Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Oliy liga-2018 da 12 jamo ishtirok etadi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining qaroriga ko‘ra futbol bo‘yicha 2018 yilgi Oliy liga musobaqalarida 12 ta jamoa ishtirok etadi. Chempionat o‘yinlari esa 3 davra tizimida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Yangi formatga ko‘ra, 12 ta jamoa 3 davrada aylanma tizimda o‘ynaydi. Bunda har bir jamoa mavsum davomida 33 ta o‘yin o‘tkazadi. Dastlabki ikki davraga mavsum boshida qur’a tashlanadi va jamoalar “uyda-safarda” tizimida bahs olib boradi. Musobaqaning uchinchi davrasiga esa reglament asosida qur’a tashlash yo‘li bilan mezbon-mehmon aniqlanadi. Natijada klublar o‘rtasida chempionlik va ligada qolish uchun raqobat kuchayib, musobaqa saviyasi oshadi.

2018 yilgi 12 ta jamoadan iborat 3 davrali tizim ishtirokchilarini aniqlashda 2017 yilgi futbol mavsumi hamda 2018 yilgi mavsumga futbol klublarini lisenziyalash yakunlari asos bo‘lib xizmat qiladigan bo‘ldi. Natijada, 2018 yilgi musobaqada 2017 yilda 1–11 o‘rinlarni egallagan 11 jamoaga Birinchi liga musobaqalarida g‘olibi bo‘lgan futbol klubi qo‘shiladigan bo‘ldi.

Ushbu qarorni qabul qilish asnosida O‘FF va PFL rahbariyati murabbiylar, klublar rahbarlari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillarining har bir taklifini chuqur o‘rganib chiqdi.

“Men bugungi qabul qilingan qarordan qoniqish hosil qildim”, – dedi O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov“Chunki, u bir tomonlama qabul qilinmadi. Biz hamma kiritilgan taklif va mulohazalarni o‘rganib chiqdik. Keyin esa yangi formatning bizning sharoitga qanday to‘g‘ri kelishini o‘rgandik. Yakunda esa 12 ta klub qatnashadigan musobaqa variantida to‘xtadik. Men ushbu qarorning qabul qilinishida ishtirok etgan har bir ekspert va ommaviy axborot vositalari vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”.

Umid Ahmadjonov chaqirgan O‘FF Ijroqo‘mining Byurosi, shuningdek, Birinchi ligada o‘ynaydigan jamoalar sonini 16 taga kamaytirish to‘g‘risida ham qaror qabul qildi. Birinchi liga asosan yoshlar o‘ynaydigan musobaqa bo‘lib, Oliy liga klublari hamda terma jamoalar uchun nomzod tayyorlaydigan o‘ziga xos fabrika bo‘lib xizmat qilishi kerakligi alohida urg‘ulandi. Bundan tashqari, futbolni butun Respublika bo‘ylab bir tekisda rivojlanishiga erishish maqsadida Birinchi ligada har bir viloyatdan bitta jamoaning ishtirok etishi asosiy talablardan biri etib qo‘yiladi. Shu orqali O‘FF va PFL musobaqalarida ishtirok etadigan futbolchilarning yosharib borishiga erishiladi va yakunda murabbiylarni aynan yoshlarga ko‘proq imkoniyat berishga undaydi.

“Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va uni o‘tkazish tizimi islohga muhtoj ekanligi, milliy chempionatida raqobatbardosh jamoalar sonini ko‘paytirish orqali sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bir so‘z bilan aytganda oliy liga o‘yinlarini tomoshabop musobaqa darajasiga olib chiqish uchun islohotlarni amalga oshirish juda muhim edi” – deydi Umid Ahmadjonov O‘FF matbuot xizmatiga.

“Bu borada biz eng avvalo ichki imkoniyatlar va sharoitlarni o‘rganib chiqib, keyin xalqaro tajribaga tayandik. Ekspertlar bilan maslahatlashgan holda 12 ta jamoadan iborat liga tanlovida to‘xtadik. Xuddi shu maqsad bilan birinchi liga jamoalari sonini ham 16 taga qisqartirdik. Umid qilamanki, bu islohotlar o‘zining ijobiy samarasini beradi”,  – deydi O‘FF Prezidenti.

Ushbu haftada Oliy va Birinchi liga futbol klublariga 2018 yilgi musobaqalarda ishtirok etish uchun OFK va O‘FF xujjatlari asosida belgilangan talablar aks ettirilgan yangi me’yoriy hujjat yuboriladi. Hujjatdagi talablarga javob bermagan yoki buni bajarishda muddatidan kechikkan futbol klublari musobaqalarga qo‘yilmasligi ma’lumot sifatida taqdim etildi.

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi direktori Omon G‘ofurov O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining Chempionat va Birinchi liga formatini o‘zgartirish haqidagi qarori bo‘yicha Oliy va Birinchi liga futbol klublari, shuningdek, hududiy federasiyalarga xabar berib, zarur chora-tadbirlarni ko‘rish kerakligi haqida ogohlantirdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:35, 30.10.2017. O'qildi: 10341 marta. Fikrlar: 21 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик