzlar” emas, ishonchni oqlaydigan, terma jamoani yaxshi boshqara oladigan yetuk mutaxassislar kerak!
 
Nima bo‘lganda ham bu masala tezroq hal etilsa eng yaxshi xabarlardan biri bo‘lardi. Aks holda masala yechimini yechishda yana xatoga yo‘l qo‘ysak, JCH–2022 musobaqasidan quruq qolib ketishimiz hech gap emas!
 
4. Hakamlik....
 
Ayrim hakamlarning xatolari mana O‘FFga yangi rahbariyat kelganidan keyin ko‘zga ko‘rinishni boshladi. Hozirga qadar xatolarga yo‘l qo‘ygan hakamlar bundan avval xatoga yo‘l qo‘yishmagan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, hech kim xatolardan xoli emas, hammada xato bo‘ladi.
 
Biroq bularning oldini olish yo‘llarini ertaroq o‘ylab topsak bo‘lardi-ku... O‘FFning yangi tarkibi aynan mana shu illatlarga qarshi kurashuvchi yangi qo‘mita tuzdi.
 
Ishlayotgan qo‘mita natijalariga esa faqat havas qildik. O‘zbek futbolidagi “ikkinchi hakamlar” o‘z jazolarini keragicha olishdi. Hakamlar masalasida yana ko‘proq rivojlanamiz, degan umiddaman.
 
5. Yevropa vakillari bilan tajriba almashish...
 
Yevropaliklar bilan tajriba almashish vaqti allaqachon yetib kelgandi. Fikrimga qo‘shilmaslikka haqlisiz. Ammo qachongacha qo‘shni davlat jamoalarini o‘zimizga raqib sifatida tanlaymiz, yoki qachongacha “ko‘k”-“sariq”larga bo‘linib o‘ynashimiz mumkin. Yopiq eshiklar ortida kuchsiz Qirg‘iziston terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etib, nima foyda ko‘rdik? Hech nima!
 
Hozir Yevropadan munosib raqib qidirishning ayni vaqti, lekin biz ular oldiga borishimiz, safarda o‘ynashni o‘rganib olishimiz kerak.
 
Eslaysizmi? Avval O‘zbekistonda Krishtianu Ronalduni “Jar” stadionida lol qoldirgan yosh iqtidorli futbolchilarmiz bor edi. Lekin hozir ularni topa olmaymiz?
 
Bundan tashqari, 2011 yil Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi iqtidorlarimizning soni kamayib bormoqda. Balki ular kibr botqog‘iga botib qolishgan bo‘lsa... Hammasi yaxshilikka bo‘lsin!
 
Bu rivojlanish omillarining faqat beshtasi edi xolos. O‘zbek futboli rivoji o‘zida hali ko‘p mehnat talab qiladi. Qachonki, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib faqat bitta maqsad yo‘lida borsak, ko‘zlagan niyatimizga erishishimiz mumkin.
 
Azizlar, mavzu davom ettiriladi...
 
Sizning bu boradagi fikr-mulohazalaringiz qanday? Kimda original takliflar bor? Axir muxlislik qilish — faqat olqishlash yoki tanqid qilishdan iborat emas-ku!
 
Takliflaringizni kutamiz...    Akmalxon Eshonxonov
Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 15:04, 29.10.2017. O'qildi: 5923 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик